N respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar davlat qumitasi toshkent axborot texnologiyalari universiteti



Download 341,97 Kb.
bet31/80
Sana14.06.2022
Hajmi341,97 Kb.
#667510
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   80
Bog'liq
favqulodda vaziyatlar

Oldini olish bo‘yicha chora-talbirlar:
Rejaviy-profilaktik ko‘rik va texnik ta’mirlash ishlarnning o‘z vaqtida o‘tkazilishi, texnik nosoz transport vositasidan foydalanmaslik, barcha turdagi yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish, DAN xodimlarining, haydovchilarning, qolaversa aholining birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha bilim va malakalarini oshirish, yo‘l tarmoqlarini me’yoriy talab darajasida saqlash, shaharlarda ko‘i sathli yo‘llardan, piyodalarning er osti yo‘laklaridan samaraliroq foydalanish va h.k.
Muhofazasi:
O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi to‘g‘risidagi Vazirlar Maqkamasining 558-sonli qaroriga muvofiq Davlat avtomobil nazorati organiga “Yo‘l transport xavfsizligini ta’minlash xizmatiga rahbarlik qilish” vazifasi yuklatiladi.
Metropoliten stansiyalarida ehtimoli bo‘lgan favqulodda vaziyatlar.
Ko‘rinishi:
Fuqarolarning nobud bo‘lishiga, turli xil tan jarohatlari olishiga olib keladi, qolaversa portlash va yong‘inlar sodir etilishi mumkin. Metropoliten stansiyalari va vagonlarning buzilishiga olib keladi.
Olib keluvchi sabablar:
Mana ko‘p yillardan beri O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida ikki yo‘nalishda er osti poezdlari uzog‘imizni yaqin qilib kelmoqda. Ushbu turdagi transportlarda, stansiyalarda favqulodda vaziyatlar hozircha sodir bo‘lmagan bo‘lsa ham, bo‘lishi ehtimoldan holi emas. Misol uchun YAponiya davlataning Tokio shahrida bo‘lgan zaharli modda bilan bog‘liq favqulodda vaziyat yoki Moskva shahri metrosidagi hodisalar. Toshkent metrosining “Paxtakor” stansiyasining birinchi yo‘nalishdan ikkinchi yo‘nalishga o‘tish joylarida ertalabki va kechki gavjum vaqtning o‘zida minglab fuqorolarimiz to‘planadi. Keyingi paytlarda metropoliten yo‘laklaridan o‘tish joylarida o‘zboshimchalik bilan faoliyat ko‘rsatgan turli xil savdo do‘konchalari yulovchilaryaning harakatiga bevosita halaqit berish bilan birgalikda ma’lum bir favqulodda vaziyatlar paytida noxush oqibatlarni keltirib chiqarishi ehtimoldan holi emas.
Metropoliten loyihalanayotgan paytda uning o‘tish yo‘llarida hech qanday qo‘shimcha qurilishlar ko‘zda tutilmagan. SHu nuqtai nazardan, ya’ni metropoliten qurilishi me’yoriy hujjatlar talabi bo‘yicha o‘tkazish yo‘llarining funksiyasiga faqat yo‘lovchilarni o‘tkazib yuborish kiradi.
Bu borada ham ehtiyotkorlikni oshirmoq qolaversa sodir etilishi ehtimoli bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadga muvofiq.. YA’ni ushbu soha mutasaddi xodimlari barcha noxush holatlarni oldini olish chora-tadbirlarini ko‘rishi maqsadga muvofiq .
Oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar:
Rejaviy-profilaktik ko‘rik va texnik ta’mirlash tadbirlarini vaqtida o‘gkazilishi, texnik nosoz transport vositasidan foydalanmaslik, barcha turdagi yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish, haydovchilarning, tarmoq odimlarining ish yuzasidan bilim malakalarini oshirib borish, yo‘l tarmoqlarini meyoriy talab darajasida saqlash va h.k.
Metro ichidagi telemoslamalarda muhofazalanish to‘g‘risidagi qisqa videolavhalar ko‘rsatib borish. Qonunning tarmoqqa aloqador qismlariga so‘zsiz amal qilish.
Muhofazasi:
O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining 558-sonli qaroriga muvofiq “O‘zbekiston Respublikasi sanoatda konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat qo‘mitasi”ga, “kon, ruda, kimyoviy, neft va gaz qazish hamda qayta ishlash sanoati va “Toshmetroqurilish” ob’ektlarida ishlarni olib borishning ahvoli va xavfsizligi ustidan davlat nazoratiga rahbarlik qilish” ishlari yuklatiladi. Bundan tashqari “Toshmetroloyiha” instituti, “Toshkent metropoliteni boshqarmasi” ekspluatatsiyasi uchun mas’ul huquqiy shaxslardir.
Korxonalardagi avariyalar davomida ko‘p tonnalik idishlar buzilishi oqibatida KTZM (Kuchli ta’sir etuvchi zaharli modda) korxona hududiga tarqalishi oqibatida korxona ishchilaridan tashqari korxona yaqinida yashayotgan aholining sog‘ligiga ham zarar keltirishi mumkin. Zarar keltirish miqyosi havoga tarqalgan KTZM ning miqdori, uning konsentratsiyasiga, fizikaviy va kimyoviy xossalari, meterologik sharoitlari, hudud relefi, shahar va qishloqlardagi imoratlarning zichligiga bog‘lik. KTZM tarqalganda avvalo korxonaning hududida yuqori konsentratsiyaga ega bo‘lgan “bulut” paydo bo‘lib, uning tarqalishi davomida ikkilamchi bulut vujudga keladi va korxonadan tashqariga ham tarqaladi. Ikkilamchi bulut konsentratsiyasi birlamchisiga qaraganda ancha past bo‘lgani bilan, insonlar sog‘ligi uchun xavf tug‘diradi.
Demak, zararlangan hududda bo‘lgan odamlar, radiaktiv moddalar bilan zararlangandan so‘ng, mehnatga layoqatsiz deb topilib, so‘ngra og‘ir kasalga chalinishi va halok bo‘lishi mumkin.
Aholini va birinchi galda iqtisodiyot  ob’ektlarini ishlab chiqarish xodimlarini muhofaza qilish  uchun bir qancha tadbirlar bajalishi kerak.
Ular  quyidagilar:
-texnologik jarayonlardagi yong‘in va kimyoviy xavfli hodisalarni xavfsizligini ta’minlash tadbirlarini barpo etish;
- yirik (yalpi) yong‘inlar chiqishi imkoniyatini bartaraf etish bo‘yicha tadbirlarni bajarish;
-iqtisodiyot ob’ektlarini avariyasiz to‘xtatish tadbirlarini bajarish;
- favqulodda vaziyatda ishlab chiqarish xodimlarini shoshilinch muhofaza qilish va evakuatsiya qilish uchun sharoit yaratish;
- texnologik jarayonlardagi yong‘in va kimyoviy xavfi bor moddalarni xavfsizlariga almashtirish tadbirlarini bajarish;
- ishlab chiqarishda yong‘in va kimyoviy xavfli moddalar ishlatilishiga yo‘l qo‘ymaydigan texnologiyalar ishlab chiqish;
- yonilg‘i, suyuqlik va KTZM solingan idishlar atrofini tuproq tortib, (bordyur bilan) o‘rash;
- kimyoviy xavfli ob’ektlarda xavfsizlik choralarini ko‘rish;
Ishlab chiqarish va xo‘jalik aloqalari ishonchliligini oshirishning asosiylari quyidagilar hisoblanadi:
-favqulodda rejimga mo‘ljallab, mol etkazib beruvchilar bilan ishlab chiqarish aloqalarini maksimal darajada kamaytirish;
-Markaziy Osiyo ob’ektlarida va o‘z iqtisodiy mintaqasida ishlab chiqarish aloqalarini topishni tashkil etish;
-mol etkazib beruvchilarning rezervi bo‘lishi;
- ob’ektning rezerv har xil manbalarga o‘tkazish imkoniyati bor ta’minot tizimini ishlab chiqish;
-a variyada ta’minlash ko‘chma vositalarini ko‘paytirish;
- boshqa ob’ektlar bilan kooperativ tarzdagi elektro-energiya, gaz, suv, bug‘ va h.k. ta’minotini tashkil etish;
avariya zahirasini yaratish;
-xom ashyo, materiallar va h.k. zahiralari muhofazada  bo‘lib-bo‘lib saqlanishini tashkil etish.
-izdan chiqqan ishlab chiqarishni qayta tiklashga tayyorlash:
b’ektning ehtimol bo‘lgan shikastlanit variantlarini ishlab chiqish hamda qayta tiklash ishlari xarakteri va taxminiy hajmini aniqlash (iqtisodiyot ob’ektlarini qayta tiklash loyihasini ishlab chiqish);
-qayta tiklash ishlarini bajaruvchi ixtisoslashgan bo‘linmalarni tashkil etish va tayyorlash;
-imorat va inshootlarni qisqa muddatlarda qayta tiklash shartlariga javob beradigan engil, o‘tga chidamli va juda pishiq qurilish materiallaridan ommaviy tarzda buyum va konstruksiyalar ishlab chiqarishga tayyorlash;
-qurish-qayta tiklash ishlari uchun kerakli qurilish, texnologiya va boshqa hujjatlarning ishonchli saqlanishini ta’minlash;
-eng muhim sanoat, transport, aloqa ob’ektlarini, shuningdek fuqaro muhofazasi ob’ektlarini qurilish-montaj tashkilotlariga biriktirib qo‘yish.
YUqorida qayd etilgan tabiiy ofatlar, CHernobil atom elektr stansiyasidagi avariya va boshqalar fuqaro muhofazasining o‘rni va vazifalariga boshqacha ko‘z bilan qarash kerak ekanligini ko‘rsatib berdi.
Ma’lumki, respublikamiz hududining katta qismi seysmik faol xususiyatga ega bo‘lib, o‘ziga xos geologik, gidrogeologik va iqlim sharoitiga ega.
Bunday omillar qurilish ishlarida loihaning mukamalligini, qurilish texnologiyasining ishonchligi va sifatli ijrosini, aholining xavfsizligini hamda iqtisodiyot ob’ektlarining mustahkamligini ta’minlash maqsadida ishlab turgan bino va inshootlarni texnik holatini me’yoriy darajada saqlashdek muhim vazifalarni qo‘yadi.
 

Download 341,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish