3.2. Yaponiyada boshqaruv tizimining shakllanishi
Bugungi kunda barchamiz uchun dunyoning rivojlangan mamlakatlarida boshqaruvning tashkil etilishi masalalari juda katta qiziqish uyg‗otishi tabiiy bir hol. Chunki jahon bozorida raqobatbardosh va innovatsion ahamiyatga ega bo‗lgan sifatli mahsulot va xizmatlarni yaratishda rivojlangan mamlakatlar va ulardagi kompaniyalarning hissasi kattadir. Bunday mahsulot va xizmatlarning yaratilishi, ularning keng iste‘molchilar doirasiga kirib borishi, shuningdek, o‗zining tezkor va sifatli qarorlari bilan nafaqat xodimlari, balki mijozlari orasida ham yetakchi mavqe egallab borayotgan xalqaro va global kompaniyalarning rivojlanib borishiga eng muhim va bebaho hisoblangan inson kapitalining ishtiroki bilan erishilmoqda.
Yaponiya menejmenti ham, boshqa har qanday mamlakatdagi kabi o‗zining tarixiy xususiyatlari, madaniyati, jamiyat psixologiyasi va boshqa ko‗plab o‗ziga xos xususiyatlarni aks ettiradi. U boshqa menejment modellari singari mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayot tarzi bilan bevosita bog‗liq. Shuni ta‘kidlash joizki, boshqaruvning yaponcha usullari yevropacha va amerikacha usullardan ancha farqlanadi. Bunda yaponlar amerikaliklar va g‗arbiy yevropaliklarga qaraganda, ancha samarali boshqaruv modeliga ega degan fikrdan imkon qadar uzoqqa turishi kerak. Yana ham aniqroq aytadigan bo‗lsak, yapon menejmenti bilan Amerika va Yevropa menejmenti modellari o‗rtasidagi asosiy farqning kuzatilishiga ularning madaniyat, tarix va ma‘naviyat masalalariga o‗ziga xos yondashuvlarga ega ekanliklarining natijasi sifatida qarash mumkin.
48
Jamoaviylik ruhini qo‗llab-quvvatlashga asoslangan yapon menejmenti shaxsga ta‘sir etishning deyarli barcha axloqiy-ruhiy dastaklaridan foydalanadi. Masalan, biror-bir shaxsning o‗zi faoliyat ko‗rsatayotgan jamoa oldidagi qarzdorlik tuyg‗usi yapon mentalitetida deyarli uyat (sharm-hayo) tuyg‗usiga aynan o‗xshash tushuncha sifatida qabul qilinadi. Yaponiya soliq tizimining progressiv-fiskal mexanizmi yaponlarning boylik orttirish nuqtayi nazaridan tabaqalanishini minimal darajaga kelishini ta‘minlash bilan birga, jamoaviylik tuyg‗usidan maksimal darajada foydalanish imkoniyatini ham yuzaga keltiradi.
Yaponiyada boshqaruv tizimi shakllanishining asosiy maqsadi ham inson kapitalidan samarali foydalanish, ya‘ni zamonaviy boshqaruv tili bilan aytganda, inson resurslarini motivatsiya qilish orqali kompaniya oldiga qo‗yilgan strategik maqsadlarga erishishni ta‘minlashdir. Buning uchun inson resurslari menejmenti kompaniyaga xodimlarni tanlab olish jarayonidan boshlab, ularni karyera tizimi bo‗yicha rag‗batlantirish jarayonigacha bo‗lgan barcha muhim bosqichlardagi menejment vositalarini safarbar etadi.
Yaponiya dunyoning eng rivojlangan mamlakatlaridan biri bo‗lish bilan birga butun dunyoda mashhur yapon menejment modelining tashabbuskori sifatida ham tanilgandir. Barchada yapon menejmenti modeli qiziqish uyg‗otish bilan birga, uning boshqaruv tizimining shakllanishiga oid yondashuvlari yanada ko‗proq qiziqish uyg‗otishi tabiiy. Chunki ushbu mamlakat kompaniyalarida mehnat qilayotgan xodimlarning o‗z ish vazifalari va burchlariga yuqori darajada mas‘uliyat bilan yondashishlari, yuklatilgan topshiriqni o‗z vaqtida va sifat bilan bajarishga maksimal darajada intilishlari, yapon menejmentida amal qilayotgan mashhur kayzen strategiyasining samarali amalga oshirilishida o‗zlarining munosib hissalarini qo‗shishga intilishlari, eng asosiysi ish jarayonida ish etikasiga yuqori darajada rioya qilishlari va adolatlilik tamoyilini o‗zlari uchun muhim deb
49
bilishlari kabi xususiyatlari, chindan ham ushbu mamlakatdagi inson resurslari boshqarish tajribasiga bo‗lgan qiziqishni oshiradi.
Bugungi kunda zamonaviy menejmentning juda ko‗plab modellari mavjud bo‗lib, bular orasidan yapon va amerika menejmenti modellari dunyo miqyosida keng tan olingan yondashuvlar hisoblanadi. Shuni alohida ta‘kidlash joizki, XX asrning 30-yillaridan boshlab, ushbu mamlakatlarning kompaniyalari boshqaruvchilari o‗rtasida o‗zaro tajriba ayirboshlash jarayoni amal qilib, bu jarayon hozirga qadar davom etib kelmoqda. Garchi XX asrning 30-60-yillarida Amerika menejment modeli yapon menejmenti uchun namuna bo‗lib kelgan bo‗lsa, 70-yillaridan tortib 90-yillarining oxirigacha buning aksi bo‗lib keldi. Hozirgi kunda zamonaviy axborot kommunikatsiya tarmoqlari va innovatsion xizmatlarning keng miqyosda tarqalayotganligi ikkala modelning o‗zaro yaqinlashuviga sabab bo‗lmoqda. Lekin bunday yaqinlashuv kompleks tarzda va jadal sur‘atlarda bo‗lmayotganligining asosiy sababi barchamizni qiziqtirishi tabiiy.
Xo‗sh, boshqaruvning yaponcha usuli Yevropa va Amerikaning ko‗pchilik mamlakatlarida foydalaniladigan menejment usullaridan nimasi bilan farq qiladi? Birinchi navbatda, o‗zining yo‗naltirilganligi bilan: Yaponiyada boshqaruvning asosiy predmeti mehnat resurslari hisoblanadi. Yapon boshqaruvchisining o‗z oldiga qo‗yadigan maqsadi, asosan, ishchi-xodimlarning mehnat unumdorligini oshirish hisobiga korxona samaradorligini oshirishga erishishdir. Yevropa va Amerika menejmentida esa asosiy maqsad, bundan farqli o‗laroq, daromadni maksimallashtirishga, ya‘ni eng kam kuch sarflab, eng ko‗p foyda olishga qaratiladi.
Menejment bo‗yicha yapon mutaxassisi Xidoki Yosihara fikricha Yaponiya menejmenti modeli quyidagi o‗ziga xos xususiyatlar bilan xarakterlanadi:
Bandlikning kafolatchanligi va ishonchlilik holatini yaratish. Bu kafolatlar mehnat resurslarining barqarorligiga olib keladi. Barqarorlik
50
boshqaruvchilar va ishchi xodimlar o‗rtasidagi muvozanatni yaxshilaydi. Yaponlar fikricha, bu narsa kompaniya faoliyatini yaxshilashga xizmat qiladi. Bandlik kafolati Yaponiyada umrbod ishlash sistemasini ta‘minlaydi.
Birdamlik va oqibatlilik. Agar hamma boshqaruvchilar va ishchi-xodimlar korxona ma‘lumotlaridan foydalansa, uning maqsadini aniq bilsa, u holda korxonada birdamlik va ishlab chiqarish samaradorligi yuqorilashadi. Shuning uchun ham yapon kompaniyalarida har bir ishchi-xodimga korxonaning aniq maqsadi tushuntiriladi va ularga ma‘muriyat tomonidan har xil yordam ko‗rsatiladi.
Axborotga asoslangan boshqaruv. Axborotlarni jamlash va ularni sistematik tarzda ishlab chiqarishga joriy qilish, ish jarayonini, ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi. Mustaqillik tufayli O‗zbekiston tarixida yangi davr boshlandi. Shuning uchun ham yoshlarimizning ma‘lumot va kasb-kor tayyorgarlik darajasi XXI asrga mos ravishda zamon bilan hamnafas bo‗lishlari kerak. Bunda boshqaruv sistemasi, ayniqsa, yangi kirib kelayotgan fanlar-menejment, marketing, strategik menejment, innovatsion menejment va shu kabi boshqa fanlarni chuqur o‗rganishlari kerak. Masalan, rivojlangan mamlakatlarning boshqaruv sistemasini olsak, xorij kompaniyalarida boshqaruvchilar tomonidan har oy oxirida foyda va zararlar, ishlab chiqarish hajmi, sifati va boshqalar hisoblanadi va ko‗rib chiqiladi, yomon natijalar aniqlansa, darhol chora ko‗riladi.
Sifatga mo‗ljallangan boshqaruv. Kompaniya prezidentlari va yetakchilari, ko‗pincha, sifat nazorati haqida gapirishadi. Boshqaruvchining mag‗rurligi uning sifat nazoratini qay tarzda amalga oshirilgani bilan bog‗liq. Shuning uchun ham yapon boshqaruvchilari sifatni nazorat qilishga katta e‘tibor qaratishadi. Shuni ta‘kidlash kerakki, ushbu xususiyat yapon menejmentining eng muhim xususiyati bo‗lib, aynan shu xususiyatning amaldagi ifodasini yapon
51
mahsulotlarining dunyo miqyosida eng sifatli mahsulotlar sifatida nom qozonganligida ko‗rishimiz mumkin. Mahsulot sifatini yaxshilishda zarur va muhim omillardan biri, sifat to‗garaklari faoliyatidir. Sifat to‗garaklari ishchilar, muhandislar va xizmatchilardan tashkil topgan ixtiyoriy jamoa yig‗ilmalaridir. Ularning soni va tarkibi ishlab chiqarishning ehtiyojidan va aniq ish sharoitlaridan kelib chiqadi.
1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |