1-Seminar mashg`uloti. Kirish. Fanning maqsad vazifalari. Al-Xorazmining hayoti va ilmiy me`rosi



Download 25,23 Kb.
Sana13.07.2022
Hajmi25,23 Kb.
#793279
Bog'liq
1-mavzu sharq allomalari seminarga


1-Seminar mashg`uloti.


Kirish.
1.Fanning maqsad vazifalari.
2. Al-Xorazmining hayoti va ilmiy me`rosi.
3.Ahmad al-Farg`oniy hayoti va ilmiy me`rosi.
4. Imom Buxoriy hayoti va ilmiy me`rosi.
5.At-termiziyning hayoti va ilmiy me`rosi.

1.Mavjud adabiyotlar va fikrlar tahlili asosida Markaziy Osiyodagi xalqlar Milliy madaniy Uyg`onishni uch davrga bo`lishi mumkin:



  1. IX-XII asrlar- arab bosqinidan keyingi davr.

  2. XIV-XV asrlar mo`g`ul istilosidan keyingi davr.

  3. XX asr boshi va hozirgi davr kolonial bosqin va Sovet davridan keyingi siyosiy, milliy, madaniy Uyg`onish.

IX-XII asrlarda Markaziy Osiyo mintaqasida madaniyat yuksalishi parvoz bosqichga chiqqanligi to`g`risida gap borar ekan, ayni shu hudud jahonni hayratga solgan buyuk mutafakkirlarni etishtirib berganligi, ilm-ma`rifat, betakror kashfiyotlar beshigi- tarixda «Musulmon madaniyati», «arab madaniyati» deb nomlangan tushunchalar bilan baholangani bejiz emas.
2 Buyuk matematik, astronom va geograf Muhammad al-Xorazmiy VIII asrning oxiri va IX asrning birinchi yarmida yashab ijod etdi. Bu davrda Markaziy Osiyo arab xalifaligi tarkibiga kirar edi. Xorazmiy dunyo faniga g‘oyat katta hissa qo‘shdi. U algebra fanining asoschisi bo‘ldi. «Algebra» so‘zining o‘zi esa uning «Al-kitob al-muxtasar fi hisob al-jabr va al-muqobala” nomli risolosidan olingan. Xorazmiy Xorazm o‘lkasida tug‘ilib, o‘sdi. Adabiyotlarda 783 yil uning tug‘ilgan yili deb qabul etilgan. Xorazmiy qalamiga mansub 20 dan ortiq asarlarning fakat 10 tasi bizgacha yetib kelgan. Bular «Al-jabr va al-muqobala hisobi haqida qisqacha kitob»— algebraik asar, «Hind hisobi haqida ki­tob» yoki «Qo‘shish va ayirish haqida kitob»— arifmetik asar, «Ki­tob surat-ul-arz» - geografiyaga oid asar. «Zij», «Asturlob bilan ishlash haqida kitob», «Asturlob yasash haqida kitob», «Asturlob yordamida azimutni aniqlash haqida». «Kitob ar-ruhoma», «Kitob at-ta'rix», «Yahudiylarning taqvimi va bayramlarini aniqlash haqida risola». Bu asarlarning turttasi arab tilida, bittasi Farg‘oniyning asari tarkibida, ikkitasi lotincha tarjimada saqlangan va qolgan uchtasi hali topilgan emas.
3. O‘rta asrlarda yashagan Markaziy Osiyolik olimlar orasida buyuk astronom, matematik va geograf al-Farg‘oniy salmoqlii o‘rin egallaydi.
Olimning tuliq ismi Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Farg‘oniydir. al-Farg‘oniyning hayoti haqidagi eng so‘nggi va eng aniq xabar 861 bilan bog‘lanadi. Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, u shu yili Qohira yaqinidagi Ravzo orolida nilometrni, ya'ni Nil daryosi suvi sathini belgilovchi uskunani yasagan yoki ta'mirlagan. Al-Farg‘oniyning asosiy astronomik asari «Samoviy haraqatlar va umumiy ilmi nujum kitobi» («Kitob al-harakat as-samoviya va javomi' ilm an-nujum») XII asrda Ovro‘pada lotin tiliga ikki marta va XIII asrda boshqa Ovro‘po tillariga ham tarjima qilinganidan so‘ng, uning lotinlashtirilgan nomi «Alfraganus» shaklida G‘arbda bir necha asr davomida keng tarqaladi. Uning bu kitobi shu asrlar davomida Ovro‘po universitetlarida astronomiyadan asosiy darslik vazifasini o‘tadi. Al-Farg‘oniy asarining lotincha tarjimasi birinchi marta 1493 yilda nashr etilgan bo‘lib, u eng qadimgi nashr qilingan kitoblardan hisoblanadi. 1669 yili mashhur Golland matematigi va arabshunosi Yakob Golius al-Farg‘oniy asarining arabcha matnini yangi lotincha tarjimasi bilan nashr etganidan so‘ng, al-Farg‘oniy va uning asarining Ovro‘padagi shuhrati yanada ortdi.
4 Imom al-Buxoriy (asl ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim al Buxoriy) (810.21.7, Buxoro — 870.31.8, Samarqand yaqinidagi Hartang qishlogʻi) — islom olamining yirik mutafakkiri. Muhaddislar imomi, hadis ilmining sultoni deb ham yuritiladi.
Otasi Ismoil oʻz davrining yetuk muhaddislaridan, Malik ibn Alasning shogirdi va yaqinlaridan biri boʻlib, tijorat ishlari bilan shugʻullangan. Onasi taqvodor, diyonatli, oqila ayol edi. Otasi vafot etgach, uning tarbiyasi volidasi zimmasiga tushgan. U 5-6 yoshidan islomiy ilmlarni, Muhammad (s.a.v)ning hadislarini oʻrganishga va yodlashga kirishadi. Imom Buxoriyning hadislar toʻplash borasidagi qoʻygan shartlari boshqa muhaddislarning shartlaridan koʻra aniqroq boʻlgani sababli «Al-jome’ as-sahih» asari «Eng ishonchli hadislar toʻplagan» nomiga sazovor boʻlgan. Aynan Imom Buxoriy tufayli Movarounnahr hududida IX-XII asrlarda koʻplab hadisshunoslik maktablari shakllandi va muvaffaqiyatli faoliyat yuritdi.
5 Abu Iso Muhammad at-Termiziy Termiziyning yoshlik yillari Termiz shahrida oʻtgan, dastlabki maʼlumotni ham shu yerda olgan. Bolaligidan oʻta ziyrakligi, xotirasining kuchliligi, noyob qobiliyati bilan oʻz tengqurlaridan ajralib turgan. Diniy va dunyoviy fanlarni, ayniqsa, hadis ilmini alohida qiziqish bilan oʻrgangan, bu boradagi bilimlarini yanada oshirish uchun koʻpgina Sharq mamlakatlariga borgan. Uzoq yillar Iroq, Isfahon, Xuroson, Makka va Madinada yashagan. Uzoq davom etgan safarlari chogʻida qiroat ilmi, bayon, fikd, tarix, ayniqsa, oʻzi yoshlikdan qiziqqan hadis ilmi boʻyicha oʻsha davrning yirik olimlarndan taʼlim oladi. Termiziy Imom Buxoriy bilan uchrashganida (bu uchrashuv Nishopurda boʻlgan va ikki alloma 5 yil birgalikda yashashgan) Termiziy qalamiga mansub asarlarning aksariyati bizgacha yetib kelgan. "Al-jomeʼ as-sahih" ("Ishonarli toʻplam"), eng mashhuri, shubhasiz, "Al-jomeʼ as-sahih" boʻlib, 6 ta ishonchli hadislar toʻplamidan biridir. Ushbu asar ilmiy manbalarda "Jomeʼ at-Termiziy", "Sahihi Termiziy", "Sunani Termiziy" nomi bilan ham ataladi. 1990-yil Termiziy tavalludining 1200-yilligi yurtimizda keng nishonlandi. Mustaqillik yillarida Termiziyning yodgorlik majmuasi 2016 2017-yillari qaytadan taʼmirlanib, qutlugʻ ziyoratgohga aylantirildi.
Download 25,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish