N. S. Safaev, N. A. Mirashirova, N. G. Odilova, Sh. D. Turabekova, Sh. K. Karimova



Download 12,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/208
Sana04.07.2022
Hajmi12,63 Mb.
#739058
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   208
Bog'liq
fayl 196 20210327

idrokli hulq-atvor bosqichi
deb ham nomlash mumkin. Lekin 
shu o’rinda izoh berib o’tish joizdir: hayvon idroki va insonning aqliy qobiliyati 
- aynan o ’xshash emas.
Pavlovning xodimlari va izdoshlari tomonidan olib borilgan tajribalar 
orqali biz bu bosqichda hayvonlar rivojlanishinmg ushbu darajasi va ular 
idrokining rivojlanishiga xos xususiyatlar haqida aniq tasawur hosil qila olamiz. 
Masalan, maymun solingan qafas yoniga banan mevasi keltirib qo’yiladi. 
Hayvon bananni olishga urinadi, ammo uning qo’li yetmaydi. Qafas yaqinida 
yotgan yog’ochni ko’rib qolib, uni qo’liga oladi va shu yog’och yordamida 
bananni yaqinroqqa surib keltiradi hamda olib yeydi. Boshqa bir tajribada esa 
maymun foydalanmoqchi bo’lgan yog’och kaltalik qiladi. Uning yoniga yana 
yog’ochlar ham tashlab qo’yiladi, Maymun ana shu yog’ochlar bilan ish ko’ra 
boshlaydi (ular bilan har xil harakatlar qilishga tirishadi). Ular bambuk 
yog’ochlari bo’lgani uchun ichi kovak bo’ladi. Tasodifan maymun yog’ochlami 
birini ikkinchisiga ichiga kirgazib ulaydi. Uzun yog’och hosil bo’lgach, 
maymun mevani o’ziga tomon surib oladi. Yoki yana bir tajriba: qafasning 
shipiga bana osib qo’yiladi. Maymun tepaga sakrab, mevani olmoqchi bo’ladi, 
ammo bo’yi yetmaydi. Qafasga maymun ishlatishi mumkin bo’lgan, yoki ustiga 
chiqib bananni sakrab olib tushish imkonini beruvchi vositalar kiritilmagan. 
Qafasda maymunning yonida faqat odam bor. Bananga yetishish uchun bir 
qancha samarasiz harakatlami bajargan maymun to’satdan odamga yaqinlashadi 
va uning qo’lidan tutgan holda tepada banan osib qo’yilgan joyga sudraydi.
61


Odam bo’ysungandan keyin maymun uning yelkasiga sakrab chiqadi va nihoyat, 
odam yelkasida turib sakragan holda bananni olib tushadi.
Hayvonlaming idrokli hulq-atvorlarini kuzatish natijaiarini umumlashtirgan 
holda R. Yerks bunday hulq-atvoming quyidagi xususiyatlarini ishlab chiqdi:
- hayvon tomonidan vaziyatning faoliyatini boshlashidan awalroq batafsil 
o’rganilishi;
- harakatlar orasida «fikrlashni» eslatuvchi beqarorlik, uzilishlarning 
mavjudligi;
- hayvonning yuzaga kelgan muammoni tasodifiy harakatlar, ma’noga ega 
bo’lmagan harakat yoki xatoliklarga yo’l qo’ymasdan turib tezda hal etishga 
urinishida namoyon bo’ladigan vaziyatga nisbatan idrokli, maqsadga 
yo’naltirilgan ravishda harakatni amalga oshirish;
- boshlang’ich hal etish vositasi omadsizlikka uchragan vaziyatda undan 
keyin yangi vositaning qo’llanilishi, bunda birinchi hal etish vositasidan 
ikkinchisiga o’tish tezlik bilan va to’satdan sodir bo’lgandek tuyuladi;
- harakatlami bajarish jarayonida uning yakuniy maqsadini diqqat 
markazida ushlab turish. Amalga oshiriladigan barcha harakatlaming idrokliligi 
va maqsadga yo’nalganligi, ulaming maqsadga erishishlikka bo’ysunganligi;
- faoliyatda hayvon tomonidan maqsadga olib boruvchi zarur harakatlar 
ketma-ketligini birdaniga va tezda bajarilishi mumkin bo’lgan alohida keskin 
vaziyatning mavjudligi. Kuzatuvchi uchun faoliyatning bu qismi avvalgi 
urinishlaming barchasidan yaqqolroq ko’rinadi;
- muammoning qachonlardir topilgan yechimini yangi sharoitlarda 
yengillik bilan takroran qo’llash;
- boshqa narsalarga chalg’imasdan turib, vaziyatning mohiyatini ko’ra 
bilish, aniqlay olish qobiliyati.
Shunday qilib biz, turli hayvonlarda hulq-atvor rivojlanishining asosiy 
bosqichlarini ko’rib chiqdik. Bu bosqichlarga A.N. Leontev tomonidan ta’rif 
berilgan. Keyinchalik K.E. Fabri yangi zoopsixologik ma’lumotlar asosida 
Leontevning qarashlarini rivojlantirdi va psixika taraqqiyotining Leontev-Fabri 
kontseptsiyasini ishlab chiqdi (4.1 jadval).
62


4.1 Jadval
Hayvonlar psixikasi va hulq-atvori rivojlanishining bosqichlari va darajalari 
( A.N. Leontev va K.E. Fabri bo’yicha)
Psixik aks ettirishning 
bosqichlari va darajalari, 
lining xususiyatlari
Ma’lum bosqich va daraja 
bilan bog’liq hulq-atvor 
xususiyatlari
Ushbu rivojlanish 
darajasiga yetgan 
tirik mavjudot turlari

Download 12,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish