Symbolic decisions
BMT
Simvolik qarorlardan hech qanday siyosiy natijalar kelib chiqmaydi. Qarorlar elita va davlatda o’rnatilgan odatlarga to’g’ri keladigan holda nomiga qabul qilinadi. Bunda asosan qaror qabul qilish anchadan beri humkronlik o’rnatib kelayotgan elitalarning irodasiga bog’liq bo’lib, qaror qabul qilish jarayoni ramziygina jarayon deb qabul qilinadi.
Ushbu qaror turiga BMT faoliyatidan misol keltirsak, BMT Bosh Assambleyasining Quddus masalasi bo’yicha qarorini olsa bo’ladi. Quddus masalasi bo’yicha Bosh Assambleya Rezolyutsiyasi BMTning odatiy siyosatiga mos keladi va uni siyosatshunos Yoxannes Bekke “ramziy” deb hisoblaydi. Ya’ni bilamizki, ushbu rezolyutsiya Quddusni Isroil poytaxti deb ta’n olishga qarshi chiqqan. Bosh Assambleyaning ko’pchilik a’zolari Donald Trampning bu tashabbusiga qarshi chiqqan, chunki BMT ning siyosatiga ahamiyat beradigan bo’lsak, u Falastinga ijobiy munosabatda bo’lib, qo’llab kelgan. Shuning uchun masala Falastin tomoniga ijobiy hal bo’lishi ayon bo’lgan.
Boundary decisions
Chegaralar to’g’risidagi qarorlar – bir tashkilotning ikkinchi tashkilotga nisbatan huquqiy chegaralarini belgilashga, muammoli sohalarda birga faoliyat ko’rsatishga qaratilgan. Ya’ni, bunda aytaylik ma’lum sohadagi muammoli vaziyatni olsak, bunda BMT yoki boshqa tashkilot o’ziningina vakolatlari va resurslaridan foydalangan holda muammoni yechishga qiynalsa, boshqa foydali resurslarga ega bo’lgan tashkilot bilan hamkorlikda ish yuritishi mumkin. Masalan, BMT misolida ko’rib chiqamiz. Bilamizki, bugungi kunda insoniyatning kata muammolaridan biri giyohvandlik moddalarining dunyo bo’ylab keng tarqalganidan iborat. Bu masalaga qarshi BMT ham faol ravishda faoliyatini olib boradi. Ammo, butun dunyoda o’z faoliyini olib boorish uchun uning imkoniyatlari va resurslari cheklangan. Shuning uchun, u ushbu muammoli sohani oldini olish uchun boshqa xalqaro tashkilotlar bilan birga faoliyat yuritadi. Shunday tashkilotlardan biri Shanhay hamkorlik tashkilotidir. 2016-yilning aprelida Nyu-Yorkda bo’lib o’tgan BMTning maxsus komissiyasi qaroriga ko’ra, BMT va SHHT giyohvandlik moddalarining tarqalishini oldini olish bo’yicha birga faoliyat ko’rsatishga kelishdilar. 5 yil ichida SHHT 69 tonna giyohvandlik moddalarini yo’q qilishga erishdi. Shu sababdan BMT ushbu tashkilot bilan hamkorlik yuritishni davom ettiradi.
Program decisions.
Dasturiy qarorlar. Dasturiy qarorlar tashkilot ichidagi dasturni ma’lum darajada ushlab turish, kamaytirish yoki kengaytirish bo’yicha ishlarni amalga oshiradi. Dasturiy qarorlar operativ qarorlar ko’rinishida amalga oshiriladi. Ushbu qarorlar byudjetni taqsimlash va ishlatish yoki kadrlar bo’limi bilan bog’liq bo’lgan qarorlarni hal qilishda ishlatiladi.
Masalan, NATO faoliyatidan misol qilib oladigan bo’lsak, tashkilot ichida har yilgi byudjetni taqsimlash masalasi bo’yicha Bosh kotib va xodimlarning qarorlari dasturiy qaror hisoblanadi.
Yoki BMT, NATO va boshqa tashkilotlarning ichki faoliyatida Bosh kotibni saylashlari tartibiga to’xtaladigan bo’lsak, ularni saylash ham tashkilotning ichki faoliyati masalasi bo’lib, dasturiy qaror hisoblanadi. Chunki, BMT Bosh kotibi Bosh Assambleyasi tomonidan Xavfsizlik kengashining maslahatiga binoan saylanadi.
Rule- creating decisions
Qoidalarni yaratadigan qarorlar yangi birlamchi prinsiplarni yaratib, tashkilotlarni ilhomlantiradi. Ushbu qarorlar shartnoma, rasmiy e’lonlar, deklaratsiyalar ko’rinishida bo’lishi yoki elita tomonidan tasdiqlangan hollarda, tashkilotning ijro etuvchi organi rahbari tomonidan tantanali e’lon qilinishi mumkin. Yangi qoidalar yaratish dunyo tartibining yangi institutsionallashgan tartibini o’rnatishga qaratilgan bo’lishi mumkin.
Bunday qarorga misol Yangi Xalqaro iqtisodiy tartib hisoblanadi. U rivojlanayotgan mamlakatlar tomonidan iqtisodiy mustamlakachilik va qaramlikni yangi o’zaro bog’liq iqtisodiyot orqali tugatish tomon ilgari surilgan takliflar to’plamidir. BMT Bosh Assambleyasi 1974-yil 1-mayga qadar yangi xalqaro iqtisodiy tartibni yaratish va unga qo’shib harakatlar dasturini e’lon qildi.
Umuman olganda, dunyodagi tartibni o’zgartirib, tizimlashtirgan qarorlar haqida gapirsak, 1948-yilning 10-dekabrida BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan “Inson huquqlari deklaratsitasi”ni misol qilsak bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |