N respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar davlat qumitasi toshkent axborot texnologiyalari universiteti


Kimiyoviy va radioaktiv xavfili ob’ektlardagi avariyalar



Download 341,97 Kb.
bet33/80
Sana14.06.2022
Hajmi341,97 Kb.
#667510
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   80
Bog'liq
favqulodda vaziyatlar

Kimiyoviy va radioaktiv xavfili ob’ektlardagi avariyalar.
 
Kimyoviy xavfli inshoot - iqtisodiyot korxonasi bo‘lib, faoliyat ko‘rsatish davrida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan halokat tufayli odamlarning ommaviy tarzda zaharlanishi, kimyoviy zaharli moddalarning atrof muhitga tarqalishi kuzatilishi mumkin.
Kimyoviy inshootni muhofazalashni harbiy holatda huquqiy ta’minlanishi “Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida”gi Qonunning 1-moddasida bayon etilgan. Kimyoviy zaharlanish maydoni - ma’lum o‘lchovdagi zaharli moddalar bilan zaharlangan hududlardir.
Zararlanish manbai - kimyoviy xavfli inshoot joylashgan hududdagi falokat tufayli odamlarning, o‘simliklarning, jonivorlarning zaharlanishi.
Ta’sirchanlik - kimyoviy modda xossasi bo‘lib, zaharlanishga olib kelishi mumkin bo‘lgan modda mikdori bilan belgilanadi (kam zaharlanish, kuchli zaharlanish va boshqalar).
Miqdori - mikdor o‘lchov birligi g/m3 yoki mg/l larda o‘lchanadi.
Kimyoviy xavfli inshootlar fuqaro muhofazasi nuqtai nazaridan ma’lum turlarga ajratiladi - mikdori, ta’sir kuchi, saqlash qonun-qoidasi va boshqalar.
Kimyoviy xavfli korxonalardagi halokatlarning tavsiflanishi.
1- portlash tufayli sodir bo‘lgan halokat, texnologik jarayon ishdan chiqqan, muhandislik qurilmalari buzilgan, natijada batamom yoki qisman mahsulot ishlab chiqarish to‘xtab qolgan. Katta mikdorda moliyaviy yordam tiklashga talab etiladi.
P - halokat natijasida asosiy yoki yordamchi texnologik qurilmalar ishdan chiqqan, ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun ma’lum mikdordagi yordam kerak bo‘ladi.
Radioaktiv xavfli ob’ektlaridagi avariyalar.
Ma’lumki, o‘zidan nur tarqatish va odam organizmida “nurlanish” deb nomlanadigan kasallikni vujudga keltirishi mumkin bo‘lgan radiatsiyaviy materiallar iqtisodiyot ob’ektlarining bir qator sohalarida turli maqsadlar uchun ishlatib kelinmokda. Bularni saqlash, tug‘ri ishlata bilish, tashlab yuborish, qayta ishlash jarayonlarida texnika xavfsizligiga rioya etilmasa og‘ir oqibatlarga - atrof-muhitning radioaktiv ifloslanishiga, odamlarning, mavjudotlarning nobud bo‘lishi va o‘simliklarning yaroqsiz holatga kelib qolishiga sabab bo‘ladi.
Hammasi bo‘lib respublika hududida 200 dan ortiq kimyoviy xavfli ob’ektlar bor. Ularda ishlab chiqariladigan yoki iqtisodiyotda turli mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun olib kelinadigan, saqlanadigan suyuq qattiq gaz holatdagi inson, hayvon sog‘ligi uchun zararla kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi moddalar turi ko‘p. Kuchli ta’sir etuvchi moddalardan ayrimlari to‘g‘risida quyidagi tafsilotni keltirish mumkin:
Xlor - odatdagi sharoitda qo‘lansa hidi bor, sarg‘ish-yashil gazsimon, havodan 2,5 baravar og‘ir. 34°S haroratda suyuq holatga o‘tadi. Suvda yaxshi eriydi (+ 20°S haroratda bir hajm suvda ikki hajm xlor eriydi), organik erituvchilarda ham yaxshi eriydi. Kuchli oksidlovchi moddalar, ma’danlar bilan, ko‘pchilik ma’danmas moddalar va organik moddalar bilan o‘zaro yaxshi ta’sir etadi. Bo‘g‘uvchi ta’siri bor. Havodagi mumkin bo‘lgan mikdori - 0,03 mg/m3, agar moddaning mikdori 10 mg/m3 bo‘lsa inson organizmiga salbiy ta’sir etadi, miqdori 2500 mg/ m3 ni tashkil etsa o‘limga olib kelishi mumkin.
Ammiak - odatdagi sharoitda o‘tkir novshadil spirti hidi bor rangsiz gaz, havodan engil. 33°S haroratda yoki yuqori bosimlarda osongina suyuq holatga o‘tadi. Suvda yaxshi eriydi va kislorod muhitida yonadi. Ammiak bilan havoning quruq aralashmasida portlash xususiyati bo‘ladi (harorat 18°S bo‘lib, aralashma tarkibida 16-28% atrofida ammiak bo‘lsa). Bo‘g‘uvchan va nervotrop ta’sir etadi. Ammiak gazining odamlar yashaydigan havodagi mumkin bo‘lgan mikdori 0,04 mg/m3, eng ko‘pi bilan 0,2 mg/m3 ga teng. Agar gazning miqdori 40-80 mg/m3 bo‘lsa, ko‘z achishib yoshlanadi, nafas olish yo‘llari qattiq achishadi. Gazning o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan mikdori 1500-2700 mg/m3 ga teng. Gazning suvdaga 10% eritmasi novshadal spirti deb nomlanadi, 18-20% eritmasi esa ammiakli deb aytiladi. Ammiak gazi sanoat miqyosidagi sovitgichlarda ishlatiladi. Amiak gazini saqlash va ma’lum masofaga tashib oborish siqilgan holda 6-18 kgs/sm3 bosimga ega bo‘lgan metall idishlarda olib boriladi.
Xlor nafas olish yo‘llarini qichishtiradi, o‘pkani shishiradi, yuqori darajada quyuqlashgani esa o‘ldiradi. Zaharlanganlik belgilari: kon’yunktivit (ko‘z oldi shilliq pardasining yallig‘lanishi), tanglay va tomoqning qizarishi, bronxit, nafas qisishi, ovoz bo‘g‘ilishi, ko‘z yoshlanishi, azob beradigan quruq yo‘tal, shilimshiq va qoya aralash balg‘am ajralishi, badan ko‘karishi, hushdan ketish.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining YAdro fizikasi instituti Toshkent viloyatining Qibray tumani Ulug‘bek shaharchasida joylashgan. Unang atrofida 3 ta shartli zona belgilangan:
- zaharlanish ehtimoli bor zona;
- sanitariya-muhofaza zonasi;
- kuzatish zonasi, ya’ni radiatsiyaviy monitoring o‘taaziladigan sanitariya-muhofaza zonasi.
Kimyoviy muhofaza - bu KTZM (kuchli ta’sirchan zaharli moddalar)ning (zaharlovchi moddalarning) aholiga va iqtisodiyot inshootlariga zararli ta’siri oldini olishga yoki uni imkoni bor qadar kamaytirnshga qaratilgan tadbirlar kompleksi.
Radiatsiyaviy xavfsizlik - bu fuqarolar va atrof muhitning ionlashtiruvchi nurlanishning zararli ta’siridan muhofazalanganlik holati.
Kimyoviy va radiatsiyaviy muhofazaning eng asosiy vazifasi kimyoviy xavfli ob’ektlari(KXO)dagi va radiatsiyaviy xavfli ob’ektlaridagi halokatlar bilan bog‘liq favqulodad vaziyatlarning oldini olishdan iborat.
Kimyoviy xavfga binoan hamma ma’muriy-hududiy birliklar 3 ta xavflilik darajasiga bo‘linadi:
Avariya - mahsulot tayyorlashda ishlatiladigan mashinalar, jihozlar, texnologik tizimdagi uskunalar majmuasidagi nosozlik, elektr bilan ta’minlashdagi nosozlik, binolar, qurilmadagi nosozliklar tufayli vujudga keladigan voqeaga aytiladi. Transport turlarining o‘zaro to‘qnashuvi, korxonadagi texnologik nosozliklar, moddalarni saqlashda yo‘l qo‘yilgan xatoliklar tufayli sodir bo‘ladigan halokatlar natijasida kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar atrof muhitga tarqalishi mumkin.
Halokat - oldingisidan farqli holda qamrovi kengroq va odamlar halok bo‘lishiga olib kelgan voqeaga aytiladi. Poezdlarning o‘zaro to‘qnashishi, samolyot halokati, korxonalarda sodir bo‘lgan halokatlar tufayli atrof- muhitning yomonlashuvi, insonlar qurboni, talafotlar darajasining ortib borishi hammasi bu turdagi halokat turiga xos xususiyatdir.
Misol tariqasida ayrim favqulodda vaziyatlarni keltirish mumkin: Amerikaning “YUnion Korbayt” kompaniyasiga qarashli kimyo zavodida gaz quvurlaridan 40 tonna o‘tkir zaharlovchi moddaning tashqi muhitga oqishi oqibatida ulkan falokat ro‘y berdi. 2000 kishining hayotiga zomin bo‘lgan mana shu hodisa tufayli 80 ming fuqarolar zaharlanib, salomatligiga jiddiy ziyon etdi.
Matbuotda yozilishicha, CHernobil hodisasi tufayli ana shu kamsuqum, mo‘‘jazgina ukrain shaharchasining nomi dunyoga yoyildi. Halokatning dastlabki daqiqalarida 30000 kishi hayot bilan vidolashdi. Radiatsiya asorati keyinchalik yana ko‘p ming kishining o‘lishiga olib kelgan. Radioaktiv parchalanishlar Ukrainaning 11 viloyatiga tarqalgan. Stansiya direktori halokatdan keyin ham radiatsiyaviy tekshirishni o‘tkazmagan, o‘tkazish uchun kerakli zamonaviy uskuna, moslamalar bo‘lmagan, gazdan saqlash vositasi stansiyada ishlovchi xodimlarda bo‘lmagan, halokat to‘g‘risidagi ma’lumot o‘z vaqtida e’lon qilinmay, 36 soat o‘tgandan so‘ng e’lon qilingan.
Stansiya xodimlari aniq harakat qilishlari lozimligini bilmaganlar. 21 mln m3 uskunalarning ustki yuzasi maxsus tozalashdan o‘tkazilmagan. 500 ming m3 er yuzasini tuprog‘i ko‘chirilib ko‘mib yuborilgan. 600 qishloqlar zaharli radioaktiv modadlardan zararsizlangirilgan.


Download 341,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish