N. S. Safaev, N. A. Mirashirova, N. G. Odilova, Sh. D. Turabekova, Sh. K. Karimova



Download 12,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/208
Sana04.07.2022
Hajmi12,63 Mb.
#739058
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   208
Bog'liq
fayl 196 20210327

ichki
va 
tashqi
tarkibiy qismlami ajratish 
mumkin. Ichki tarkibiy qismlarga markaziy asab tizimi tomonidan 
boshqariladigan faoliyatlarda ishtirok etadigan anatomik va fiziologik tuzilmalar 
hamda jarayonlar, shuningdek, faoliyatni boshqarishga taalluqli psixologik 
jarayonlar va holatlar kiradi. Tashqi tarkibiy qismlarga esa faoliyatni amaliyotda 
bajarish bilan bog’liq turli harakatlami kiritish mumkin (N.A. Bemshteyn).
Faoliyatning taraqqiy etib va o’zgarib borishi bilan tashqi tarkibiy 
qismlaming ichkilariga tizimli o’tishi amalga oshiriladi. Bunda 
interiorizatsiya,
avtomatizatsiya
va 
eksteriorizatsiya
ham kuzatiladi.
Shunday qilib, tashqi faoliyatdan tashqari ichki, aqliy faoliyatni ham ajratish 
mumkin. Bunday faoliyatning vazifalari nimalardan iborat? Avvalambor, bu 
vazifalar ichki harakatlaming tashqi harakatlami tayyorlashidan iborat. Ular 
zarur harakatni tezda tanlab olishga imkon yaratib, inson kuchini tejashga, 
shuningdek, qo’pol xatoliklarga yo’l qo’ymaslikka yordam beradilar. Masalan, 
odam kitob javonlarini devorga qoqib qo’yish uchun joyni mo’ljallaydi. Bir 
yo’lni tanlab olib, baholaydi, so’ngra undan voz kechib, ikkinchisiga, 
uchinchisiga o’tadi, nihoyat, o’ziga mos va qulay holatda to’xtaladi. Garchi bu 
vaqt ichida bir marta ham «barmog’ini qimirlatib» qo’ymaydi, ya’ni, biror bir 
amaliy harakatni amalga oshirmaydi.
Harakatlami miyada «aylantirib chiqish» ulami oldindan o’ylab olishga 
kiradi. Qanday harakat qilishni o’ylayotgan inson qanday yo’l tutadi? Qandaydir 
harakatning ro’yobga chiqqanligini tasawur qilib, uning oqibatlarini ко’rib 
chiqadi. Ularga qarab, o’zining holatiga mos keladigan harakatni tanlaydi. Yoki 
boshqa misol, ko’p hollarda inson qandaydir quvonchli hodisani kutganida, 
vaqtdan o’zib, o’sha hodisani bo’lib o’tganday tasawur qiladi. Natijada o’zini 
yuzida baxtli tabassum bilan o’tirganini ko’radi. Bu misollar insonning ichki 
faoliyatiga misol bo’la oladi. U o’zining ikki asosiy xususiyati bilan farqlanadi. 
Birinchidan, ichki faoliyat tashqi faoliyat kabi tuzilishga ega, ular bir-biridan 
faqat codir bo’lish shakli 
bilan tafovutlanadi. Bu ikki faoliyat motivlar 
yordamida uyg’otilishini, hissiy kechinmalar bilan birga kuzatilishini, o’zining 
muolajaviy texnik tarkibi mavjudligini bildiradi. Ichki faoliyatning tashqi 
faoliyatdan farqi harakatlar real jismiar bilan emas, ulaming xayoliy tasviri bilan 
amalga oshirilishidan, real mahsulot o’miga g’oyaviy natija hosil bo’lishidan
86


iborat. Ikkinchidan, ichki faoliyat tashqi faoliyatdan mos harakatlaming ichki 
holatga o’tkazilish yo’li bilan paydo bo’Igan. Biror-bir harakatni samarali 
ravishda fikran amalga oshirish uchun uni awalo amaliyotda o’zlashtirib olib, 
real natija olish lozim. Masalan, shaxmat o’yinida donalaming yurishi 
o’zlashtirilib, ularning oqibatlari idrok etilgandan keyingina shaxmat yurishini 
o ’ylab olish imkoniyati tug’iladi.
Shuni ta’kidlab o’tish lozimki, faoliyat nazariyasining mualliflari ichki 
faoliyat tushunchasi orqali ong va psixik jarayonlar tahlili muammosi bilan 
to’qnashdilar. Faoliyat nazariyasi mualliflarining fikriga ko’ra, psixik jarayonlar 
faoliyat nuqtai nazaridan tahlil qilinishi mumkin, chunki istalgan psixik jarayon 
o’z vazifalari va muolajaviy-texnik tuzilishiga ega bo’lib, ma’lum maqsadda 
amalga oshiriladi. Masalan, ta’mni idrok qilish ta’m sifatlarining o’zaro farqlari 
va mos kelish darajalarini aniqlash bilan bog’liq pertseptiv maqsad va 
vazifalariga ega. Pertseptiv vazifaga yana bir misol sifatida aniqlash jarayonini 
keltirish mumkin. Bunday vazifalami kundalik hayotimizda muntazam holatda 
ko’z bilan chamalash masalalarini hal etishda, chehralami, ovozlami tanib 
olishda va h.k.da bajarishga to’g’ri keladi. Barcha vazifalami hal etish uchun har 
biriga mos ravishda farqlash, aniqlash, o’lchash, tanish va boshqa harakatlar 
ko’rinishidagi pertseptiv harakatlar amalga oshiriladi.
Psixik jarayonlar (idrok, diqqat, xotira, tafakkur va h.k.jni 
faoliyat 
nazariyasi nuqtai nazaridan faoliyatning alohida shakli sifatida o’rganib, ma’lum 
axborotlar - faoliyatning umumiy tuzilishi, darajalari, kechish shakllari va 
h.k.ni qo’llash mumkin va zarurdir.
maqsadning o’zi qanday paydo bo’ladj kabi savollar paydo bo’lishi mumkin. 
Bunday savollarga javob topish uchun 

Download 12,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish