Keys uslubni foydalanish xususiyatlari:
1) Uslub aniq fanlar bo‗yicha bilim olish uchun emas, balki haqiqat plyuralisti) bo‗lgan, ya‘ni
bilish savoliga bir qiymatli javob mavjud bo‗lmay, haqiqiylik darajasiga ko‗ra raqobatlashadigan
bir necha javob bo‗lgan fanlardan bilim olishga mo‗ljallanganligi;
2) Bu yerda ta‘lim urg‗usi tayyor bilimlarni egallashga emas, balki ularni ishlab chiqishga, ta‘lim
jarayoni subyektlarini ijod qilishiga qo‗yilganligi;
3) Uslubning e‘tiborga loyiqlik tomoni, nafaqat bilim olish va amaliy ko‗nikmalarni
shakllantirish, balki qadriyat tizimini, hayotiy ko‗rsatmalarni, o‗ziga xos dunyoni sezish va
dunyoi o‘zgartirishni rivojlantirishdan iboratligi;
4) Keys ustida ishlash jarayonida yuqori darajadagi his-tuyg‗ulik, motivatsiyalanganlik, ijodiy
raqabotbardoshlikligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |