IX.1-rasm. Rezervuarlarning yer yuzasiga nisbatan joylashishini ko'rsatuvchi chizma:
a - yer osti yuzasida; b - yarim yer yuzasida; v - yer ostida.
Yarim yer osti rezervuarlarining balandligini yarim yer yuzasidan pastda joylashgan bo'ladi. Tuzilishi (tashqi ko'rinishi) bo'yicha rezervuarlar: to'g'ri to'rtburchakli, silindr, konus, sferik, tomchi ko'rinishidan bo'ladilar. Rezervuarlarning formasini (ko'rinishini) tanlash, uning ishlatilish maqsadiga neft mahsulotining xossasiga va saqlash sharoitiga ko'ra aniqlanadi. Hozirgi paytda ishlatilayotgan rezervuarlarning hajmi 5 m. dan 120000 m. ni tashkil etadi. Tiniq neft mahsulotlarining saqlash uchun, asosan, po'latdan yasalgan rezervuarlar hamda ichki yuzasi benzinga chidamli qoplamalar bilan qoplangan temir beton rezervuarlaridan foydalaniladi. Qora neft mahsulotlarini saqlash uchun, temir beton rezervuarlari ishlatiladi. Surkovchi moylar po'lat rezervuarlarida saqlanadi.
Yer yuzasidagi guruh rezervuarlarining orasidagi masofa. Suzib yuruvchi qopqoqli rezervuarlar uchun 0,5 diametrini (20 m dan ortiq bo'lmasligini) pontonli rezervuarlar uchun 0,65 diametrni tashkil etadi. Lekin 30 m dan ortiq bo'lmasligi kerak.
Statsionar tomli rezervuarlar uchun 0,75 diametrni (lekin 30 m dan ortiq bo'lmasligi kerak) tashkil qilish kerak. Bir guruhdagi yer osti rezervuarlarining devorlari orasidagi masofa 1 m dan kam bo'lmasligi kerak. Ikki guruh yer yuzasi rezervuarlarda guruhlar devorlarining orasidagi masofa 40 m dan kam bo'lmasligini va yer osti guruh rezervuarlarniki esa 15 m dan kam bo'lmasligi kerak.
Po'lat rezervuarlari.
Hozirgi zamon po'lat rezervuarlarining ko'rinishi texnologik maqsadga ko'ra: tik silindr, tomchi, yotiq (sisternalar) ko'rinishida bo'ladilar.
Tik silindr ko'rinishidagi po'lat rezervuarlari o'z navbatida past bosimli “atmosfera”, pontonli va suzib yuruvchi tomli rezervuarlarga bo'linadi. “Atmosferali” guruh rezervuarlarining ichki havo bo'shlig'idagi bosim, atmosfera bosimiga yaqin bo'ladi va uning qiymati 0,2 MPa (0,02 kgs/sm2) ga teng bo'ladi. Bunday rezervuarlarga konus va sferik ko'rinishda yopilgan rezervuarlar kiradi. Bunday rezervuarlar kam bug'lanadigan neft mahsulotlarini saqlashda ishlatiladi. Masalan, kerosin, dizel yoqilg'isi va boshqalar.
Yengil uchuvchi neft mahsulotlarini maxsus konstruktsiyaga ega bo'lgan rezervuarlarda: suzib yuruvchi tomli, potonli yoki yuqori bosimli - tomchi ko'rinishidagi (0,7 kgs/sm2 gacha bosim ostida ishlaydigan) rezervuarlarda saqlash maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Gorizontal ko'rinishdagi rezervuarlardagi ko'p turdagi neft mahsulotlari saqlanib, asosan ular sanoat korxonalarda va qishloq xo'jaligida tarqatuvchi ombor sifatida foydalaniladi.
Konus ko'rinishida yopilgan tik silindrik ko'rinishdagi rezervuarlarning hajmi 100 - 5000 m3 bo'ladi. Bunday rezervuarlarning markazda (hajmi 100 va 200 m3 dan tashqari) tayanch ustuni bo'lib, bu ustun tomning yopadigan bo'laklari (xitlari) mahkamlanadi. Sferik ko'rinishda yopilgan rezervuarlarning hajmi 10000, 15000 va 20000 m3 bo'ladi. Bularda tom bo'laklari rezervuar korpusiga o'rnatilgan qattiq xalqa konturi bo'yicha mahkamlanadi. Rezervuar devori metalli qalinligi (pastdan yuqoriga) 6 - 14 mm, tom metallining qalinligi 3 mm bo'ladi.
Suzib yuruvchi qopqoqli rezervuarning statsionar (qo'zg'almas) tomi bo'lmaydi. Tom vazifasida metalldan yasalgan, suyuqlik yuzasida yuruvchi disk mavjud. U maxsus konstruktsiyaga ega bo'lib, uning suyuqlik ustidagi harakati qo'zg'aluvchan narvon yordamida amalga oshiriladi. Bunday rezervuarlarning hajmi 100 - 50000 m3 ga bo'ladi.
Suzib yuruvchi pontonli rezervuarlarga tomli metall bo'laklari bilan yopilgan rezervuarlar kiradi. Ponton g'ovvak ko'rinishidagi disk bo'lib, suyuqlik yuzasiga tegib turadi, ya‘ni suyuqlik bilan harakatlanadi. Suyuqlik yuzasi bilan uning o'rtasida havo bo'shlig'i yo'qligi sababli, yengil bug'lanuvchan mahsulotlarni isrof bo'lishligi
5 marta kam bo'ladi.
Tomchi ko'rinishidagi rezervuarlar, oddiy tik o'rnatilgan rezervuarlarning ishlatish mumkin bo'lmagan hollarda, yengil bug' lanuvchan neft mahsulotlarini saqlash uchun foydalaniladi.
Havo bo'shlig'idagi ichki bosim 0,04 - 0,2 MPa (0,4 - 2 kgs/sm2) ga mo'ljallangan. Yengil bug'lanuvchi mahsulotlarni saqlashda, umuman ularning isrof bo'lishligi sodir bo'lmaydi. «Kichik» nafas olishdagi yo'qolish bo'ladi. Faqat to'ldirishda bug'lar havoga chiqaziladi («katta» nafas olishdagi yo'qolish).
Yotiq rezervuarlar taqsimlovchi neft mahsuloti omborlarida va tarqatuvchi omborlarida, neft mahsulotlarini tashishda va saqlashda ko'p ishlatiladi. Ular 0,07 MPa ichki - 100 m3 ni tashqil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |