Bog'liq osimlik moylari ishlab chiqarish texnologiyasi
BIRINCHI QISM O‘SIMLIK MOYI OLISHDA ISHLATILADIGAN XOMASHYOLAR I bob. MOY OLINADIGAN O‘SIMLIK XOMASHYOLARI O‘simlik to‘qimalarida yog‘lar keng tarqalgan bo‘lib, hujayra-
ning asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. Shunday o‘simlik tur-
kumlari mavjudki, ularning ba’zi bir qismlarining to‘qimalarida
yog‘lar zaxira oziqa moddasi sifatida to‘plangan bo‘ladi.
O‘z organlarida ko‘p miqdorda yog‘ to‘play oladigan o‘simliklar
moyli o‘simliklar deyiladi.
O‘simliklarning urug‘ida va mevasida to‘plangan moy miq-
dori ulardan sanoat miqyosida moy olishda o‘zini iqtisodiy ji-
hatdan qoplasa bunday o‘simliklar moyli o‘simliklar deb aytila-
di (4-jadval).
4-jadval