Magistral neft va gaz quvurlari asosan tuproq muhitida ishlaydilar va ularning tuproq korroziyasidan himoya qilishda quyidagi usullardan foydalaniladi:
- quvurlarni maxsus yotqizish usuli. bunda quvurlarning atrofini qum, bitum bilan qayta ishlangan tog‘ jinslari bilan o‘rash, hamda quvur atrofidagi tuproqlarni neytrallash va zovur ichida drenaj ariqchalar hosil qilish va boshqa tadbirlar yordamida korroziyadan himoya qilinadi;
- quvur yuzasini izolyatsiya qoplamalari bilan o‘rash passiv usul;
- elektrokimyoviy himoya usuli aktiv usul (anodli, kotodli va protektorli ).
Quvur va rezervuarlarning ichki yuzasini himoya qilish: qoplamalar, ingibitorlar va elektrokimyoviy vositalar yordamida amalga oshiriladi.
Ingibitorlar kimyoviy birikmalar bo‘lib, ular asosan uzoq saqlanadigan metall qismlarining atmosfera korroziyasidan, hamda rezervuarlarning ichki yuzasini himoya qilishda foydalaniladi. Ingibitorlar himoyasida idishlarning ichki yuzasi uning suvli yoki boshqa erituvchilardagi eritmasi bilan chayiladi. Natijada ingibitor molekulalari idish devoriga yopishib (adsorbsiyalanib) yupqa himoya pardasini hosil qiladilar. Bu parda tashqi muhitni metall yuzasiga bo‘lgan ta'sirini kamaytiradi. Ingibitorlarni himoya qilish xususiyati, ularning tabiati va xossalariga bog‘liq bo‘ladi.
Saqlanib turiladigan metall qismlari esa, ingibitorni uning yuzasiga surkab qo‘yish yoki ingibitor bilan to‘ldirilgan qog‘oz bilan o‘rab qo‘yish orqali korroziyadan saqlanadilar.
4. Quvurlarning ichki va tashqi korroziyasiga qarshi kurashishning
passiv va aktiv usullari
Izolyatsiya qoplamalari bilan himoya qilish. Izolyatsiya qoplamalarining himoya qilish mexanizmi metallga bo‘lgan tashqi muhit ta'sirlarini bartaraf etish va uning o‘tish qarshiligini oshirishga asoslangan. Qoplamalar sifatida bitum mastikasi, polimer yopishqoq lentasi, lak-bo'yoqlar, sement-beton va boshqalar ishlatiladi (VI.3-rasm). Quvurlarni va rezervuarlarni tuproq korroziyasidan himoya qilishida, asosan, bitum mastka qoplamasidan foydalaniladi, chunki u izolyatsiya qoplamasiga bo‘lgan barcha talablarga javob beradi.
Bitum mastikasi to‘ldiruvchi neft bitumi va plastifikatordan tashkil topgan. To‘ldiruvchilarning asosiy vazifasi mastika qoplamasini mahkamligini oshirishdan iborat bo‘lib, to‘ldiruvchilar sifatida asbest rezina, kauchukning mayda kukunlari va maydalangan polietilen, izobutilen va boshqalar ishlatiladi. Plastifikatorlarning asosiy vazifasi bitum mastikasini oquvchanligini, surkaluvchanligini oshirishdan iborat. Plastifikatorlar vazifasida transformator yog‘i, polimer mahsulotlari poliizobutilen, poliden, “ko‘k” yog‘ va boshqalar ishlatiladi.