2-ma‘ruza: Keys uslubi haqida. ―Informatika va axborot texnologiyalari‖ fanini
o‗qitishdagi keys uslubining imkoniyatlari.
Reja:
1. Kirish. Pedagogik texnologiyalarning rivojlanishi va ularning o‗quv-tarbiya jarayoniga kirib
kelishi
2. Keys uslubi haqida.
3. ―Informatika va axborot texnologiyalari‖ fanini o‗qitishdagi keys uslubining imkoniyatlari.
Mamlakatimizni istiqlol yo‗lidagi birinchi-qadamlaridanoq, buyuk ma‘naviyatimizni
tiklash va yanada yuksaltirish, milliy-ta‘lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy
zaminini mustahkamlash, zamon talablari bilan uyg‗unlashtirish asosida jahon andozalari va
ko‗nikmalari darajasiga chiqarish maqsadiga katta ahamiyat berib kelinmoqda.
O‗sib kelayotgan avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalashdek ulkan va keng
ko‗lamli vazifalarni qisqa vaqt mobaynida amalga oshirib bo‗lmasligi hammaga yaxshi ayon. Bu
oliy janob maqsad davlatimimz va butun jamiyatimizning doimiy va uzoq istiqbolga
mo‗ljallangan ustivor vazifasiga aylanishi va hamisha etiborimiz markazida turishi lozim.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 28 may oyida qabul qilgan «Malakali
pedagog kadrlar tayyorlash hamda o‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘lim muassasalarini shunday
kadrlar bilan ta‘minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‗g‗risida»gi
Qarorida ta‘lim muassasalari pedagog-o‗qituvchilarining ilg‗or pedagogik texnologiyalarni
(«Case-study» uslubi, loyihalar uslubi, hamkorlikda o‗qitish, «Amaliy o‗yin», interfaol ta‘lim
uslubi va boshqalar) ta‘lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etishlari uchun uslubiy va amaliy yordam
berish ko‗zda tutilgan. Bularning hammasi davlatimiz tomonidan ta‘lim-tarbiyaga, shuningdek
ularda ilg‗or pedagogik texnologiyalar qo‗llashga alohida ahamiyat berayotganligidan dalolat
beradi.
Ta‘lim jarayoni samaradorligini oshirish, ta‘lim oluvchilarning mustahkam nazariy
bilim, faoliyat, ko‗nikma va malakalarini shakllantirish, ularni kasbiy mahoratga aylanishini
ta‘minlash maqsadida o‗quv-tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyadan foydalanish
davr taqozosi hamda ijtimoiy zaruriyat sifatida kun tartibiga qo‗yilmoqda.
Ta‘lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyani, shu jumladan, «Case-
study» texnologiyasini tadbiq etish kadrlar tayyorlashga yo‗naltirilgan umumiy jarayon
mazmunining sifat jihatdan o‗zgarishini ta‘minlaydi.
Pedagogik texnologiyalarning rivojlanishi va ularning o‗quv-tarbiya jarayoniga kirib
kelishi, shuningdek, axborot texnologiyalarining tez almashinuvi va takomillashuvi jarayonida
har bir inson uchun o‗z kasbiy tayyorgarligini, mahoratini kuchaytirish imkoniyati yaratiladi.
Ta‘limning barcha bosqichlariga, shu jumladan o‗rta maxsus, ksb-hunar ta‘lim
bosqichiga oid umumiy pedagogik va didaktik talab o‗quvchining dasturiy bilim, tasavvur va
ko‗nikmalari asosida mustaqil ishlash samaradorligini takomillashtirish, ilmiy fikrlashga, o‗quv
faniga qiziqishini kuchaytirish, kasbiy bilimlarini chuqurlashtirish, nazariy va amaliy mashg‗ulot
mobaynida ularning faolligini oshirishdan iboratdir. Jahon pedagogik tajribasi zamonaviy
pedagogik texnologiyalarning o‗quvchilarni fanlarga qiziqtirishga, ularning mustaqil ishlashda
faolliklarini oshirishga imkoniyati cheksiz ekanligini tasdiqlamoqda.
Axborot va pedagogik texnologiyalarini ta‘limga kirib kelishi nafaqat o‗quv yurtlarida
mavjud yangi mutaxassisliklarni ochilishiga, balki shunday texnologiyalarini o‗rganishga
qaratilgan ko‗p sondagi maktab va o‗quv markazlarni paydo bo‗lishiga ham olib keldi. Qisqa
vavqt mobaynida: "Informatika", "Matematika", "Fizika" va boshqa aniq fanlarni boshqa sh.k.
predmetlarning katta hajmdagi materiallarini o‗zlashtirish zarurati, yangi samarali uslub va
texnologiyalarni yaratish va egallash zaruratini keltirib chiqardi. Bugun jamiyatda nafaqat
«Nimaga o‗qitish kerak?», balki «O‗quv jarayonini qanday tashkil etish kerak?» degan savolga
javobni aniqlash masalasini tushunish shakllanmoqda.
Ma‘lumki, o‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘lim tizimida aniq (informatika, matematika,
fizika) fanlar murakkabligidan, ularni o‗quvchilar tomonidan o‗zlashtirish ancha qiyinchilik
tug‗diradi. Ko‗pinpa pedagogik tajribalar natijalari, bunday qiyinchiliklardan o‗qitish uslublarini
va o‗qitish jarayonida foydalanilayotgan pedagogik yondashuvlarni o‗zgartirish orqali erishish
mumkinligini tasdiqlamoqda. Shuning uchun, bunday fanlarni o‗qitishda zamonaviy pedagogik
texnologiyalardan, jumladan, keys texnologiyasidan foydalanish maqsadga muvofiq bo‗ladi.
Rivojlangan xorijiy ta‘lim muassasalarining o‗quv jarayonida keng foydalanilayotgan
aniq vaziyat - keys asosida vaziyatli o‗qitishda yangi yondashuv yotadi. Shuningdek, shuni
ta‘kidlash kerakki, vaziyatli o‗qitish keng ommalashayotgan masofali o‗qitishning asosiy
elementlaridan biri bo‗lib hisoblanmokda.
Keys deganda qandaydir obyekt yoki hodisa bilan aloqada bo‗lgan, va aniq fanlar
sohasidagi bilimlarni qo‗llash va paydo bo‗ladigan muammoni yechish yo‗llarini zarurati bo‗lgan
aniq muammoli vaziyatni tavsifi tushuniladi. Keysning mazmuni ta‘limning aniq zaruratiga mos
holda tuziladi.
―Case-study‖ uslubining maqsadi – o‗quvchilar guruhining umumlashgan kuchi bilan
ishning aniq holatidan kelib chiqadigan vaziyatni, ya‘ni aniq ish jarayonida namoyon bo‗ladigan
―Case‖ni tahlil qilish, amaliy yechimlarini ishlab chiqish va ularni taqdimot etishdan iborat.
Jarayonning tugashi – taklif etilgan variantlarni baholash va ularning ichidan eng samaralisini
tanlashdir.
―Case Study‖ uslubi quyidagilarni nazarda tutadi: tijorat amaliyotidan yozma
ko‗rinishda tayyorlangan keysga misol; keysni o‗quvchilar tomonidan mustaqil o‗rganish va
muhokama qilish; auditoriyada o‗qituvchi rahbarligida keysni birgalikda muhokama qilish;
―muhokama jarayoni yechimga qaraganda muhimroq‖ tamoyiliga rioya etish; ushbu uslubning
alohida xususiyati – real hayotdan olingan dalillar asosida muammoli vaziyatlar yaratishdir;
―Case-study‖ uslubi ijtimoiy – iqtisodiy hayotda vujudga kelgan haqiqiy holat (mezonlari)ni
namoyish etadi.
Yaxshi keys o‗qitish predmetining amaliy tomonini maksimal ishonchli ravishda
tavsiflashi kerak. Biror ta‘lim kursi doirasida, kursni o‗zaro bog‗liq bo‗lmagan, har biri o‗zining
keysiga ega bo‗lgan bloklarga ajratgan holda, bir necha keysni foydalanish maqsadga muvofiq.
"Keysli" yondashuvni foydalanish ma‘ruza materiallarini oddiy bayon qilishga
qaraganda anchagina ustunliklarga ega.
Keys o‗quvchilarni faollashtiradi va ularni haqiqiy vaziyat oldida «birga bir» qoldirib,
tahliliy va kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirgan holda, amaliy ishlarni qilishga imkoniyat
beradi.
Aniq fanlarni, shu jumladan axborot texnologiyalarini o‗rganishda keyslarni foydalanish
obyektni tekshirishni tashkil qilishga o‗rganish, turli hujjatlar bilan ishlash, tushunish, yaratish,
tahlil qilish va ularni qayta ishlashni bilish, shuningdek, strukturalanmagan axborotlar bilan
ishlash – uni izlash, tekshirish, rasmiylashtirish va saqlash imkoniyatini beradi. O‗quvchilarda
o‗zlarining amaliy faoliyatida to‗qnashadigan aniq fanlar sohasidagi amallar va jarayonlarni
amalga oshirish imkoniyatini beradigan zarur ko‗nikmalar tez rivojlanadi. Bunday yondashuvda
o‗quvchilar haqiqiy vaziyatlarni va predmetni o‗rganishdagi muhim ko‗rsatmalarni tushunishning
yuqoriroq darajasiga ko‗tarilishga qobiliyatli bo‗ladilar. Odatda, o‗quvchi tomonidan predmet
tilini o‗rganish haqiqiy hayotga moslashtiriladi.
O‗quvchilar loyiha ustida ishlash mobaynida, ularga tayyor o‗quv-uslubiy ishlanmalar,
keyslar takdim etilishi mumkin.
Keys texnologiyasini ta‘lim-tarbiyada foydalanish qator ustunliklarga ega.
Avvalo bu uslubni foydalanish jarayonida o‗qitish urg‗usi o‗quvchilar tomonidan tayyor
bilimlarni egallashga emas, balki bilimlar ishlab chiqishga qaratiladi. Murakkab masalalarni
o‗rganishda jarayonning «quruqligi» va xis-tuyg‗usizligi yo‗q qilinadi. O‗quvchilar muammoni
yechishning hayotiy muhim tajribasini egallash, nazariya va konsepsiyani haqiqiy turmush bilan
solishtirish imkoniyatini oladilar. O‗quvchilarda boshqalarni eshita olish va tushunish, jamoada
ishlash rivojlanadi.
Keys texnologiyalari hozirda kun sayin axborot oqimining hajmi ko‗payotgan vaqtlarda
axborot bilan ishlash uchun, bir hodisani o‗ziga turli nuqtai nazar aytilayotgan paytlarda muqobil
yechimlarni solishtirish uchun ko‗p imkoniyatlar taqdim etadi. Turmushda o‗quvchilarga
masalani ifodalashni, mantiqan fikrlashni, shaxsiy xulosalar qilishni, javoblarni asoslashni,
o‗zining fikrini himoya qilishni bilish suvdek zarur.
Keys texnologiyani ta‘lim-tarbiyada qo‗llash o‗qituvchi va o‗quvchilarning kreativligini
rivojlantirishga undaydi.
Yaxshi keys o‗qitish predmetining amaliy tomonini ishonchli ravishda maksimal
tavsiflashi, qo‗yilgan maqsadga aniq mos kelishi, mos qiyinlik darajasiga ega bo‗lishi,
o‗quvchilarning tahliliy fikrlashini rivojlantirishi, munozara o‗yg‗otishi, bir necha yechimga ega
bo‗lishi kerak. Bitta ta‘lim kursi doirasida, kursni o‗zaro bog‗liq bo‗lmagan, har biri o‗zining
keysga ega bo‗lgan bloklarga ajratgan holda bir necha keysni foydalanish maqsadga muvofiq) [5].
"Keysli" yondashuvni foydalanish ma‘ruza materiallarini oddiy bayon qilishga
qaraganda anchagina ustuliklarga ega.
1.
Keyslarning usutunligi nazariyani va amaliyotni optimal birlashtirish
imkonitidan iborat bo‗lib, o‗quvchilarni bilim olishga o‗rgatishda yetarlicha muhim
hisoblanadi. Keys-uslubini o‗quv-tarbiya jaryonida foydalanish turli-tuman axborot
manbalari bilan ishlash ko‗nikmalarini rivojlantirishga imkoniyat beradi. Keysda
bayon qilingan muammoni yechish jarayoni – bilish faoliyatining jamoaviy
tabiatiga ega bo‗lishni ko‗zda tutadigan ijodiy bilish jarayonidir. Uslub
o‗quvchilarning fanda ma‘lum bo‗lgan bilimlarni ishlab chiqish bo‗yicha ijodiy
faoliyatining imitatsiyasini ta‘minlaydi. Bu uslubni, shuningdek, yangi bilimlar
olishda ham qo‗llash mumkin. Ko‗pgina xorijiy davlatlarda keys-uslubi nafaqat
pedagogik uslub sifatida, balki tadqiqot uslubi sifatida ham foydalaniladi) [8].
2.
Keys o‗quvchilarni faollashtiradi va ularni haqiqiy vaziyat oldida «birga
bir» qoldirib, tahlil qilish va kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirgan holda
amaliy ishlar qilishga imkoniyat beradi.
3.
Axborot texnologiyalarini o‗rganishda keyslarni foydalanish obyektni
tekshirishni tashkil qilishga o‗rganish, kirish va chiqish hujjalari bilan ishlash,
tushunish, yaratish, tahlil qilish va ularni qayta ishlashni bilish, shuningdek,
strukturalanmagan axborotlar bilan ishlash – uni izlash, tekshirish, rasmiylashtirish
va saqlash imkoniyatini beradi. O‗quvchilarda o‗zlarining amaliy faoliyatida
to‗qnashadigan axborot texnologiyalari sohasidagi amallar va protseduralarni
amalga oshirish zarur ko‗nikmalarni rivojlanadi.
4.
Bunday yondashuvda o‗quvchilar haqiqiy vaziyatlarni va predmetni
o‗rganishda muhim ko‗rsatmalarni yuqoriroq darajada tushunish qobiliyatiga ega
bo‗ladilar. Haqiqatda predmet tilini o‗rganish haqiqiy hayotga moslashtiriladi.
Lekin axborot texnologiyalarining keskin rivojlanishi bilan muammoli vaziyatlar
o‗zgaradi va keyslarni doimiy ravishda yangilab turish lozim.
5.
Keys texnologiyasini o‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘lim muassasalarining
o‗quv-tarbiya jarayonida foydalanishning yutuqlari:
6.
Tabiiy ravishda o‗quvchilarning ishlash templarini maqbuliga erishiladi.
7.
O‗qitishning darajali tabaqalashtirilishiga osongina erishiladi.
8.
Telekommunikatsiya vositalaridan foydalanib, darsni o‗zoqlashtiril-gan
manba materiallari bilan ta‘minlash mumkin.
9.
Keys bilan ishlash o‗quv o‗yin tabiatini oladi va ko‗pchilik
o‗quvchilarda o‗quv faoliyatining motivatsiyasi kuchayadi.
10.
Mashq vazifalarining miqdori ko‗payadi.
11.
Shunday qilib, keys-uslub informatika darslarida o‗quvchilarni axborot
obyektlariga qiziqishini rivojlantirish, informatikani o‗rganishga motivatsiyasini
kuchaytirish, axborotlarni tashkil etish va taqdim etish, axborotli obyekt yaratish,
axborot uzatish va kommunikatsiya, ijtimoyilashtirishni rivojlantirishning axborot-
kommunikatsion-texnologik ko‗nikmalarini shakllantirish masalalarini yechishga
imkoniyat beradi.
12.
Keys – uslubi endilikda faqat o‗quv-tarbiya jarayonida foydalanish bilan
chegaralanmay, balki juda faol ravishda ilmiy-tadqiqot uslubiyoti sifatida ham
foydalanila boshlandi.
13.
Keys texnologiyasining barcha ustunliklariga qaramay, ularni o‗quv
tarbiya jarayonida foydalanish barcha muammolarni hal qilmaydi va u ta‘lim-
tarbiya jarayonining almashtirib bo‗lmaydigan vositalari qatoridan joy olmasligi
lozim. Yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanilganda har bir mashg‗ulotning
maqsadini, vazifalarini, material tabiatini, o‗quvchilarning imkoniyatlarini hisobga
olmoq zarur.
14.
Keys texnologiyasidan foydalanishning kamchiliklari:
15.
Ushbu texnologiyaning keys yaratishdagi qiyinchiligi. Nazariy qismni
ham, amaliy qismini ham tanlashga ko‗p vaqt ketishi. Ta‘lim muassasalarida
foydalanilayotgan mavjud keyslar ichida predmet va o‗quvchilarning
xususiyatlarini hisobga olmagan, real daliliy va uslubiy xatolarga ega bo‗lgan
sifatsiz keyslarning ko‗pligi. Ana‘naviy darslarda u yoki bu materiallarni tuzatish,
uni osonlashtirish, boshqa usulda yechish imkoniyatlari mavjud.
Keyslarni yaratishda aniq guruh o‗kuvchilarining xususyatlarini hisobga olish mumkin
emas, shuning uchun bunday hollarda o‗qituvchining roli juda zarur.
O‗quvchilarning nutqiy, grafik va yozma madaniyatining rivojlanishi ta‘minlanmaydi.
Keys bilan muloqotning xis-tuyg‗uligini yo‗qligi, odatda, bir hildir.
O‗quv-tarbiya jarayonida, o‗zaro bog‗langan va bir-birlarini to‗ldiradigan o‗qitishning
ana‘naviy va interfaol texnologiyalarini aqlan to‗g‗ri birlashtirib foydalanganda eng yuqori
samaraga erishish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |