N. S. Safaev, N. A. Mirashirova, N. G. Odilova, Sh. D. Turabekova, Sh. K. Karimova



Download 12,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/208
Sana04.07.2022
Hajmi12,63 Mb.
#739058
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   208
Bog'liq
fayl 196 20210327

shartli seskantiruvchiga,
chaqirilgan refleks 
esa 
shartli rejleksga
aylanadi.
Keyinchalik 
Pavlov o’z tadqiqotlari yordamida bu aloqalaming 
tormozlanishi tamoyilini ochib berdi. Bunda u tormozlanishni ikki turga: 
tashqi
59


va 
ichki
tormozlanishga ajratdi. Agar shartli seskantiruvchining ta’sir etish 
vaqtida qandaydir yangi, chetki seskantiruvchi faoliyatga kirishsa, u holda, 
shartli refleks namoyon bo’lmaydi, - u to’xtab qoladi. Bu holatda tashqi 
tormozlanish namoyon bo’ladi. Ichki tormozlanishga misol sifatida shartli 
refleksning so’nishini keltirish mumkin. Agar shartli seskantiruvchi (tovush, 
yorug’lik) ketma-ket bir necha marta shartsiz seskantiruvchi (ozuqa) bilan 
mustahkamlanmas ekan, u holda, bu shartli seskantiruvchi shartli refleksni 
yuzaga chiqarmay qo’yadi - u vaqtincha to’xtaydi.
Pavlov tadqiqotlarida o’z isbotini topgan yana bir tamoyil yarim sharlar 
po’slog’idagi qo’zg’alishning umumlashtirilishi va jamlanishi tamoyilidir. Bu 
tamoyilni har bir shartli seskantiruvchi aw al tarqoq qo’zg’alish hosil qilishi, 
keyinchalik bu qo’zg’alish ma’lum sharoitlarda po’stloqning ma’lum qismlarida 
to’planishi jarayoni bilan ifodalash mumkin. Agar, masalan, shartli refleks 
qandaydir seskantiruvchiga javoban ishlab chiqarilsa, u holda, birlamchi 
holatlarda uni ko’plab boshqa o’xshash seskantiruvchilar ham hosil qilishi 
mumkin (masalan, boshqa tovushlar). Lekin, agar shartsiz seskantiruvchi 
(ozuqa) 
tomonidan 
faqat 
bitta 
ma’lum 
tovushli 
seskantiruvchi 
mustahkamlanadigan bo’lsa, unda boshqa tovushlarga javoban hosil bo’ladigan 
reflekslar to’xtab qoladi, - 
shartli refleksning bo’linishi
sodir bo’ladi.
Shuningdek, Pavlov qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlarining 
o ’zuro
induktsiya qonunim
kashf etdi. Ushbu qonunning mohiyati quyidagidan iborat. 
Agar po’stloqning biror qismi qo’zg’alish holatida bo’lsa, unda po’stloqning u 
bilan bajaradigan vazifasi orqali bog’liq boshqa qismlarida tormozlanish yuz 
beradi, va aksincha.
Yuqorida tasvirlangan mexanizmlaming, hamda, atrof-olamning jismlar 
orqali idrok qilish imkoniyatining mavjudligi hayvonlarda ma’lum hulq-atvor 
k o ’nikmalarim
shakllantirishga yordam beradi. SHuning uchun o’xshash 
mexanizmlar va layoqatlarga ega bo’lgan hayvonlaming rivojlanishi 
k o ’nikmalar vapredmetlar orqali qabul etish bosqichidan
o’rin olgan.
Bu bosqichda sezgilar tasawurlarga birlashadi, tashqi muhit esa alohida 
sezgilar emas, buyumlardan iborat, idrok etishda bo’laklarga bo’lingan, lekin 
tasawurda yaxlit bo’lgan jismlar ko’rinishida qabul qilinadi.
O’z ichiga yo’nalish va tezlikning o’zgarishi bilan bog’liq faoliyatni 
birlashtirgan harakat faolligi o’ta rivojlangan darajada. Hayvonlar faoliyati 
egiluvchanlik, maqsadga yo’nalganlik xususiyatlarini egallaydi.
Pertseptiv psixikaning navbatdagi yuqori darajasida yuqori tuzilishga ega 
umurtqalilar: qushlar va ba’zi sut emizuvchilar o’rin olgan. Ularda amaliy, 
ko’rgazma-harakatli masalalami yechishga bo’lgan layoqatlarida namoyon 
bo’ladigan tafakkuming boshlang’ich shakllarini kuzatish mumkin. Bu yerda biz
60


bilishga, bunday masalalami yechish usullarini o’zlashtirishga, ulami eslab 
qolishga va chegaralangan miqdorda bo’lsa ham, yangi sharoitlarga ko’chirishga 
intilishni ko’ramiz.
Pertseptiv psixika rivojlanishining eng yuqori darajasiga maymunlar 
erishadilar. Ulaming tashqi dunyoni idrok etishi tasavvurlar bilan bog’liq bo’lib, 
bilish esa taqlid qilish va ko’chirish mexanizmlari orqali amalga oshiriladi. 
Bunday psixikada tadqiqotlar va jismlami qo’llashni talab etuvchi keng turdagi 
masalalami amaliyotda yechish layoqati alohida ajralib turadi. Hayvonlar 
faoliyatida alohida, yo’nalishli-tadqiqot, yoki, tayyorgarlik davri muhim o’rin 
egallaydi. Bu davr vaziyatni oldindan, unda hali amaliy harakatlarga qo’l urmay 
turib o’rganishdan iborat.
Hal etish usullarida ma’lum egiluvchanlik, qachonlardir topilgan 
yechimdan yangi sharoitlar va vaziyatlarda kengroq foydalanish kuzatiladi. 
Hayvonlar voqelikni shaxsiy ehtiyojlardan qat’iy nazar, tadqiq qilish va bilishga, 
oddiy ish qurollarini yasashga layoqatli bo’ladi.
Ko’rsatib o’tilgan bosqichni yana hayvonlar (maymun, it, delfinlar va 
boshqalar)ning 

Download 12,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish