Shu asnoda, evolyutsiya rivojlanishi natijasida hayvonlar organizmlari
faqatgina biologik muhim seskantiruvchilardan ta’sirlanmasdan, balki, o’z-
o’zidan indifferent bo’lgan, biologik jihatdan muhim bo’lmasada, xabar berish
ahamiyatiga ega bo’lgan seskantiruvchilardan ta’sirlana boshladilar. Voqelikda
muhim hayotiy hodisalar haqida xabar beruvchi
biologik indifferent
seskantiruvchilar aks etsalar, voqelikni aks ettirishning bunday shakli
sezgirlik
deb ataladi. Xuddi mana shu psixikaning o’zi bo’ladi. Sezgirlik sezgilarga
nisbatan umumiy qobiliyatni ifodalaydi. A.N. Leontevning tasdiqlashiga ko’ra,
hayvonlarda sezgirlikning yuzaga kelishi psixika paydo bo’lishiningob’ektiv
biologik belgisi bo’lib xizmat qilishi mumkin.
Keyinchalik tirik mavjudotlarda organik jismning rivojlanish jarayonida
asta-sekin psixikaning asosiy xossalaridan bin - olamdagi voqelikni
yaxlitligicha va ilgarilab ketib aks ettirish shakllanadi.
Bu evolyutsiya
jarayonida yuqori rivojlangan psixikaga ega bo’lgan hayvonlarda atrof-olam
haqida axborot qabul qilish, uni tahlil qilib, biologik jihatdan muhim va neytral
xususiyatli barcha o’rab turgan ob’ektlar tomonidan bo’lishi mumkin bo’lgan
ta’sirlarga javoban harakat namoyon qilish layoqati mavjudligini bildiradi.
Ma’lum sinfga tegishli hayvonlarda sezgilaming paydo bo’lishi faqat
psixikaning bunyodga kelishi
sifatida
emas, balki,
tashqi
muhitga
moslashishning umuman yangi ko’rinishi sifatida ham o’rganilishi mumkin.
Moslashish ushbu ko’rinishining asosiy farqi hayvonlami muhit bilan
bog’lovchi - hulq-atvor jarayonlari kabi
alohida hodisalaming yuzaga
kelishidan iborat.
Hulq-atvor - bu tirik organizmning tashqi muhit ta’sirlariga javoban
yuzaga keladigan murakkab reaktsiyalar majmuasi hisoblanadi.
Tirik
mavjudotlar psixikasi rivojlanganligining darajasiga ko’ra, murakkabligi turlicha
bo’lgan hulq-atvorga ega ekanliklarini alohida ta’kidlab o’tish zarur. Hulq-
atvoming sodda rektsiyalarini, masalan, chuvalchangning to’siqqa duch
kelganida, o’z harakat yo’nalishini o’zgartirishini kuzatganimizda ko’rishimiz
mumkin. Bunda tirik mavjudotning rivojlanish darajasi qanchalik yuqori
darajada bo’lsa, hulq-atvori ham shunchalik murakkablashadi.
Xuddi shunday
holatni itlarda ilgarilangan aks ettirishning namoyon bo’lishini kuzatamiz.
Masalan, it ma’lum tahdidga ega bo’lgan ob’ekt bilan to’qnashishdan o’zini
olib qochadi. Lekin, odamda tashqi muhit sharoitlarining to’satdan o’zgarib
qolishiga javoban ta’sirlanish bilan birga, hayvonlardan farqli o’laroq,
motivatsiyalangan (anglangan) va maqsadli hulq-atvomi shakllantirish
qobiliyatiga ega bo’lgan eng murakkab hulq-atvor kuzatiladi. Bunday murakkab
xulq-atvoming amalga oshirilish imkoniyati odamda ongning mavjudligi bilan
belgilanadi.
56
Shunday qilib, yuqoridagi fikrtar asosida,
tirik organizmlar psixikasi
rivojlanganligining to’rt asosty daraj-asini ajfatish murnkin, bular: ta’sirchanlik,
sezgilar (his-tuyg’ular), yuqori tuzilgan hayvonlarning hulq-atvori (tashqi
belgilangan hulq-atvor), insort rntgi (sababiy hulq-atVor)dir. Ushbu darajalarning
har biri o’z rivojlanish bosqichlariga tg a ekardiklarini ta’kidlab o’tish zamr.
Psixika rivojlanishining yuqori darqjasi faqat insonga xosdir.
Do'stlaringiz bilan baham: