Transport energetika, kommunal tizimlaridagi avariya va halokatlar.YOng‘inlar.
Temir yul avariya va halokatlari.
Temir yuldagi avariyalar-tabiiy ofatlar natijasida, shuningdek texnika ekspulatatsiyasi, texnologik jarayonlar, sifatsiz mexanik ta’mirlanishi, ayrim shaxslarning intizomsizligi va nazorat yo‘qligi oqibatida vujudga kelishi mumkin. Ular ham o‘z navbatida katta vayronalarga, yong‘in kelib chiqishiga, portlashlarga, KTZM bilan zararlanishlarga, poezdlar va temir yo‘llarning buzilishiga, odamlarning halok bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Ko‘rinishi:
Ushbu transport turida uchraydigan favqulodda vaziyat, yong‘inlar-portlashlarga, yo‘nalishdagi vagonlarning ishdan chiqishiga, aholining, yo‘lovchilarning nobud bo‘lishiga vagonlaridagi davlat boyliklarining nobud bo‘lishiga, qolaversa, sodir etilgan joylardagi aholi va hududlar turli darajada zarar ko‘rishiga, ayniqsa turli zaharli moddalar yuklatilgan vagonlarda sodir etilganda hududdarning va aholining zaharlanishiga olib keluvchi holat.
Asosiy kelib chikish sabablari:
Asosan, temir yo‘llarning nosozligi, harakat tarkibining texnik nosozligi, aloqa vositalarining nosozligi, dispetcher aloqa bog‘lovchi xodimlarning ahamiyatsizligi, sovuqqonliligidir. Ko‘pincha harakat tarkibining izlardan chiqib ketishi tuqnashuvlar, chorrahalardagi to‘qnashuvlar, vagonlarda yong‘in va portlashlarning sodir etilishiga olib keladi. Turli suyuq portlovchi modaalarni tashish hollarda, qolaversa suv toshqinlarida, ko‘chkilarda sodir etilish ehtimollari bor. Eng katta xavf tug‘diruvchi favqulodda vaziyatlar yonuvchan, portlovchi, turli zaharli moddalarni tashuvchi yuk sisternalarda, yuk poezdlarida sodir bo‘ladigan voqealardir. Ushbu favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish juda og‘ir. SHu boisdan ham ularni oldindan ogohlantirish ishlarini, kelib chiqish sabablarini bartaraf etish maqsadga muvofiq.
Ushbu borada hududlarimizda va boshqa davlatlarda sodir etilayotgan favqulodda vaziyatlar juda ko‘p. Eng avvalo bu borada bunday favqulodda vaziyatning oldini olmoq maqsadga muvofiqdir.
Oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar.
Rejaviy-profilaktik ko‘rik va texnik ta’mirlash ishlarining o‘z vaqtida o‘tkazilishi, xizmat muddati qoidalari talablariga amal qilish, boshqarish va aloqa tizimlarining ish sifatini oshirish, dispetcherlarning bilim saviyasini oshirish, ularning xizmatini yaxshilash va h.k. Jumladan “Fuqaro muhofazasi to‘rrisida”gi qonunning 16-moddasida bayon etilganidek “Fuqaro muhofazasi sohasida rahbarlar va mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash malaka oshirish muassasalari, maxsus o‘quv-uslubiyot markazlarida, shuningdek ish joyida amalga oshiriladi”.
O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlarda ularni oldini olish va harakat qilish davlat tizimi to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining 558-sonli qaroriga muvofiq “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat aksiyadorlik kompaniyasiga “Temir yo‘l transporti vositalaridan avariyasiz foydalanish, tashish chog‘ida portlovchi, yong‘in xavfi bo‘lgan yuklar va KTZM xavfsizligini ta’minlash tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish” vazifalari yuklatiladi.
Avtotransport avariya va halokatlar (shu jumladan, yo‘l transporti hodisalari).
Ko‘rinishi:
Transportdagi fuqarolarning halok bo‘lishiga, portlash va yong‘inlarni chiqishiga olib keladi. Agarda yuk tashuvchi avtotransportlarda avariya holati sodir etilganida, turli neft, portlovchi modda yoki zaharlovchi moldalarning avariya sodir etilgan joylarda tarqalishiga hamda ushbu hududdagi aholining nobud bo‘lishiga, zaharlanishiga, bino va inshootlarning buzilishiga olib keladi.
Kelib chiqish sabablari:
Fuqarolarimizning eng avvalo transport harakat xavfsizligi qoidalariga rioya qilmasligi, tezlikni oshirishi, spirtli ichimliklar iste’mol qilib transport vositalarini boshqarishi, qarama-qarshi yo‘llarga chiqib ketishi, texnik nosoz transportlarni boshqarishi, qolaversa yo‘llarning talab darajasida emasligidir.
Asosan sodir etilgan avariya va halokatlardan 70-80 foizi halokat sodir etilgandan so‘ng 2-3 soat ichida ularga tez tibbiy yordam ko‘rsatilmasligidan nobud bo‘lishadi. Transportlarda tibbiy yordam qutilarining yo‘qligi, aholining va xodimlarining birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish tadbirlarini yaxshi bilmasligi, ushbu transport sodir etilayotgan avariyalarda ko‘plab insonlar nobud bo‘lishiga olib kelmokda. Bu borada DAN boshqarmasi xodimlarining transport texnik ko‘rigini o‘tkazish vaqtida ushbu yo‘nalishdagi masalalarga ahamiyat bermasligi, qolaversa turli davlat transport boshqarma boshliqlarining etiborsizligidir. Ushbu turdagi favqulodda vaziyatlar yil sayin ortib bormokda, achinarlisi ham shundaki, begunoh fuqarolarimiz bevaqt olamdan ko‘z yummoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |