Fan: Informatika
Mavzu: Ma’lumotlarni tartiblash
Qisqacha tezis:
MS Excel dasturi ro‘yxatlar ustida amallar bajarish imkonini beradi. Odatda, Excel jadvalida izlash, tartiblash yoki ma’lumotlarni qayta ishlash kabi amallar bajarish jarayonida ro‘yxat avtomatik tarzda ma’lumotlar ombori deb qaraladi. Bu holda ro‘yxat ustunlari ma’lumotlar omborining maydonlari, ustunlar sarlavhalari ma’lumotlar ombori maydonlari nomi, ro‘yxatning har bir satri ma’lumotlar omborining yozuvi kabi qaraladi.
A2 : D6 katakchalar blokini belgilaymiz.
Agar faqat gullar nomi yozilgan A2:A6 blokni belgilab, tartiblash amalga oshirilsa, gullar nomining o‘rni o‘zgaradi, lekin boshqa xususiyatlari o‘rni o‘zgarmaydi. U holda bir gulga boshqa gul xususiyati mos kelib qolishi mumkin.
Uskunalar panelidan (o‘sish yo‘nalishida) yoki (kamayish yo‘nalishida) tartiblash piktogrammasini tanlaymiz.
Natijada tartiblashning o‘sish yoki kamayish yo‘nalishiga mos 61-rasmdagi ko‘rinishdagi tartiblangan jadvallardan biri hosil bo‘ladi
Do'stlaringiz bilan baham: |