Bosimlar farqi o‘zgarmas sarf o‘lchagichlar. Bosimlar farqi o‘zgarmas sarf o‘lchagichlar- rotametrlar laboratoriyalarda va sanoatda keng ishlatilib, toza hamda biroz ifloslangan bir jinsli suyuqlik va gazlarning sarfini o‘lchashga mo‘ljallangan.
III.6-rasm. Ko‘rsatishlarni masofaga elektr-
differensial transformator yordamida
uzatadigan rotametr sxemasi.
III.7-rasm. Shisha naychali rotametr. Asbobning ishlash prinsipi o‘lchanayotgan muhit oqimining pastdan yuqoriga o‘tishida konussimon naycha ichiga joylashgan qalquvchining vertikal (tik) siljish holatiga asoslangan.
Laboratoriya va sanoatda shisha (sarfni joyida o‘lchaydigan) va metalldan yasalgan rotametrlar chiqariladi.
Konussimon naychali shisha rotatametrlar suv bo‘yicha 3000 l/soat va havo bo‘yicha 40 m3/soat o‘lchov chegarasiga; 0,6 mPa (6 kgk/sm2) gacha ishchi bosimga mo‘ljallangan.
rasmda ko‘rsatishlarni masofaga elektr differensial-transformator orqali uzatadigan rotametr sxemasi keltirilgan. Rotametrning o‘lchash qismi diafragma 2 va silindrik metall korpus 1 dan iborat.
Diafragma 2 teshigida shtok 4 ga bikr qilib o‘rnatilgan konussimon qalquvchi 3 harakat qiladi. Shtokning ustki qismida differensial transformatorli o‘zgartgichning o‘zagi 5 o‘rnatilgan. O‘zak naycha 6 ichida joylashgan, naycha tashqarisida esa o‘zgartgichning g‘altagi 7 bor.
Shkalasiz rotametlar ko‘rsatuvchi yoki qayd qiluvchi ikkilamchi differensial- transformatorli asbob tarkibida ishlatiladi. Rotametrlar ortiqcha ish bosimi ta'siridagi muhit sarfini o‘lchash uchun (6,27 MPa) chiqariladi. Bu asboblar kattaroq ortiqcha bosimlarga ham mo‘ljallab chiqariladi. Bundan tashqari, o‘zgarmas 0...5 mA tokli chiqish signali bilan ishlaydigan rotametrlar ham mavjud. Ularning suv bo‘yicha o‘lchash chegarasi 16000 l/soat.
Portlash va yong‘in xavfi bor joylarda ko‘rsatishlarni masofaga pnevmatik uzatadigan rotametrlar ishlatiladi.
O‘zgaruvchan sathli sarf o‘lchagichlar
O‘zgaruvchan sathli sarf o‘lchagichlarning ishlash prinsipi suyuqlikning idish tubidagi yoki uning yon devorlaridagi teshikdan erkin oqib chiqishidagi sath balandligini o‘lchashga asoslangan. Bu asboblar kimyo va boshqa sanoatlarda juda agressiv suyuqliklar sarfini o‘lchashda, shuningdek, gaz bilan aralashgan pulslanuvchi oqim va suyuqliklar sarfini o‘lchashda ishlatiladi. O‘zgaruvchan sathli sarf o‘lchagichlar barcha hollarda suyuqlik sarfnni atmosfera bosimida o‘lchaydi, shuning uchun, bu asboblarning ishlatilishi cheklangan.
O‘zgaruvchan sathli sarf o‘lchagichlar tarkibiga qabul qiluvchi sig‘im (idish) va suyuqlik sath balandligini o‘lchaydigan asbob kiradi. Sath balandligi o‘lchagichi sifatida istalgan sath balandligini o‘lchash asbobi ishlatilishi mumkin. Qabul qiluvchi sig‘im sifatida esa dumaloq (diafragma) yoki tirqish teshikli silindrik yoxud to‘rtburchak idish xizmat qiladi. Bunday idishlardagi suyuqlik sarfi uning sath balandligi bo‘yicha aniqlanadi. Diafragma idish tagida yoki uning yon devorlarida joylashishi mumkin, lekin suyuqlik sathi u oqib chiqadigan teshikdan yuqorida bo‘lishi lozim. Tirqishning teshiklari idishning faqat yon devorlarida joylashgan bo‘lishi kerak, bu holda idishdagi suyuqlik sathi teshikning ustki chetidan baland bo‘lmasligi lozim.
III.8-rasmda ko‘rsatilgan sarf o‘lchagich ikki shtutserli to‘rtburchak idish 2 dan iborat.