Nometall rezervuarlar. Neft mahsulotlarini saqlashda nometall rezervuarlardan ham foydalaniladi. Bunday rezervuarlar: temir beton (t/b), ipli rezina (rezinatkanovue) rezervuarlari kiradi. Temir beton rezervuarlari: mazut, neft, yog' va tiniq neft mahsulotlarini saqlash uchun ishlatiladi. Tiniq neft mahsulotini saqlovchi nometall rezervuarlarni ichki yuzasi yupqa po'lat varog'i bilan qoplangan bo'ladi.
Silindr ko'rinishidagi t/b rezervuarlarning hajmi 100 - 30000 m3, ayrim hollarda ularning hajmi 100000 m3 ni tashqil etadi. Gaz bo'shlig'idagi ichki bosim ~ 2000 MPa (0.02 kg/sm2) tashkil etadi. Ipli rezina rezervuarlari avtomobil benzinini reaktiv yoqilg'isini, kerosin, dizel yoqilg'isini va moyni tashish va saqlash uchun mo'ljallangan. Ko'p ishlatiladigan bunday rezervuarlarni hajmi 2,5 - 5,0 m3tashkil
etadi. Ayrim hollarda, hajmi 400 m3 bo'lganlari ham tayyorlanadi.
hajmini aniqlash Rezervuar saroyi, neft mahsuloti omborining eng qimmat ob‘ektlaridan biri bo'lib, uning hajmini kelgusidagi rivojlanishini hisobga olib aniqlash katta ahamiyatga ega. Rezervuar saroyining hajmi ortiq ham va kam ham bo'lishi kerak emas. Bu transportlarni bo'sh qolishini va texnologik jarayonlarning izdan chiqishini sodir etadi.
IX.6-rasm. Temiryo‘l berk estakadalarining umumiy chizmalari: 1-bir tomonli estakada; 2-idish mahsulotlarni saqlovchi omborlar; 3-ikki tomonli estakada; 4-to‘kish tomoni; 5-manyovr uchun yo ‘l.
Saroy hajmi, neft omborining turiga, yuk almashishiga va yuk olib kelish va olib ketish sharoitiga bog'liq bo'ladi. Agar olib kelish va olib ketish sinxron tarzda bajarilsa, rezervuar saroyi kerak bo'lmaydi. Aniq sharoitlarda olib kelish bilan olib ketish to'g'ri kelmaydi. Bu o'z navbatida rezervuar saroyining bo'lishini taqozo etadi.
Olib kelish olib ketishdan ko'p bo'lsa, ma‘lum vaqtdan keyingi neft mahsulotini maksimal hajmi - Vmax teng bo'ladi.
Uning teskarisi bo'lsa, neft mahsulotining minimal hajmi - Vmin ga teng bo'ladi. Tegishlicha, kerakli aylanma rezervuar saroy hajmi eng ko'p va eng kam mahsuloti qoldig'ining ayirmasiga teng bo'ladi.
V=Vmax-Vmin (IX.1)
Neft ombori rezervuar saroyining hajmini aniqlash uchun yillik yuk almashish miqdoriga ko'ra xaftalik yoki dekadalik, oylik yuk olib kelish va olib ketish to'g'risidagi (absolyut qiymatda yoki foizda) ma‘lumotlar kerak bo'ladi. Mahsulotlar turi bo'yicha, uzatuvchi neft mahsuloti omborining rezervuarlar saroyining hajmi quyidagicha aniqlanadi.
«Aylanuvchanlik» koeffitsiyenti yillik yuk almashinish hajmini (Vo), o'rnatilgan rezervuar hajmiga (Vp) bo'lgan nisbati:
K0 = V0/Vp (IX.2)
Bu koeffitsiyent neft mahsuloti omborlari rezervuarlarining ishlatilish daraj asini ko 'rsatadi.
Ko'p yillik kuzatish ma‘lumotlariga ko'ra:
suvli uzatuvchi neft mahsuloti omborlari uchun maqbul K0 ning qiymati 1820 ga teng;
temir yo'lli taqsimlovchi neft mahsuloti omborlari uchun K0 = 6:<8 ga teng.
Mahsulotlar bo'yicha, taqsimlovchi neft omborining rezervuarlar saroyining hajmi quyidagi ifoda orqali aniqlash mumkin:
Vtak=QKn103/12pK3; m3(ix.3)
Bu yerda Kn - neft mahsulotini kelishini va uni realizatsiya qilishni bir xilda bo'lmasligini hisobga oluvchi koeffitsiyenti.
Shunday qilib, har bir neft mahsuloti uchun rezervuar saroyining xajmi aniqlanib, ularni umumlashtiriladi. Umumiy rezervuarlar saroyining hajmi, neft mahsuloti omborining hajmini ko'rsatadi.
8>