Nafas shodmonov o‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/92
Sana04.04.2022
Hajmi1,58 Mb.
#528383
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   92
Bog'liq
fayl 1847 20210917

TARG‘ITOY AFSONASI
6

Ma’budlar ma’budi Zevs bilan Borisfenesa 
daryosining yarmi ilon, yarmi ayol qizidan birinchi odam tug‘ildi. Kimsasiz 
cho‘lda paydo bo‘lgan bu odamning ismi Targ‘itoy edi. Undan Lipoqsay, 
Arpaqsay, Qoloqsay degan uch o‘g‘il dunyoga keladi. Bir kuni osmondan omoch, 
arqon, bolta va tovoq yog‘iladi. Ular oltindan yasalgan edi. Katta va o‘rtanchi
o‘g‘il ularni olishga yaqinlasha olmaydi. Faqat kichik o‘g‘il kelganida ulardan 
tarqalgan nur to‘xtaydi va u oltinlarni uyiga olib ketadi. Shundan so‘ng 
Qoloqsayga shohlik in’om etiladi. Bu skiflarning birinchi shohidir. Skiflar 
Targ‘itoyning ana shu uch farzandidan tarqalishgan.
Lipoqsayning avlodlari axvatovlar, Arpaqsayniki katiaram va trasinam, 
Qoloqsayniki paralatam nomi bilan shuhrat qozongan. Qoloqsaydan shoh-
jangchilar, Lipoqsaydan kohin va din vakillari, Arpaqsaydan dehqon va 
chorvadorlar paydo bo‘ldi. 
6
Miflar matni professor A.Abdurahmonovning mazkur kitobidan olindi. 


44 
SKIFNING TUG‘ILISH AFSONASI. 
Gerakl Gelion buqalarini haydab, 
o‘sha zamonlarda kimsasiz yurt bo‘lgan, keyinchalik skiflar egallagan joylarga 
kelib qoladi. Gerakl sovuqdan o‘zini saqlash uchun yo‘lbars terisini yopinib olgan 
edi. Kunlardan bir kuni u qattiq uyquga ketganida, oti g‘oyibona yo‘qolib qoladi.
 
Gerakl otini izlay-izlay Galeyey degan joyga keladi. Bu yerda u Ilonqizga 
yo‘liqadi. Ilonqizning yuqori qismi ayol zotiga o‘xshasa, quyi qismi ilonga 
o‘xshaydi. Taajjubga tushgan Gerakl undan: «Begona otga ko‘zing tushmadimi?» 
deb so‘raydi. Ilonqiz Gerakl agar o‘zi bilan qovushsa, otini berajagini aytadi. 
Chorasiz qolgan Gerakl Ilonqizning bu taklifiga rozi bo‘ladi. Biroq Ilonqiz 
otni tezda qaytarib bermaydi. U Gerakl bilan yana tanmahramlikni davom 
ettirishni xohlaydi. Gerakl undan otini qaytarib olib, tezroq o‘z yurtiga ketish 
uchun qizning hamma shartlarini bajarishga rozi bo‘ladi. 
Nihoyat, qiz Geraklga otini qaytarib berar ekan, shunday deydi: «Sening 
oting biz tomonlarga kelganda, men uni ehtiyot qilib yashirib qo‘ygandim. Evaziga 
sen meni mukofotlading. Endi men sendan uch o‘g‘il tug‘aman. Aytchi, ular 
ulg‘aygandan so‘ng nima qilishi kerak?» Gerakl shunday javob beradi: «Sen 
o‘g‘illaringga shunday shart qo‘yasan: ulardan qaysi birisi bu yoyni men kabi 
kuch bilan torta olsa, unga mening qayishim bilan o‘z yeringni berasan. Qolgan 
ikkisini bu yerlardan haydab yuborasan». Shunday qilib, Gerakl o‘zining yoyi 
bilan oltin tovoqsimon tug‘ali qayishini Ilonqizga qoldiradi. 
 
Kunlardan bir kuni Ilon qiz uchta o‘g‘il tug‘adi. Ulardan biriga Agofir deb 
nom qo‘yadi, ikkinchisini Gelon, uchinchisini Skif deb ataydi. Uch o‘g‘lidan 
ikkitasi, ya’ni Agofir va Gelon otasi Gerakl qo‘ygan shartni bajara olmagani 
uchun Ilonqiz ularni mamlakatdan quvib yuboradi. Kichik o‘g‘il Skif otasi Gerakl 
shartlarini bajargani uchun Ilonqiz unga tovoqsimon oltin to‘g‘ali qayish bilan 
bepoyon yerlarini beradi. Shundan buyon skiflar bu ellarda paydo bo‘ladilar. 
(prof. F. Boynazarov tarjimasi)

Bu ikki afsonada skiflarning dunyoga kelishi haqida so‘z boradi. Uni 
yaratuvchilar ajdodlarining Ilon va Gerakl bo‘lmaganini yaxshi biladilar. Lekin 


45 
to‘qilmaning ahamiyati inobatga olinib uning ommalashuviga ishonadilar. Gap 
shundaki, afsona qavm va xalqlarning shakllanish davrida yaratilgan bo‘lib, uni 
yaratuvchilar o‘z qavmlarining shuhrati va sha’nini tarixi hamda kelajagini 
ideallashtirish bilan ta’minlashga harakat qilganlar.
Ma’lumki, Markaziy Osiyo Sharq va G‘arb o‘rtasida joylashgan. Sharqda eng 
katta va shuhratli xalq xitoyliklar edi. Ular uchun ilon (ajdar) muqaddas jonzot 
hisoblanar edi. Qolaversa, juda ko‘p xalqlarda ilon donolik timsoli sanalgan. 
G‘arbda esa yunon ilohalari shuhrat tutgan, ular orasida Geraklning o‘ziga xos 
o‘rni bor edi. Yunonlar mifologiyasida bu afsonaviy qahramon tug‘ilishi sharafiga 
xudolar Olimp tog‘ida bazm qurib o‘tirganlari ta’kidlanadi. Zevs tug‘ilayotgan bu 
farzand kelajakda buyuk qahramon bo‘lishi va yer yuzida hukmron bo‘lishini 
bashorat qiladi. Bu bola Fiva malikasi Alkmena va shohi Anditionlardan dunyoga 
kelsa-da, Zevsning xotini Gera uni o‘z farzandi sifatida ardoqlaydi. Geraklning 
yunoncha ma’nosi “Gera madh etgan” degan ma’noga yaqin. Shundan kelib 
chiqib, Gerakl nomi mazmunini 

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish