Shaftoli (Persica) mevasidan 8–14% danak chiqadi. Shafto-
li danagi qattiq, qalin po‘choqqa ega. Mag‘iz danakning 10–15%
ini tashkil qiladi.
Yangi shaftoli moyi tiniq, och-sariq rangli, achchiq bodomni
eslatuvchi ta’mga va hidga ega. Moyning asosiy tashkil etuvchisi
triolein. O‘rik moyi singari ishlatiladi.
Olxo‘rining (Prunus) qora olxo‘ri, renkold, mirabel, bog‘
olxo‘risi kabi navlari sanoatda ahamiyatga ega.
Olxo‘ri danaklari turi va naviga ko‘ra shakli va o‘lchamlari
turlicha bo‘ladi. Mevadan danakning chiqishi 5% dan 12% ga-
45
cha. Danak po‘choqdan, pardadan va mag‘izdan iborat. O‘zakda
1,8% gacha amigdalin mavjud.
Olxo‘ri moyining yog‘ kislotaliri olein va linol kislotasidan
ibo rat. Moyning asosiy tashkil etuvchisi triolein.
Yangi olxo‘ri moyi sariqdan jigarranggacha, achchiq bodom
hidi va ta’miga ega bo‘ladi. Moy tibbiyotda, parfumeriya, kosme-
tika va ovqatlanishda ishlatiladi.
Olcha mevasi (Cerasus) po‘stloqdan, etdan va danakdan ibo-
rat. Mag‘iz danak massasining 28% ini tashkil qiladi. O‘zakda
0,8% amigdalin mavjud.
Olcha moyi sariq rangli, yoqimli bodom hidi va ta’miga ega.
Faqat ozuqaviy maqsadlar uchun ishlatiladi.
Bodom (Amigdalus) achchiq va shirin bo‘ladi. Shirin bodom
qandolatchilik sanoatida va ovqatlanishda ishlatiladi, achchiq bo-
domdan moy olinadi.
Bodom danagi cho‘zinchoq silliq va qattiq po‘choqdan hamda
unda joylashgan urug‘dan iborat bo‘lib, urug‘ qobig‘i bilan qop-
langan. Mag‘iz oq rangli, moyli, mo‘rt, bir-biriga zich yopishgan
urug‘ pallasidan iborat.
Mag‘izning chiqishi va po‘chog‘ining qalinligiga ko‘ra bodom
to‘rtta guruhga bo‘linadi: qog‘oz po‘choqli, yumshoq po‘choqli,
zich po‘choqli va qattiq po‘choqli. Oliy navga qog‘oz po‘choqli,
yumshoq-po‘choqli, zich po‘choqli bodom, I navga qattiq
po‘choqli va sifati bilan oliy navga to‘g‘ri kelmaydigan, yuqorida
sanab o‘tilgan guruhlar kiradi.
Bodom moyining asosiy tashkil etuvchisi triolein. Bodom moyi
rangsiz yoki och-sariq rangli, hidsiz, yoqimli yong‘oq mazasi-
ga ega. Asosan tibbiyotda, parfumeriyada, kosmetikada va ozuqa
maqsadlarida ishlatiladi.
Maydalangan bodom po‘chog‘i sorbentlar ishlab chiqarish va
faollashtirilgan ko‘mir tayyorlash uchun ishlatiladi. Moysizlan-
tirilgan danak mag‘zi amigdalinning gidrolizlanish mahsulotlar-
ini ajratib yuborish uchun fermentatsiyalanadi.
Danakli xomashyolarning ayrim texnologik tavsiflari, yog‘
kislota tarkibi va fizik-kimyoviy xossalari quyidagi jadvallarda
keltirilgan.
46
21-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |