Datchiklar va elektron blok orasidagi masofa, ko‘pi bilan
70
70
Mikroprosessorli ommaviy sarf o‘lchagich. Neft mahsulotlarining massasini ularni qabul qilib olish va sotish operatsiyalarida hisobga olishning mavjud usullari odatda, bilvosita o‘lchashlarga asoslangan. Bu hol o‘lchash aniqligini oshirishga imkon bermaydi. Massani bevosita o‘lchashning qo‘llanilayotgan usullari texnologik emas, chunki u maxsus qo‘shimcha operatsiyalarni kiritishni talab qilib, ba'zan mahsulotni jo‘natish uchun ketadigan vaqtga o‘lchovdosh vaqt kiritilishini talab etadi.
Bevosita to‘kish yoki quyish texnologik jarayonlari vaqtida amalga oshiriladigan suyuq neft mahsulotlarining sarfini aniq og‘irlik hisobi tizimi juda katta unumdorlik bilan ishlatilmoqda. Tizim natijalarga ishlov berish va jarayonni boshqarish uchun tenzometrik o‘lchash uslublarini va mikroprosessor texnikasini qo‘llanishga asoslangan. Sarfning og‘irligini o‘lchash sitemasining ishlash prinsipi neft mahsulotlari oqimining ayrim porsiyalarini ketma-ket tortib olishdan iboratdir. Uzluksiz oqimni ta'minlash uchun mahsulotni topshirishda qurilmaning chiqishida yoki mahsulotning qabul qilishda (qo‘yishda) qurilmaning kirishida oqim ikki chiziqqa (liniyaga) ajratiladi. Bunda chiziqlardan biri bo‘yicha mahsulot qurilma chiqishiga qarab oqayotganda ikkinchi chiziqda o‘lchash amalga oshiriladi. Shuning uchun tizim oqayotgan mahsulotning istagan miqdorini o‘lchash uchun qo‘shimcha vaqt sarflamasdan bevosita texnologik operatsiyalarda foydalanilishi mumkin.
Suyuqlik va gazlar miqdorini o‘lchash
Suyuqlik va gazlar miqdorini o‘lchashga mo‘ljallangan hisoblagichlar o‘zlarining ishlash prinsipiga ko‘ra hajm, tezlik va vazn hisoblagichlariga bo‘linadi. Ko‘proq hajm va tezlik hisoblagichlari ishlatiladi. Gaz miqdorini o‘lchashda hajm hisoblagichlaridan foydalaniladi.
Vaqt oralig‘i t1- t2 dagi oqim, massa va energiya yig‘indisini ko‘rsatuvchi o‘lchash asbobi hisoblagich deb ataladi. Hisoblagichlar o‘z funksiyasini quyidagi ifodaga muvofiq bajaradi:
Q = J g ■dh (Ш.6)
bu yerda, Q - vaqt oralig‘ida sarflanadigan modda miqdori; g - vaqt birligi ichidagi modda yoki energiya sarfi.