N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov, R. S. Bekjonov, A. I. Abdirazakov



Download 2,55 Mb.
bet26/120
Sana13.07.2022
Hajmi2,55 Mb.
#790003
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   120
Bog'liq
N X Ermatov, D G‘ Azizova, N M Avlayarova, B Yu Nomozov,

Ш.14 - rasm. Bir sharrali (f) va
ko‘p sharrali (b) hisoblagichlar.
Ko‘p miqdordagi suv sarfini o‘lchashda asosan spiralsimon parrakli tezlik hisoblagichlar ishlatiladi.
Suyuqlikni parrakka uzatish usuliga ko‘ra qanotli hisoblagichlar bir sharrali va ko‘p sharrali bo‘ladi.
III.14-rasmda bir sharrali (a) va ko‘p sharrali (b) hisoblagichlar sxemasi ko‘satilgan. Bu hisoblagichlarda suyuqlik asbobning parraklariga tangensial ravishda yo‘naltiriladi. Parrakli hisoblagichlar agressiv bo‘lmagan oqimda ishlasa va oqim harorati 30°C dan oshmasa, ularning parragi plastmassadan tayyorlanadi. Oqim harorati 90°C dan yuqori bo‘lsa, parraklar jezdan tayyorlanadi.
Nazorat savollari:

  1. Quduqdan olinayotgan mahsulot qanday qilib o‘lchanadi?

  2. Gaz miqdori qanday qurilmalar yordamida o‘lchanadi?

  3. Mahsulot miqdorini o‘lchashda qo‘llaniladigan qanday avtomatik qurilmalarni bilasiz?

  4. Dina - Stark apparati yordamida nima aniqlanadi?

5.O‘lchashning zamonaviy usullari.
6.Modda sarfi va miqdorini o‘lchashusullari.

  1. bob bo'yicha xulosa

Bu bo'limda quduq mahsulotini o‘lchash, quduq mahsulotini o‘lchashning an'anaviy usullari, neft tarkibidagi suv miqdorini o‘lchash, quduq mahsulotini o‘lchashning zamonaviy usullari modda sarfi va miqdorini o‘lchash, bosimlar farqi o‘zgaruvchan sarf o‘lchagichlar, elektromagnit sarf o‘lchagichlar, ultratovushli, issiqlik va ionli sarf o‘lchagichlar ultratovushli, moddalar sarfini o‘lchashning zamonaviy usullari va vositalari, suyuqlik va gazlar miqdorini o‘lchash haqidagi ma'lumotlar keltirilgan.

  1. bob. Neft va gaz quvurlari o‘tkazuvchanlik qobiliyatini pasayishi
    sabablari va qarshi kurashish usullari


  1. 1. Konlarda qo‘llaniladigan quvur uzatkichlar tasnifi

Har qanday neft va gaz konida quduqlardan chiqqan mahsulotni tayyorlash qurilmalarigacha yetkazish uchun har xil turdagi quvurlar ishlatiladi. Bu quvurlar o‘zidan o‘tkazayotgan mahsuloti, bosimi, vazifasi, gidravlik sxemasi, qurilishi kabi omillarga qarab turli tuman bo‘ladi.
Neft va gaz konlarida qo‘llaniladigan quvur uzatkichlarning quyidagi umumiy tasnifi mavjud:
A) o‘tkazayotgan mahsuloti bo‘yicha: neft quvurlari, gaz quvurlari, neft-gaz quvurlari, kondensat quvurlari, suv quvurlari, reagent quvurlari.
B) bajaradigan vazifasiga qarab: yo‘naltiruvchi quvurlar, yig‘uvchi quvurlar.
Yo‘naltiruvchi quvurlar quduqdan birinchi gurux o‘lchagich qurilmalarigacha bo‘lgan masofada ishlatiladi. Birinchi gurux o‘lchagich qurilmalaridan neftni yig‘ish va tayyorlash qurilmalarigacha bo‘lgan masofada yig‘uvchi quvurlar ishlatiladi.
V) ishchi bosimiga qarab:
- kuchli bosimli quvurlar, bosimi 6 MPa dan yuqori;

  • yuqori bosimli quvurlar, bosimi 2,5 - 6,0 MPa;

  • o‘rta bosimli quvurlar, bosimi 1,6 - 2,5 MPa;

  • past bosimli quvurlar, bosimi 1,6 MPa dan past.

Odatda o‘rta, yuqori va kuchli bosimli quvurlar tazyiqli, past bosimli quvurlar tazyiqsiz quvurlar deb ataladi. Tazyiqli quvurlarda mahsulot quvurni to‘liq to‘ldirib oqadi, tazyiqsiz quvurlarda quvur ishi to‘liq bo‘lmagan holda oqishi mumkin.
G) gidravlik tarxi bo‘yicha: oddiy quvurlar, murakkab quvurlar.
Oddiy quvurlar bir xil diametrga ega bo‘lib, unga boshqa quvurlar ulanmagan bo‘ladi. Murakkab quvurlarning diametri har xil bo‘lishi hamda quvurlarga boshqa quvurlar ulangan bo‘lishi mumkin.
D) qurilishi bo‘yicha: yer osti quvurlari, yer usti quvurlari, havodan o‘tkazilgan quvurlar, suv osti quvurlari.
Bu tasnif konlarda ishlatiladigan neft va gaz yig‘ish, tayyorlash tizimidagi quvurlarga taalluqli bo‘lib, uzoqqa uzatuvchi quvurlarga tegishli emas.

  1. 2. Neft quvurlarining ifloslanishi va ularning oldini olish usullari

Neft koni hududidan o‘tgan tashlama quvur va neft yig‘uvchi kollektorlarning ifloslanishi quyidagi sabablar natijasida sodir bo‘ladi:
- neft bilan quduq ustiga chiqadigan qattiq zarrachalar oqimining tezligi yetarli darajada bo‘lmagan taqdirda neft uzatkich quvurlarga cho‘kadi va ularning o‘tkazuvchanligini pasaytiradi;
- ba'zi bir termodinamik sharoitlarda neft, gaz va suvning birgalikda oqishida ulardan turli tuzlar va parafin cho‘kishi mumkin;
- quvur uzatkichlarning korroziyasi natijasida ularning ichki devorlarining buzilishidan hosil bo‘lgan zarralar oqimning tezligi pasaygan vaqt cho‘kishi mumkin.
Neft - gaz oluvchi tashkilotlar quvur devorlarida parafin cho‘kishini oldini olish va hosil bo‘lgan parafinni yo‘qotish uchun turli usullarni qo‘llashadi.
Bularning eng asosiylari quyidagilar:

  • neft - gaz yig‘ishning germetizatsiyalashgan tazyiqli (0,981 - 1,47 MPA) tizimini qo‘llash;

  • bug‘ haydovchi qurilmalar (BHQ) yordamida parafinlashgan quvurlarga bug' haydaladi va bu bug‘ parafinni eritadi.

Parafinning quvur devorlariga yotishini oldini olish maqsadida quvur uzatkichlarning ichki devorlaridagi g‘adir - budirliklarni kamaytirish maqsadida laklar, epoksid yelimlar va shisha plastiklar bilan qoplanadi;

  • sirt faol moddalarni qo‘llash. Bunda SFM larning sarfi 10 - 12 g/t ni tashkil etadi;

  • issiqlikni ushlab turuvchi qoplamalar (teploizolyatsiya) dan foydalanish;

  • rezina sharlardan (torpeda) foydalanish. Bular quduq ustidan tashlama quvurlar orqali yuborilib, guruxiy o‘lchagich qurilmalardan (GO'Q) olinadi.

Mana shu oltita usuldan ko‘proq birinchi va ikkinchisi qo‘llaniladi.

  1. 3. Gaz uzatkichlardagi suyuq va gidratli tiqinlar, ularning oldini
    olish va bartaraf qilish usullari


Neftli va tabiiy gazning gaz yig‘ish quvurlarida harakati vaqtida harorati va bosimi tushadi, natijada uglevodorod va suvli kondensat ajraladi. Gaz uzatkichlarning pasaygan joylarida uglevodorod va suvli kondensatlar suyuqlik tiqinlarini hosil qilishi mumkin.
Bundan tashqari, ma'lum bir termodinamik sharoitlarda gazlar suv kondensati bilan tutashib gidratlar hosil qilishi mumkin. Gidratlarning rangi sarg‘ish bo‘lib, ko‘rinishidan qorga o‘xshaydi. Gidratlar gaz yig‘ish quvurlarida ham yuqori, ham past haroratlarda hosil bo‘lishi mumkin.
Ba'zi uglevodorodlar uchun gidratlar quyidagi kimyoviy formulalar ko‘rinishida bo‘ladi:

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish