N. S. Safaev, N. A. Mirashirova, N. G. Odilova, Sh. D. Turabekova, Sh. K. Karimova



Download 12,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/208
Sana04.07.2022
Hajmi12,63 Mb.
#739058
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   208
Bog'liq
fayl 196 20210327

deb ataladu
Masala yechish jarayonini tasvirlashda ulami amalga oshiruvchi 
harakatlami ham, muolajalami ham ko’rsatish lozim.
Muolajalaming asosiy xossasi ulaming kamroq anglanganligi yoki 
umuman anglanmaganligidan iborat. Bu xossalari bilan muolajalar ongli 
maqsadni ham, harakatning bajarilishini nazorat qilishni ham belgilab beradigan 
harakatlardan tamomila farq qiladi.
Muolajalar ikki turga bo’linadi: ba’zilari adaptatsiya, moslashish, bevosita 
taqlid qilish yordamida yuzaga keladi; boshqalari harakatlami avtomatlashtirish 
vositasida paydo bo’ladi. Birinchi turdagi muolajalar anglanmaydi, ulami 
ongimizda, hatto, maxsus vositalar yordamida ham hosil qilish mumkin emas. 
Ikkinchi tur muolajalar ong chegarasida joylashadi. Ular osongina dolzarb 
anglanuvchilarga aylanishi mumkin.
Har bir murakkab harakat harakatlar ketma-ketligi va «to’shaluvchi» 
muolajalar qatlamidan iborat. Har bir murakkab harakatda dolzarb bo’lgan ongli 
va anglanmagan faoliyatlar o’rtasidagi chegaraning belgilanmaganligi harakatlar 
ketma-ketligini muolajalar ketma-ketligidan ajratib turuvchi chegaraning
84


harakatchanligini bildiradi. Bu chegaraning yuqoriga yo’nalgan harakati 
muolajadagi ba’zi harakatlarning (asosan, eng soddalarining) o’zgarishini 
anglatadi. Chegaralaming pastga harakatlanishi esa, aksincha, muolajalarning 
harakatga aylanishini, ya’ni, faoliyatning maydaroq birliklarga bo’linishini 
bildiradi. Quyida shunga mos misol keltiramiz. Munozara vaqtida sizda yangi 
g’oya tug’ildi, va siz ifodalanish usulini hisobga olmagan holda, asosan, 
mazmunidan kelib chiqib, uni bayon qildingiz, deb tasavvur qilamiz. Siz 
ko’plab, ya’ni, aqliy, nutqli va h.k. muolajalar bilan ta’minlangan harakatni 
amalga oshirgan bo’lasiz. Ulaming barchasi birgalikda g’oyani bayon qilish 
faoliyatini amalga oshirgan bo’ladilar.
Faoliyat tuzilishidagi eng quyi daraja -
psixofiziologik vazifalarni
ko’rib 
chiqamiz. Faoliyat nazariyasida bu vazifalarga psixik jarayonlaming fiziologik 
ta’minoti kiradi. Ularga odam organizmiga xos bo’lgan his etish, o’tmish 
taassurotlarining qoldiqlarini hosil qilish va qayd etish layoqatlari, motor 
layoqati va boshqalar kiradi. Mos ravishda sensor, mnemik, motor vazifalar 
haqida so’z yuritish mumkin. Bu darajaga shuningdek, asab tizimi 
morfologiyasida mustahkam o’rin tutgan tug’ma va hayotning birinchi oylarida 
yuzaga keladigan mexanizlar kiradi. Barcha layoqat va mexanizmlar insonga 
tug’ilishi bilanoq beriladi, ya’ni ular irsiyat tomonidan belgilangan bo’ladi.
Psixofiziologik vazifalar psixik vazifalarni amalga oshirish uchun faoliyat 
vositalarini zarur dastlabki shart-sharoitlar bilan ta’minlaydi. Masalan, biror 
ma’lumotni xotiramizda saqlab qolish uchun tez va sifatli yodda saqlab 
qolishning maxsus usullaridan foydalanamiz. Lekin agarda biz yodda saqlab 
qolish layoqatidan iborat mnemik vazifalarga ega bo’lmaganimizda, bu 
faoliyatni amalga oshira olmagan bo’lardik. Mnemik vazifalar tug’ma bo’ladi. 
Bola tug’ilishi bilanoq katta miqdordagi ma’lumotni yodida saqlay boshlaydi. 
Dastlab, bu oddiy axborot bo’lib, keyinchalik rivojlanish jarayonida xotirada 
saqlanishi zaiur bo’lgan axborot hajmidan tashqari, yodda saqlashning sifat 
ko’rsatkichlari ham o’zgaradi.
«Korsakov sindromi» deb ataladigan (uni ilk marotaba o’rgangan mashhur 
rossiyalik psixiatr S.S. Korsakov nomi bilan) xotira kasalligi mavjud. Bunda 
aynan mnemik vazifa oqsaydi. Bu kasallikda voqealar, hatto, bir necha daqiqa 
aw al sodir bo’lganlari ham umuman yodda saqlanib qolmaydi. Bunday 
bemorlar, masalan, shifokor bilan kuniga bir necha marta salomlashib, bugun 
ovqatlanganmi yoki yo’qmi, eslamasligi ham mumkin. Bir bemor onasiga 
kitobiy asaming o’ziga yoqib qolgan parchasini hozirgina o’qib berganini 
yodidan chiqarib yuborib, beto’xtov o’qib berardi va, shu asnoda bir necha o’n 
martalab takrorlardi. Agar bunday bemor biror matnni yod olishga urinib ko’rsa,
85


u shu zahotiyoq matn bilan birga yod olishningmi o’zini ham yodidan chiqarib 
yuborishi mumkin.
Shunday qilib, psixofiziologik vazifalar faoliyat jarayonlarining organik 
ustqurmasini tashkil etadi, deb xulosa yasash mumkin. Ularga tayanmay turib, 
harakatlar va muolajalaming bajarilishidan tashqari vazifalar belgilanishining 
ham imkoniyati mavjud emas.
Istalgan faoliyat tuzilishida 

Download 12,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish