Qovoq urug‘lari. Qovoq – Qovoqdoshlar oilasiga mansub bir
yillik o‘tsimon o‘simlik. Qovoq mevasi sersuv, ko‘p urug‘li, sariq
etli, diametri 15 sm dan 40 sm gacha. Qovoq mevasi konserva za-
vodlarida va qishloq xo‘jalik hayvonlari uchun ozuqa tayyorlash-
da qayta ishlanadi. Chiqindi sifatida tarkibida moyga boy bo‘lgan
qovoq urug‘lari hosil bo‘ladi.
Urug‘lar qovoq massasining 0,75–5% ini tashkil qiladi. Urug‘lar
ellipssimon, uzunligi 10–12 mm. Urug‘lar endospermsiz, murta-
gi ikkita keng urug‘ pallasiga ega. Urug‘ qobig‘i urug‘ massasi-
ning 20–32% ini tashkil qiladi. 1000 ta quruq urug‘ massasi 140–
350 g.
Urug‘larning kimyoviy tarkibi: suv 6,02–6,50%; lipidlar
34,08–38,0%; oqsil (Nx6,25) 31,0–32,5%; kletchatka 13,58–
18,10%; eruv chan uglevodlar 9,00–10,38%. Po‘chog‘i ajratilgan
mag‘izdagi moy miqdori 47,43–54,56%.
Po‘chog‘idan ajratilgan mag‘izdan olingan yog‘ och-sariq rang-
li, hidsiz, ozuqaviy maqsadlar uchun ishlatiladi; po‘chog‘i ajratil-
magan urug‘lardan presslab olingan va ekstraksion moy qo‘ng‘ir-
yashil rangda, rafinatsiyalashni talab qiladi.
49
Do'stlaringiz bilan baham: |