3-BOB. IJTIMOIY MENEJMENT - XX ASR OXIRI XXI ASR BOSHI BOSHQARUV MADANIYATINING KO„RINISHI
3.1. Zamonaviy boshqaruv madaniyati.
3.2. Yaponiyada boshqaruv tizimining shakllanishi.
3.3. Tashkil etish madaniyati konsepsiyasi.
3.1. Zamonaviy boshqaruv madaniyati
Jamiyatni boshqarish zamonaviy muammolari yechimida madaniy omilning roli ortmoqda. Bu qator holatlar bilan izohlanadi.
Birinchidan, jamiyat hayotining ijtimoiy nazoratchilari axborot inqilobi talablari (iqtisodiy, huquqiy, siyosiy) bilan birga tobora katta ahamiyat kasb etmoqda.
Ikkinchidan, ular jamiyatdagi o‗zaro bog‗liq kuchlarning yig‗indisi sifatida kengayib, tizim ko‗rinishiga kelmoqda va o‗z ta‘sir maydonini kengaytirib, jamiyatning har bir elementi faoliyatiga kirib kelmoqda.
Uchinchidan, yalpi jamiyat mahsulotidagi aqliy mulk hissasi ortib bormoqda va rivojlangan davlatlarda 50% gacha yetdi. Bu jamiyatni uning asosiy resurslari – inson va aqldan oqilona foydalanishdagi mas‘uliyat va mohiyatni oshiradi.
Boshqarish madaniyatining belgilangan bir qancha madaniyat qismlari mavjud. Madaniyatning asosiy elementlari odam bilimi, hissiyotlari, kayfiyati, boshqaruv, falsafiy va iqtisodiy konsepsiyalari, fikrlash jarayonlari hisoblanadi. Biroq belgilangan madaniyatning manbalari bo‗lgan boshqaruv mahorati, turmush sharoiti, urf-odatlar, tantanalar, jamiyat munosabatlari va boshqalarsiz, umumiy ishlab chiqarish, takror ishlab chiqarish va moddiy-ma‘naviy ne‘mati iste‘moli bo‗lmaydi.
45
Madaniyatning asosiy masalasi - inson o‗zini takror ishlab chiqarish, uning bilimi, yangiliklari, moddiy va ma‘naviy ne‘matlarini hal qilish hisoblanadi.
Yuqorida aytilganlarni hisobga olib, boshqaruv madaniyati elementlarini umumiy madaniyatning bir qismi sifatida ajratib ko‗rsatish mumkin:
boshqaruv bilimlari (menejment va boshqaruv nazariyalari) - kayfiyat, ong muvofiqligi;
jamiyat munosabatlari namuna, me‘yorlar va bilimlar mujassamlashtirgan tashkiliy boshqaruvchanlik inson madaniyati elementlaridir;
boshqaruv faoliyati, haqiqiy ijodiy xarakterga ega bo‗lib, ijtimoiy rivojlanish mahsuli va ijtimoiy mehnat jarayonining obyektiv zaruriy unsuridir.
Xususan, boshqaruv madaniyatini boshqaruv faoliyatining ma‘lum bosqichidagi boshqaruv bilimlari, hissiyotlari, ne‘matlari, boshqaruv va tashkiliy munosabatlar yig‗indisi sifatida tushunish mumkin. Uning shakllanish mexanizmi quyidagicha bo‗lish mumkin:
bilimlar, boshqaruv konsepsiyalari, loyihalari, dasturlarining shakllanishi;
boshqaruv munosabatlarining rivojlanishi;
boshqaruv sohasida ijodiy faoliyatni rag‗batlantirish;
boshqaruv texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish. Boshqaruv madaniyatida oqilona boshlash, bilim, zamonaviy
konsepsiyalar, ilmtalab texnologiyalar muhim ahamiyatga ega. Boshqaruv asosining zamonaviy bilimlarisiz jamiyatni shakllantirib bo‗lmaydi. «Menejment» ingilizcha so‗z bo‗lib, lotincha so‗z «manus» – qo‗l o‗zagi ma‘nosini anglatadi. Dastavval, u hayvonlarni boshqarish
46
sohasiga tegishli bo‗lgan va otlarni boshqarish san‘atini anglatgan. Keyinchalik bu so‗z inson faoliyati sohasini anglatib, odam va tashkilotlarni boshqarish amaliyoti va ilmini ifodalay boshladi. Boshqaruv - bu yakuniy natijani olishga qaratilgan xatti-harakatlar, usullar yordamida tashkilot, jamiyat maqsadlariga erishish.
XXI asrda dunyo global xarakterdagi muammolar oldida turibdi. Lekin ularning keskinlashuvi sodir bo‗lmaguncha, yechish usullari eskiligicha qoladi. Buning negizi - madaniyatning, shuningdek, inson madaniyatining bir qismi bo‗lgan boshqaruv madaniyatining ortda qolishidadir. Dunyo yangi milliy madaniyatlarning xilma-xilligi davriga qadam qo‗ydi. Madaniyatlarning ko‗pligi - bu konfrontatsiyaning ko‗payishi uchun asos emas, balki tolerantlik - o‗zaro chidam, odamlarning o‗zaro bir-birini tushunishi uchun sharoit. Lekin bu hozircha sodir bo‗lmayapti. O‗zini o‗tab bo‗lgan «an‘anaviy» va «kuchli» madaniyatlar na‘munalari dunyoga, uning alohida regionlariga kuch usulida keskinlik kiritib, sayyoradagi ijtimoiy keskinlik holatini kuchaytirmoqda. Insoniyat tirik qolishi uchun mehnat faoliyatini, ishlab chiqarish munosabatlarini tashkil etishda qator progressiv o‗zgarishlar kiritishi lozim. Lekin bugun sivilizatsiyani bunday zamonaviylashtirish faqatgina madaniyatlar, bilimlar, ne‘matlar, haqiqatni anglash usullarini tezda almashtirish sharoitidagina mumkin. Jamiyatni zamonaviy-lashtirish muhim, lekin madaniy yangilanish undan oldin bo‗lishi va doimo uni ta‘minlashi, sur‘at va muddatlarini aniqlashi lozim. Jamiyat madaniyati «parametrlarini», uning alohida regionlari, mehnat assotsiatsiyalarini o‗zgartiribgina qolmay, uni sifatli rivojlanish bosqichiga olib chiqishi mumkin.
Bir tomondan, madaniyat butun jamiyat tuzilmasi, jamiyat munosabatlaridan tezroq o‗zgaradi. Bunga madaniyat, fan, ta‘lim, aqliy mulkka istiqbolli qo‗yilmalar ko‗maklashadi.
47
Boshqa tomondan, insonni boshqa madaniy muhitga tez ko‗chirib bo‗lmaydi. Bu xalqaro huquq va insonning oliy ne‘mat sifatida himoya qilish maqsadiga ega bo‗lgan odillik va etika me‘yorlarining buzilishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |