III.12-rasm. Datchiklar ulangan UVR-011 ultratovush vaqt impulsli sarf o‘lchagichning tuzilishi sxemasi.
Sarf o‘lchagich o‘tkazish quvurining tashqi tomonidan montaj qilinadigan ikkita elektroakustik o‘zgartkichni va mikroprosessor negizida ishlab tayyorlangan elektron blokni o‘z ichiga oladi.
MikroEHM amalga oshiradigan o‘lchashlar sikli ultratovush impulsi nurlanish yo‘nalishlaridan birini (masalan, oqim bo‘yicha) tanlashdan boshlanadi, bunga qabul - uzatish kommutatorini tegishli holatga o‘rnatish yo‘li bilan erishiladi. Bunda EP2 signalni uzatadi, EP1 esa uni qabul qilib oladi.
Qabul qilingan signal kommutator orqali foydali signalni ajratish sxemasiga keladi, u yerda kuchaytiriladi va boshqa tovushlardan filtrlanadi. Shu yerning o‘zida signalning mavjudligi yoki yo‘qligi to‘g‘risida qaror qabul qilinadi, bu ultratovushli tebranishlar yo‘qolib qolganda xato o‘lchashlarning kelib chiqishining oldini oladi, masalan o‘tkazish quvurini bo‘shatishda. Signalning tarqalish vaqtini aniqlash vaqt oraliqlarini o‘lchash blokida amalga oshirilib, uning chiqishida tT baho mikro EHM ga kelib tushadi. So‘ngra mikroEHM buyrug‘iga ko‘ra nurlanish yo‘nalishi qarama- qarshisiga o‘zgaradi va tT signalning tarqalish vaqtining tavsiflangan o‘lchash tartibi endi oqimga qarshi takrorlanadi. Shu bilan o‘lchash sikli tugallanadi, mikroEHM esa ifodaga muvofiq suyuqlik sarfining joriy qiymatini hisoblaydi.
Q = 900Sgi’D'V m3/soat (Ш.5)
bu yerda SG - tezliklarning profiliga bog‘liq bo‘lgan gidrodinamik koeffitsiyentiga teskari proporsional bo‘lgan xatolik.
Datchiklar ulangan UDI-011 ultratovushli Dopler sarf o‘lchagichi. Asbob o‘tkazish quvurining tashqi tomonida joylashgan ikkita EP (III.12-rasm) ni va kvars generatori, quvvat kuchaytirgichi, kvadratur qabul qilgich (priyomnik), fazoviy detektor (FD), qabul qilingan signal spektrining og‘irlik markazini baholash sxemasi bilan hosil qilingan elektron blokni, shuningdek, mikroprotsessor negizida ishlangan mikroEHM ni o‘z ichiga oladi.
Mazkur asbobda qabul qilingan signalning kvadratur demodulyatsiyasi prinsipi amalga oshirilgan bo‘lib, u suyuqlik harakatining yo‘nalishini aniqlashga imkon beradi.
Quvvat kuchaytirgichining chiqishidan kelayotgan, w0 chastotali uzluksiz tebranishlar bilan uyg‘otiladigan EP1 truboprovod o‘qiga burchak ostida nazorat qilinayotgan muhitga nurlanuvchi ultratovushli to‘lqinni vujudga keltiradi. Qabul qilingan tebranishlar qabul qilgich (priyomnik) ka uzatiladi.
UVI-011 va UDI-011 sarf o‘lchagichlarning asosiy xarkteristikalari (tavsiflari)
jadvalda keltirilgan. Ikkala asbob qo‘llanishga ruxsat etilgan o‘lchash texnikasi vositalarining Davlat riestriga kiritilgan. Asboblarni ishlatishning davomiyligi yig‘indisi hozirgi vaqtga kelib 4000 sutkadan ortiqni tashkil etadi.
Uning chiqishida dopler chastotali kvadratur signal ajralib chiqib, u bir tomondan FD ga keladi, ikkinchi tomondan spektrning og‘irlik markazini baholash sxemasining kirishiga keladi. Д wst ning son qiymati mikroEHM ga kelib tushadi, u yerda (III.4) va (III.5) munosabatlarga muvofiq sarf Q ning qiymatini hisoblash amalga oshiriladi.
Asboblarning asosiy tavsiflari III.1-jadval