Bog'liq N X Ermatov, D G‘ Azizova, N M Avlayarova, B Yu Nomozov,
Moddalar sarfini o‘lchashning zamonaviy
usullari va vositalari Tuzilmaviy shakllari va harakat rejimlarining xilma-xilligi bilan farqlanuvchi, murakkab va tarkibi bo‘yicha o‘zgaruvchi gazli, suyuq (suv, neft, kondensat) va qattiq (qum va boshqa mexanik qorishmalar) fazalar aralashmasidan iborat moddaning sarflanishi o‘lchanayotganda bunday oqim sarfini oldindan separatsiyasiz o‘lchash murakkab ilmiy-texnik muammo hisoblanadi. Hatto separatsion vositalari ham kam samarali bo‘lgan hollarda ham yuqori gaz omiliga ega yuqori tezlikli oqimlarni o‘lchashda alohida qiyinchiliklar vujudga keladi.
bosim O£limni fluktatsiyasi
III.10-rasm. Oqim o'lchash o'zgartkichi Sarflarni o‘lchash (rasxodametriya) sohasida o‘tkazilgan ko‘p yillik tadqiqotlar mazkur muammoni hal etish yo‘lini taklif etishga imkon beradi. O‘lchashning ishlab chiqilgan va patent olingan yangi spektrometrik uslubi asos bo‘lib xizmat qildi. U yuqori gazli omilli yuqori tezlikli oqimlar sharoitida samaralidir. Bu uslub mahsulotni yig‘ishning o‘tkazish quvuri tizimida fluktuatsion jarayonning (bosim fluktuatsiyasi) spektral fazalarning oqimda sarflanishi to‘g‘risidagi axborot manbai sifatida foydalanishga asoslanadi.
Spektrometrik uslubning asosiy g‘oyasi shundan iboratki, bunda fazalar sarfini ko‘p fazali oqimda fluktuatsion jarayonning quvvati spektrining chastotaviy komponentlari bo‘yicha hisoblashdir. Bosim fluktuatsiyasini hisoblash maxsus oqimni o‘lchash o‘zgartkichi bilan amalga oshiriladi (III. 10- rasm).
O‘lchash o‘zgartkichining asosiy elementlari maxsus 1 konstruksiyali toraytiruvchi qurilma ko‘rinishidagi oqim shakllantirgich va bosim fluktuatsiyasi datchigi hisoblanadi. Toraytiruvchi qurilma quyidagilarga imkon beradi:
qurilmaning chiqishida fazalar sarfi o‘zgarishlarining keng oraliqlarida ma'lum muntazam tuzilma oqimini shakllantirish;
gidrodinamik tizimda quvvatning chastotaviy spektrining berilgan axborot xossalariga ega fluktuasiya jarayonini uyg‘otish.
Fluktuatsiya jarayonini qayd etish pezokeramik sezgir elementli datchik orqali amalga oshiriladi. Ishlangan o‘lchash o‘zgartkichidan foydalanilganda datchikning chiquvchi elektr signali o‘ziga xos chastotaviy spektrga ega bo‘lib, unda turli fazalar sarfining ta'sir sohalari ajratilishi mumkin.
Axborot o‘lchash tizimining umumlashtirilgan sxemasi. Spektrometrik uslubni amalga oshiruvchi axborot-o‘lchash tizimi (AO‘T) ning umumiy tuzilmasi sxemasi III.11-rasmda keltirilgan. Unga o‘lchash moduli (O‘M), harorat datchigi (HD), bosim datchigi (BD), aloqa liniyasi (AL) va axborot-o‘lchash qurilmasi (AO‘Q) kiradi.