N. S. Safaev, N. A. Mirashirova, N. G. Odilova, Sh. D. Turabekova, Sh. K. Karimova



Download 12,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/208
Sana04.07.2022
Hajmi12,63 Mb.
#739058
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   208
Bog'liq
fayl 196 20210327

XV II M AVZU. XARA K TER
REJA:
17.1. Xarakter haqida tushuncha.
17.2. Xarakter tipologiyasi.
17.3. Xarakteming jinsiy-rolli farqlari.
17.4. Xarakteming shakllanishi.
Mavzu o’quv m aqsadi:
T a’limiy: talabalar tomonidan xarakter, uning tipologiyasi, xarakteming jinsiy- 
rolli farqlari, xarakteming shakllanishi haqidagi bilimlami o’zlashtirilishini 
tashkil etish.
Tarbiyaviy: bo’lajak pedagoglar tomonidan xarakter, uning tipologiyasi, 
xarakteming jinsiy-rolli farqlari, xarakteming shakllanishi haqidagi bilim
ko’nikma va malakalari asosida dunyoqarashini kengaytirish.
Rivojlantiruvchi: mavzuning ta’limiy va tarbiyaviy o’quv maqsadlari asosida 
talaba shaxsini rivojlantirish.
TA YANCH TUSHUNCHALAR:
Xarakter
- shaxs xulqining tipik usullar bilan bog’liq faoliyat muomala va 
munosabatda 
namoyon 
bo’luvchi, 
mujassamlanuvchi 
uning 
barqaror 
xususiyatlari majmuasi.
Character is the mental and moral qualities distinctive to an individual 
Xarakteming irodaviy qirralari
- hulq-atvor va faoliyatni ongli, tushunchaviy- 
vositali boshqarishning barqaror individual-tipologik xususiyatlari.
Volitional sides of the character are the persistent individual-typological features 
of the behavior and activity that are controlled consciously, conceptually and in­
directly.
Xarakteming emotsional qirralari
- xarakatning bevosita
o’z-o’zidan 
boshqarilishning barqaror individual-tipologik xususiyatlari.
Emotional sides of the character are the persistent individual-typological fea­
tures of the direct and self-controlled activity.
Xarakteming intellektual qirralari -
aqliy qobiliyatlaming barqaror individual- 
tipologik xususiyatlari.
Intellectual sides of the character are the persistent individual-typological fea­
tures of mental abilities.
17.1. Xarakter haqida tushuncha
Har bir odam har ЧапйаУ bosh4a odamdan
o’zining individual psixologik xususiyati
bilan ajralib turadi. Bu jarayonda asosiy e’tibor xarakter muammosiga qaratiladi.
3 1 3


“Xarakter” so’zi grekcha so’zdan olingan bo’lib “tamg’a, belgi” degan ma’noni 
anglatadi. Ijtimoiy turmushda hayot va faoliyat ko’rsatayotgan har qanday shaxs 
o’zining individual-psixologik xususiyatlari bilan boshqa insonlardan ajralib 
turadi va bu farqlar uning xarakter xislatlarida ifodasini topadi. SHu boisdan 
insonning barcha individual xususiyatlarini xarakter xislati tarkibiga kiritib 
bo’lmaydi. Chunonchi aqlning topqirligi, xotiraning barqarorligi, ko’rishning 
o’tkirligi kabi individual psixologik xususiyatlar bunga misoldir.
Psixologiya fanida xarakterga turlicha ta’rif berilishiga qaramay, uning 
asosiy belgilari ta’kidlanganligi bilan bir-biriga muvofiq tushadi. Masalan, shaxs 
xulqining tipik usullar bilan bog’liq faoliyat muomala va munosabatda namoyon 
bo’luvchi, mujassamlanuvchi uning barqaror xususiyatlari majmuasi xarakter 
deyiladi. Shaxsning jamiyatga nisbatan munosabatlari uning asosiy belgisi 
hisoblanadi.
Xarakterning asosiy xususiyati uning doimo faoliyatda, insonning atrof- 
olam va odamlarga munosabatida namoyon bo’lishidan iborat. Inson xarakterini 
aniqlashda o’sha odamning jasurlik, vijdoniylik, samimiylik namoyon qilganini 
emas, balki, bu odam jasur, to’g’riso’z, samimiy inson deb aytiladi, ya’ni, inson 
xarakterining xususiyatlari insonning o’ziga tegishli bo’ladi. Lekin barcha 
xususiyatlami ham insonga xos deb bo’lmaydi, ular ahamiyatga molik va 
barqaror bo’Iishi lozim.
Xarakter - bu insonning o’ziga xos asosi, o’zagi. Xarakterda fokusdagi 
kabi insonning faoliyat, muloqot va bilish sub’ekti sifatida eng ahamiyatli 
xususiyatlar jamlanadi. Xarakter hayot davomida tarkib topib boradi va vaqt 
o’tishi bilan o’zgarishi mumkin.
Xarakter odam ko’zlagan maqsadi va uni amalga oshirish vositasi yoki 
usullarida hulq-atvor mazmuni va shaklida ifodalanishi mumkin.
Shakllanishi, rivojlanishi va vazifa bajarishida inson xarakteri temperament 
bilan uzviy bog’langan. Fanda xarakter va temperament o’zaro munosabatlariga 
doir hukmron nuqtai nazarlardan to’rt xil asosiysi: xarakter va temperamentning 
o’xshatilishi (E. Krechmer, A. Rujitskiy); xarakter va temperamentni qiyoslash
ular o’rtasidagi qarama-qarshilikni ta’kidlash 
(P. Viktorov, V. Virenius); 
temperamentni xarakterning elementi, mag’zi, o’zgarmas qismi sifatida tan olish 
(S.L. Rubinshteyn, S. Gorodetskiy); temperamentni xarakterning tabiiy asosida 
sifatida qabul qilish (L.S. Vigotskiy, B.G. Ananev) kabilami ajratib ko’rsatish 
mumkin.
Xarakter va temperament uchun umumiy bo’lgan xususiyat sifatida odam 
fiziologik xususiyatlari va birinchi galda, asab tizimi tipiga bog’liqlik 
hisoblanadi. 
Temperament xarakterdagi 
hulq-atvor mutanosibligi yoki 
nomutanosibligi, ta’sirlanishning harakatchanligi yoki sustligi va h.k.lar kabi
314


qirralarni belgilaydi. Lekin temperament xaraktemi oldindan belgilab bermaydi. 
Temperamentning bir xil xossalariga ega bo’lgan odamlaming xarakterlari 
umuman turlicha bo’lishi mumkin. Temperament xususiyatlari xarakteming u 
yoki bu qirralarining shakllanishiga yordam berishi yoki qarshilik ko’rsatishi 
mumkin.

Download 12,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish