Dunyoda o‘simlik moylari ishlab chiqarishning holati. Ho zirgi
vaqtda dunyo bo‘yicha yog‘larga bo‘lgan ehtiyoj asosan o‘simlik
moylari ishlab chiqarishni ko‘paytirish orqali qondirilmoqda.
Yer sharida har yili o‘rtacha 300 mln tonna moyli xomash-
yolar ye tishtirilmoqda, bu xomashyoning 150–160 mln tonna-
sini (50–53%) soya urug‘i, 35–40 mln tonna (12–13%) paxta
chigiti, 25–30 mln tonna (8,3–10%) yeryong‘oq, 30 mln tonna
(10%) indov, 25 mln tonna (8,35%) kungaboqar urug‘i tashkil
etmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra 2010–11-yillarda dunyoda o‘simlik moyi
va yog‘ ishlab chiqarish 175,72 million tonnani tashkil etdi, bu
oldingi mavsumga nisbatan 3,5% ko‘p demakdir. Dunyo bo‘yicha
ishlab chiqarilayotgan o‘simlik moyining 112 million tonnasi
oziq-ovqat sanoatiga va 34 million tonnasi texnik maqsadlarda
asosan biologik yoqilg‘i sifatida ishlatilmoqda.
2-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |