Nafas shodmonov o‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi


Yozma adabiyot nishonalari



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/92
Sana04.04.2022
Hajmi1,58 Mb.
#528383
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   92
Bog'liq
fayl 1847 20210917

Yozma adabiyot nishonalari. 
Turkiy xalqlarning islomgacha bo‘lgan yozma 
adabiyoti eramizning III asridan boshlangani to‘g‘risida ma’lumotlar bor. Turk 
olimi Raxmet Arat qadimgi turkiy yozma adabiyotga asos solgan va islomgacha 
ijod etgan shoirlarning hayoti va ijodi to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlarni 
aniqlagan. 
1. Aprinchur Tegin – ikki she’ri saqlanib qolgan. 
2. Kul Tarxon – manbalarda nomi zikr etilsa-da, merosidan namunalar 
mavjud emas. 
3. Singku Seli Tutung – mashhur Chin sayyohi Husn-Tsangning 
sayohatnomasini o‘ninchi asrning birinchi yarmida turkchaga ustalik bilan tarjima 
qilgan shoirdir. Bu tarjima Parij milliy kutubxonasida saqlanadi.
4. Ki-ki – Burxan-Budda muhitida yetishgan bu shoirning ikki she’ri saqlanib 
qolgan.


35 
5. Pratyan-Shiri – Sanskritchadan turkiyga tarjimalar qilgan shoir sifatida 
ma’lum, lekin uning turkcha ismi va o‘z ijodidan namunalar saqlanib qolmagan.
6. Asig Tutung – bir to‘rtlikda nomi keltirilib o‘tilgan, lekin ijodidan 
namunalar saqlanib qolmagan.
7. Chusuya Tutung – Burxon muhitida yetishgan bu shoirning «Gevezelik 
Bo‘yasi» sarlavhali bir she’ri saqlanib qolgan. 
8. Kalim Keysi – Burxon rahbarlari avlodidan sanalgan bu shoirning birgina 
she’ri saqlanib qolgan.
9. Chuchu – «Devonu lug‘ati-t-turkda» nomi keltirilgan bu shoirning hech 
qanday merosi saqlanib qolmagan.
“Devon”da ko‘p o‘rinlarda she’riy misollardan oldin “shoir so‘zi budur” 
degan birikma keladi. O‘sha misol tariqasida keltirilgan she’rlar va kashqarliklar 
tilidan yozib olingan ajoyib o‘git va o‘rnaklarning bir qismi Chuchuga tegishli 
bo‘lishi ham mumkin. 
Bu manbalar qanchalik kam kam bo‘lmasin, turkiy xalqlar madaniy hayoti 
tarixida yozma adabiyotning shakllangani va ma’lum ma’noda taraqqiyot 
darajasiga erishganini ko‘rsatuvchi hujjatlar sifatida qadrlidir. 
Og‘zaki ijod. 
Turkiy xalqlar og‘zaki ijodi manbalari, shakllanishi
rivojlanishi, jahon xalqlari adabiyoti bilan mushtarakligi va janr xususiyatlari 
akademik A.Qayumov, professorlar N.Rahmonov va A.Abdurahmonovlar 
asarlarida atroflicha tavsiflandi. Quyida A.Abdurahmonov aniqlagan turkiylar 
og‘zaki ijodiga xos janrlar haqida to‘xtalamiz: 
Bilig – 
hozirgi o‘zbek tili lug‘at boyligidagi maqol janrining mazmunini 
ifodalaydi. Maqolda xalqning, ijtimoiy tabaqa yoki guruhning dunyoqarashi, 
hayotda to‘plagan tajribalari, kuzatishlari ifodalanadi. Qadimgi turkiylarning 
bilgalari aytgan biliklar ham shunday xususiyatga egadir.
«Devonu lug‘otit turk»da biliklardan ko‘plab namunalar keltirilgan:
Ag‘iz yyesa, ko‘z uyazur –
 
Og‘iz yesa, ko‘z uyalur. 
Etli, tirinaqli ezirmas – 
Et tirnoqdan ayrilmas.
 


36 
Qarg‘a qazg‘a o‘tko‘nsa, buti sinur – 
Qarg‘a uchishda g‘ozga taqlid qilsa, 
buti sinar. 
Qo‘sh qilich qinqa sig‘mas – 
Qo‘sh – ikki qilich bir qing‘a sig‘mas. 

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish