Oits (Orttirilgan Immunitet Tanqisligi Sindromi) — davolanilmagan taqdirda 'oiv'(Odam Immunitet-tanqisligi virusi)ning immunitetni ishdan chiqishiga yo'l ochgan bir sindromdir. Oiv tashiganlarga, oiv musbat



Download 132,24 Kb.
bet1/4
Sana21.12.2022
Hajmi132,24 Kb.
#893247
  1   2   3   4
Bog'liq
OITS VA GEPATIT


Orttirilgan Immunitet Tanqisligi Sindromi



OITSga qarshi kurashishning siymosi bo'lgan qizil bant
OITS (Orttirilgan Immunitet Tanqisligi Sindromi) — davolanilmagan taqdirda 'OIV'(Odam Immunitet-tanqisligi virusi)ning immunitetni ishdan chiqishiga yo'l ochgan bir sindromdir.
OIV tashiganlarga, OIV musbat deb ataladi. OIV musbat va OITS farqlidir. Har bir OIV musbat bo'lgan kishi OITS lar orasiga qo'shilmaydi. Hozirgi kunda OIV musbatlar turli hil yo'llar bilan davolanib, OITSlarni orasiga qo'shilmasdan yashab kelmoqdalar. OIV musbat bo'lgan kishilar ortiq o'limlarini kutmayaptilar. Hozirgi kundagi davolanish yo'llari bilan, OIV/OITS ortiq surunkali bir kasallikdir.
OIV virusi qonga yuqqandan so'ng bir necha yil davomida o'zini sezdirmaydi. Virus yuqqandan so'ng test qildirilgan taqdirda, faqatgina 3 oydan so'ng to'g'ri javobni ko'rsatadi.
Orttirilgan immun tanqisligi sindromi (OITS) — ret-rovirus guruhiga mansub virus qo’zg’atadigan kasallik; ikki davrga bo’li-nadi: OITV infeksiyasi va bevosita OITS (SPID) davri. OITV infeksiyasi davri odam organizmida virus bor, lekin kasallik alomatlari hali na-moyon bo’lmagan davr. Virus deyarli bir vaqtda Parijda prof. Lyuk Montanye hamda AQShda prof. Gallo boshchili-gidagi olimlar tomonidan kashf etilgan (1983 y.). Bu virus odamning immunitet tizimiga tanlab taʼsir ko’rsata-di, ayniqsa, SD4+ immun hujayralariga qirg’in keltiradi. Virus odam organizmiga tushgach, 2—3 kundan so’ng , 25—30% hollarda birlamchi infeksiya davriga xos alomatlar kuzatilishi mumkin. Bu "o’tkir serokonversiya sin-dromi" deb ataladi, bunda harorat ko’tariladi, tunda terlash, bo’g’imlar va bosh og’rig’i, loxaslik, qayt qilish, ich ketishi, badanda, ayniqsa, uning yuqori qismida toshmalar paydo bo’lishi mumkin. Bu alomatlar odam organizmiga tushgan virus taʼsiriga immunitet tizimi maʼlum darajada javob qaytarish reaksiyasi bilan bog’liq. Lekin bu davrda antitelolarni aniqlash natija bermaydi, chunki immunitet tizimining javobi hali to’liq shakllanmagan bo’ladi. Kasallikning bu davri 8—10 y.gacha, baʼzan undan ham uzoq davom etishi mumkin. Hoz. kunda amaliyotda OITV infeksiyasi tashhisini qo’yish qonda kasallik virusiga qarshi paydo bo’lgan antitelolarni aniqlash — immun ferment taxlili (IFT) reaksiyasiga asoslangan. Dastlabki antitelolar virus organizmga tushgach, 3 haftadan so’ng shakllana boshlasa ham, qo’llanadigan diagnostikumlar ularni ilg’ay olmaydi. Shu bois, odamga ushbu infeksiya ilashgani to’g’risida virus organizmga tushganidan so’ng 90 kun o’tkazib olingan tek-shirish natijasiga qarab xulosa chiqarish mumkin.
.OITS OITV infeksiyasining yakuniy davri hisoblanadi. Virus bilan organizm o’rtasidagi kurash uzoq davom etib, virusning ustunligi bilan tugaydi. Shu vaqtdan OITS davri boshlanadi. Bu davrda odam organizmi har qanday mikrobga bardosh berish xususiya-tini yo’qotadi. Jumladan, nafas, meʼdaichak, siydik yo’llarida doimo mavjud bo’lgan va kasallik qo’zg’ata ol-maydigan mikroblar ham faollashib, turli xastaliklarni keltirib chikari-shi mumkin. Ularning namoyon bo’lishi organizmda yuzaga kelgan OITS holati bilan bog’liq bo’lgani uchun, ushbu guruhga kiruvchi kasalliklar jamlangan holda OITS bilan bog’liq (assotsiirlan-gan) infeksiyalar deb ataladi. Bular bakterial infeksiyalar, zamburug’li kasalliklar, viruslar qo’zg’atadigan kasalliklar, Kaposhi sarkomasi va h.k.
Kasallik virusi infeksiya yuqqan odamning qonida, erkaklar shahvatida, ayollarning jinsiy aʼzolari chiqindilarida va ko’krak sutida bo’ladi. Shuning uchun OITV, asosan, uch xil yo’l bilan yuqadi: qon orqali, jinsiy aloqa vositasida va infeksiya yuqqan onadan homilasiga vertikal yo’l bilan o’tadi.
.OITS bilan og’riganlarning ko’pchiligini narkomanlar (giyoxvandlar), fohishalar, gomo- va biseksuallar tashkil etadi. OITS organizmga jinsiy aloqa, parenteral muolajalar (nosteril igna, shprits va b. tibbiy anjomlar ishlatilganda), inifitsirlangan qon va uning o’rnini bosuvchi dorilarni qo’llash, aʼzo va to’qimalarni ko’chirib o’tkazish (transplantatsiya) vaqtida, shuningdek, virusni yuktirib olgan onadan homilaga homiladorlik davrida, tug’ish jarayonida va go’dak emi-ziladigan bo’lsa, ko’krak suti bilan yuqib qolishi mumkin.
O’zbekistonda OITV/OITS bilan boglits masalalar Sog’liqni saqlash vazirligining OITV/OITS xizmati tomonidan amalga oshiriladi. Respublika .OITV/OITS markazi, Qoraqalpog’iston Respublikasi OITV/OITS markazi, Toshkent shahar va viloyatlar OITV/ .OITS markazlari o’z xududlarida ushbu soha faoliyati bilan bog’liq barcha profilaktik, epidemiologik, lab. tekshiruvi, davolash tadbirlarini olib boradi. Har bir markaz qoshida o’z ixtiyori bilan lab. tekshiruvi uchun kelganlarni sir saqlagan holda tekshiradigan anonim xonalar mavjud. Maqsadli guruhlargiyohvandlar va seks xodimlari bilan virus yuqib qolishining odsini olish maqsadida xufiyona ish olib boradigan Ishonch punktlari (IP) ham ishlaydi.
Profilaktikasi. Ushbu infeksiya keng tarqalgan kasalliklardan biri bo’lgani uchun muhofaza tadbirlari ijtimoiy hayotning barcha soha vakillari ishtirokida olib borilishi lozim. Har bir yigit-qiz bu infeksiyaning tarqalish yo’llari, uning oldini oladigan tadbirlardan xabardor bo’lishi va o’zini undan ehtiyot qilishi kerak.
Belgilari[ ]
OIV yuqqandan so'ng, OITS kasalligining belgilari kishining yashash sharoiti va immunitetiga qarab, 3 - 5 yil, ba'zida undan ham ko'proq vaqt o'tgach namoyon bo'ladi. OIV yuqqan vujudda har xil hujayralarga, ko'proq CD4+T qon hujayralariga yerlashib ko'payadi. Zarar ko'rgan CD4+T hujayralari kamayib borib immunitet o'z kuchini yo'qota boshlaydi. OITSga chalingan kishining, odatta oddiygina bir nechakunda kelib kechadigan kasalliklarining muddati anchagina uzayadi, tuzalishi qiyinlashadi. Limfa bezlarida kattalashish, og'iz va terida takror-takror uchuq, yara toshishi, dog'lar paydo bo'lishi ko'riladi. Bemor, kechalari terlashga, isitmasi chiqishga, ozishga boshlaydi. Bir insonda ushbu belgilarda bir nechtasi paydo bo'lsa, o'sha insonning OITS bo'lgan bo'lish ehtimoli bo'ladi. Kaposi Sarkomasi va limfa kasalliklari bo'lsa OIV ning belgilar bo'lishi mumkin. Buni aniqlash uchun anti-OIV testi qilinadi.
Himoyalanish[ ]

  • Begona kishining qonini olishdan oldin, uning OITS testidan o'tib-o'tmaganini albatta tekshirish zarur.

  • Ishlatilgan va Stirillanmagan igna, jarrohiy asboblar, qaychi, stomotologiya asboblari, akupunktur ignalari ishlatilinmasligi zarur. Bu kabi asboblar ishlatilishdan avval albatta sterillanishi zarur. Bu kabi asboblarni biron bir kishiga ishlatishdan avval, u kishi bu asboblar haqida bilmoqchi bo'lgan butun savollarni mutahasisga so'rashi zarur.

  • OIV musbat bo'lgan bemor, hech qachon birovga qon bermasligi zarur.

  • OIV musbat bo'lgan bemor, hech qanday himoyalovchi vositasiz jinsiy aloqaga kirmasligi zarur.

  • Ochiq yaralar, vujudga mikrob/virus/bakteriyalarni olib kirmasligi yara plasterlari yoki stirillangan paxta, doka kabilar bilan bekitilishi zarur.

Jinsiy Aloqa[ ]
OIV jinsiy aloqadan ham yuqadi. OIV musbati bo'lgan bemor jinsiy aloqada himoyalovchi vositalardan foydalansa, OIVni jinsiy aloqadagi sherigiga yuqtirmasligiga deyarli butunlay kafolat beriladi.
Jinsiy aloqada himoyalovchi vosita (prezervativ)dan foydalanish, havfsiz jinsiy aloqaning birinchi shartidir. Quriladigan jinsiy aloqa, tahlikasiz deb bilinsa ham, prezervativdan foydalanish maqsadga muvofiq. Ko'pchilik OIVni faqatgina fohishalardagiyohvandlarda va shunga o'hshashlarda bo'ladi deb bilganlari tufayli ulardan tashqarida bo'lgan jinsiy aloqada himoyalovchi vositadan foydalanmaydilar. Biroq, bu tushuncha yanglish bo'lib, OITS faqatgina bir ijtimoiy guruhga oid kasallik emasdir! Kasallikning mikrobi bo'lgan OIV, jins, irq, yosh tanlamagan holda hammaga yuqishi va hammada bo'lishi mumkin.
Jinsiy aloqada prezervativni to'g'ri ishlatishni bilish shart. Prezervativ joylashgan qutini ochayotganda o'tkir, kesuvchi asboblardan foydalanish, uni taqayotgan kishining tirnoqlarini uzun bo'lishi vositani yirtilishiga yoki kesilishiga sabab bo'lishi mumkin.
Mikrob nima?[ ]
Yer yuzida yashayotgan eng kichik jonzotlar bo'lgan mikroblar bir necha milliard yildan beri bor. Biroq insonlar ularning borligini 1683 yilda bildilar. Har xil linzalar yasash hobbisi bo'lganGollandiyalik tijoratchi Antony van Leeuwenhoek bu linzalar bilan ishlayotganda juda kichik jonzotlarning mavjudligini aniqladi. Mikroblarning kasalliklarga yo'l ochganini esa, undan 2 asr keyin, XIX asrning ohirlarida bildilar. Mikroblarning juda ko'p turlari bor.
Viruslar[ ]
Viruslar eng kichik mikroblar bo'lib, bir hujayradan ham iborat emaslar. Ular faqatgina genlardan iboratdirlar.
Bakteriyalar[ ]
Bakteriyalar viruslardan ancha katta mikrobdirlar. Agar bir virus inson kattaligida bo'lganida edi, Bakteriya N'yu-Y'orkdagi "Ozodlik Haykali" kattaligida bo'lar edi. Ko'pincha o'zlarini ustida yashayotgan jonzotlar bilan oziqlanadilar. Bakteriyalar 3,5 milliard yildan beri mavjuddirlar.
Havolalar[ ]

Download 132,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish