Nazorat savollari:
1. O‘simliklarning qaysi to‘qimalarida yog‘lar ko‘p to‘planadi?
2. O‘z organlarida ko‘p miqdorda yog‘ to‘play oladigan o‘sim-
liklarga misollar keltiring.
3. Moyli o‘simliklar deb qanday o‘simliklarga aytiladi?
4. Moyli o‘simlik xomashyolarini ishlatilishiga ko‘ra guruh-
larga ajrating.
5. Sanoat miqyosida moy olinadigan moyli o‘simliklarni sa-
nab bering.
1.1. Asosiy moyli o‘simliklarning tasnifi
Soya – dukkakdoshlarga mansub bir yillik o‘tsimon o‘simlik.
Mevasi dukkak, to‘g‘ri yoki o‘roqsimon. Urug‘i yumaloq,
cho‘zinchoq, sariq, ko‘k rangli. Tarkibida 24–45% oqsil, 17–22%
moy, 20–32% uglevodlar, 1–2% litsitin, D,B,E vitaminlari bor.
1000 donasining og‘irligi 140–200 g. Urug‘idan soya uni, moy,
oqsil va litsitin olishda foydalaniladi.
Soya urug‘ining 89–92% ini mag‘iz, 6–9% ini qobig‘i va
2–2,5% ini murtak tashkil etadi.
5-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |