3. FIZIKA 0 ‘QITISH USLUBINING RIVOJLANISHI
VA HOZIRGI MUAMMOLAR
H ar bir fanda b o ‘Igani kabi fizika o ‘qitish uslubi fani
h am m a ’lum rivojlanish va shakllanish bosqichlarini bosib
o ‘tdi. Uning tarixi uncha uzoq b o ‘lmay, fizikani o ‘rta maktab-
larda o ‘qitila boshlanganidan boshlanadi. 0 ‘zbekistonda
uning taraqqiyoti va shakllanishi sobiq SSSR da bu fanning
rivojlanishi bilan bog'liq holda amalga oshgan.
Rossiyada fizikani o'qitish jarayoni 350 yillar davomida
vujudga keldi. Ammo fizika Rossiya rnaktablarida mustaqil pred-
m et sifatida faqat XVIII asrdan boshlab o'qitila boshlandi.
Fizika o'qitish uslubini rivojlantirishda Pcterburg, Mosk
va, Kiyev, Odessa kabi shaharlardagi olimlar faol ishtirok
eta boshladilar. Bu davrda olib borilgan ishlar natijasida qu-
yidagilarga erishildi:
1. Fizika gimnaziya va real o'quv yurtlarida mustaqil pred-
met sifatida o 'q u v rejalariga kiritildi.
2. Fizika faqat t a ’lim beruvchi p redm et sifatida emas,
balki rivojlantiruvchi funksiyasiga ega predm et sifatida ham
tan olindi.
3. O'quvchilarni mustaqil kuzatish va laboratoriya ishlar
o'tkazish joriy etildi.
4. Gimnaziya va o'quv yurtlarining talablariga javob beruv
chi fizikadan darsiiklar yaratishga o'tildi.
XIX asrning oxirlaridan boshlab fizika
0
‘qitish uslubi
b o ‘yicha rus tilida qato r o ‘quv materiallari va turli darsliklar
yaratishga kirishildi. Fizika asoslarini m ukammal va tekis b a
yon qilib bergan darsliklardan biri E.X. Lensning 1939-yilda
c h o p etilgan «Rukovodstvo к fizike» asari bo'lib, unda o ‘rta
o ‘quv yurtlari uch u n berilishi kerak bo'lgan fizika m aterial
lari bayon etilib, u ancha m ukam m al bo'lgani sababli 25
yildan ortiq keng foydalanib kelindi. Bu kitobda fizik hodi-
salami eksperimental asoslash bilan bir qatorda ularni nazariy
va m atem atik xulosalardan foydalangan holda bayon qilishga
ham e ’tibor berilgan.
XIX asrning ikkinchi yarmi m atem atika, fizika, ximiya,
kosmografiya fanlarini o'qitish uslublarining rivojlanishi davri
bo 'ldi.
XIX asrning 90-yillari fan, ishlab chiqarish sanoatining
rivojlanish davri bo'lib, unda ta ’lim tizimlarida fizika o'qitishni
keskin yaxshilashga katta ehtiyoj paydo bo 'la boshladi. Bu
esa, t a ’limda fizikadan yangi darsliklar, qo'llanm alar, uslu
biy adabiyotlarga bo'lgan talabni orttirib yubordi. Buning
natijasida fizikadan qator yangi darslik va q o 'llan m alar pay
do bo'ldi.
O 'qitish uslubidan birinchi umumlashtirilgan q o 'llanm a
1894-yilda nashr etildi, bu q o 'lla n m a Shvedovning «Fizika
metodikasi» asari edi.
Birinchi marta bu asarda fizika o'q itish uslubining u m u
miy masalalari bayon etilgan edi. Shu bilan birga unda maktab
fizika kursining m azm uni masalasiga ham alohida ahamiyat
berilgan.
XX asrning 60-yillariga kelganda fizika kursiga kiritilayot-
gan qisman o'zgarishlar uni to'la qonli va talab darajasiga
olib chiqish imkoniyatini bermasligi aniqlandi, shu sababli
1967— 1972-yillar davomida fizika kursini o'qitishni isloh qi
lish amalga oshirildi, bu bilan fizika o'qitishning ham nazariy,
ham amaliy masalalarini hal etishga intilindi. Unda o'rta maktab
fizika kursini fizika fanining rivojlanish darajasiga ko'tarish
masalasi qo'yildi.
Qo'yilgan m aqsadlardan eng m uhim i fizika kursining il-
miy darajasini ko‘tarishdan iborat edi. Buni amalga oshirishda
ko ‘pgina olimlarning xizmati katta bo'ldi. Fizikadan fakulta
tiv mashg‘uIotlarga ham katta ahamiyat berildi. Unga oid o ‘quv
dasturlar va q o 'llan m alar chop etildi.
Fizikaning va uning o ‘qitish uslubiyotining rivojlanishida
Sharq olimlarining hissalari ham bor. Al-Farobiy, al-Beru-
niy, al-Xorazmiy, Q oshg‘ariy, Ulug'bek va boshqa mutafak-
kirlar olib borgan ishlari ancha salmoqlidir. Ibn Sinoning
«Sharq Aristoteli», al-Beruniyning « 0 ‘rta Osiyo Kopernigi»
deb atalishi ularning fan sohasida olib borgan ishlarining
qanchalik salmoqli ekanidan dalolat beradi.
0 ‘zbekistonda ham fizika va uning o ‘qitish uslubiyotining
rivoj-lanishiga o ‘z hissalarini q o ‘shib kelgan va kelayotgan
olimlarimiz kam emas. Ular fizikaning rivojlanishiga o ‘z his
salarini qo'shish bilan birga o ‘qitish uslubiyotini yaxshilash
sohasida ham anchagina ishlar olib borganlar. Masalan,
akadem ik R. Bekjonov fizika o'q itish uslubi bo'y ich a bir
necha shogirdlarchiqardi, bu sohada ishlayotganlarga o'zining
qimm atli maslahatlarini berib bordi.
0 ‘zbekistonda Pedagogika fanlari Ilmiy tekshirish insti-
tutining tashkil etilishi fanlarni o'qitish uslubiyotining rivoj
lanishiga katta ijobiy ta'sir ko ‘rsatdi. 1918-yilda tashkil etilib,
hozir ham faoliyat k o ‘rsatayotgan «Xalq t a ’limi» jurnali
fizika o'qitish uslubiyotining yaxshilanib, takomillashib bori-
shiga katta hissa q o ‘shmoqda.
0 ‘zbekiston Milliy universiteti fizika o'qitish metodikasi
va fizika tarixi kafedrasi E. Nazirov boshchiligida olib bo-
rayotgan uslubiy ishlari alohida diqqatga sazovor bo'lib,
Respublikamizda fizika o'qitish uslubi sohasida ishlayotgan
oliygohlarning o'qituvchilari uchun yetarli va qimmatli m a
terial bo'lib kelmoqda va yoshlarni ilmiy ishlarga yo'nal-
tirmoqda. Bu kafedra ko'plab fan nomzodlarini yetishtirib
chiqarm oqda. Hozirgi kunda fizika o'qitish uslubi bo'yicha
B. M irzaahm edov, D. Shodiyev, E. Turdiqulov kabi p e d a
gogika fanlari doktorlari va ko'plab fan nomzodlari ish olib
bormoqda.
Shu kunga qa da r t a ’lim jarayonini yaxshilash sohasida
q ato r ishlar qilinishiga qaram ay, bu ishlarda ayrim kam chi-
liklar ham mavjud. U kadrlar tayyorlash milliy dasturida
k o ‘rsatilgan bo'lib quyidagilarni o ‘z ichiga oladi:
— t a ’limning uzluksiz tizimi m uam m olari yechilmagan;
— m akta b la r, k a s b -h u n a r o ‘quv y urtlarining m oddiy
bazasi ju d a nochor;
— b oshlang‘ich t a ’limga yetarli e ’tibor berilmagan;
— maktab, oliy o ‘quv yurti va boshqa t a ’lim tizimlari
uch u n darsliklar talabga javob bermaydi;
— u m u m t a ’lim m a k ta b la r id a kasbga y o 'n a lt i r i s h va
t a ’limning amaliy y o ‘nalganligi yetarli emas;
— u m u m ta ’lim va kasb-hunar dasturlari o ‘rtasida uzviylik
va vorislik yo ‘q;
— o ‘quv dasturlari zam on talabiga javob bermaydi.
Bu kamchiliklar t a ’lim tizimida fizika o'qitish jarayoniga
ham salbiy t a ’sir ko'rsatib, fizika o'qitish uslubiyoti oldiga
q a to r m u am m olarni qo'ydiki, ular o'quv jarayonining h a m
ma sohasini o 'z ichiga qam rab oladi.
Fizika o'qitish tizimidagi o'zgarishlar munosabati bilan
o ‘rta u m u m t a ’limning 6, 7, 8, 9-sinflarida fizika o'qitish
u m u m t a ’lim o 'q u v rejasiga kiritilgan bo'lib, bu sinflarda
o 'q uvchilar Davlat t a ’lim standarti talablariga ko'ra fizika
asoslariga oid quyidagi bilim, k o'n ik m a va malakalarni egal-
lashlari shart:
— fizik hodisalar haqida tasavvurga ega bo'lishlari va ular
ni tahlil qila olishlari;
— mexanika, m olekulyar fizika va term odinam ika asos-
lari, elektr, yorug'lik, a to m va yadro fizikasi asoslariga oid
asosiy tushunchalarni talab darajasida o'zlashtirishlari;
— atamalarni, kattaliklarni va ularning birliklarini, qonuni-
yatlaming formulalarini bilishlari va ularni qo'llay olishlari;
— fizik hodisalarni kuzatish rejasini tuzishni va uni
o'tkazishni ham da natijalarini umumlashtirish ishlarini b a
jara olishlari;
— o'lchov asboblaridan foydalana bilishlari, o'lchash n a
tijalarini tahlil qila olishlari;
id
— mustaqil ravishda tajriba o ‘tkaza olishlari, tajriba nati
jalarini sxema, jadval, grafik ko ‘rinishda tasvirlay olishlari va
xulosa chiqara olishlari;
— buyuk allomalarimiz va ularning fizika rivojiga q o ‘shgan
hissalari haqida tasawurga ega b o ‘lishlari;
— darsliklardan, o ‘quv q o ‘llanmalaridan va q o ‘shim cha
adabiyotlardan foydalanib mustaqil bilim olabilishlari ke
rak.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi fizika
0
‘qitish uslubi-
yoti oldiga q a to r m u am m o larn i q o ‘ydi:
1. 0 ‘rta u m u m t a ’lim va maxsus t a ’lim sohalarida t a ’lim
m azm unini aniqlashtirish.
2. M a z m u n a n yangi, m u k a m m a l , e k s p e r i m e n ta l va
barqaror darsliklarni yaratish.
3. Fizik tushunchalarni shakllantirishning psixologik-di-
daktik asoslarini ishlab chiqish.
4. Fizika
0
‘q itish n in g e k sp erim ental asoslarini qayta
o ‘rganib chiqish va takomillashtirish.
5. 0 ‘quv jarayonida zamonaviy texnik kom py uter jihoz-
laridan foydalanish y o ‘llarini ishlab chiqish.
6. 0 ‘quvchilarning bilim, k o ‘nikma va malakalarini n a
zorat qilishning zamonaviy usullarini qo'llash uning meyor-
larini ishlab chiqish va amalda tatbiq etish.
Bu m uam m o larn i hal qilish borasida katta ishlar olib bo-
rilmoqda, ular yaqin kelajakda o ‘z yechimlarini topadi, al-
batta.
Do'stlaringiz bilan baham: |