Kirish. Mavzuning muhimligi
I bob. Hozirgi kundagi xalq ta’limi tizimidagi boshlang’ich tashkilot yetakchilari faoliyatini o’rganish
Boshlang’ich tashkilot yetakchilari faoliyati uchun yaratilgan imkoniyatlar
Yetakchilarni yuqori darajali mutaxassis qilish uchun xorijiy davlatlar tajribasini amalda qo’llash
II bob. Boshlang’ich tashkilot yetakchilari kasb rivojlanishiga to’siq bo’layotgan muammolar va ularning yechimi
2.1 Boshlang’ich tashkilot yetakchilarini ish tajribasini maktablar misolida o’rganish
2.2 Yuzaga kelgan muammolarni aniqlash va ularni yechish uchun takliflar ishlab chiqish
Xulosa
Kirish
Mavzuning dolzarbligi.
Bugungi kunda boshlang’ich tashkilot yetakchilarining kasbiy rivojlanishi juda muhim. Chunki ular vatanimiz kelajagi bo’lmish yosh avlod. Ularning faoliyati davomida kasbiy o’sishi uchun amaliy mexanizm ishlab chiqilmagan. Bu esa yetakchilarning iqtidor va qobiliyatlarini namoyon qilishlariga to’siq bo’lmoqda. 35 yoshga to’lgan yetakchilar o’z lavozimini tark etib, boshqa lavozimda ishlashiga tavsiya qilinmayapti. Vujudga kelgan vaziyat muammoni hal qilish kerak ekanligini ko’rsatmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyuldagi PF 5106 farmonida kasb rivojlanish aytib o’tilgan. Mamlakatimiz aholisining 60% dan ziyodi yoshlar ekanini hisobga olsak, mavzu bugungi kun uchun o’ta dolzarb.
Yoshlar bilan ishlashda ularga qanday ta’sir etish, qanday qilib ularning boshlang’ich tashkilot faoliyatida faol ishtirokini ta’minlash, ijtimoiy jarayonlarda faol qaynashish ishtiyoqini uyg’otish, yoshlarning muammolarini yechish ishiga keng jamoatchilini jalb qilish, yoshlar tomonidan ilgari surilayotgan sog’lom g’oyalarni hayotga tatbiq etish, murakkab vaziyatlarda jamoa bilan hamjihat bo’lib to’gri qaror qabul qilish kabi masalalarni hal eta olish yetakchi uchun kuda muhim.
Yetakchi-jamoaning manfaatlarini birlashtira olgan, boshqalarni ma’lum maqsadga yetaklay bilgan hamda buningnatijasida jamoa ishonchiga muvaffaq bo’lgan shaxsdir.
Maktabda boshlangich tashkilot yetakchisini o’z o’rni bor. Chunki hayotga endi-endi qadam qo’yayotgan yosh qalb, yosh inson hamisha ma’naviy yetakchiga, murabbiy-ustozga muhtoj bo’ladi. Agar biz bu malada sustkashlikka, beparvolikka yo’l qo’ysak, bolalarimizni boshqalar yetaklaydi. Bu esa biz uchun fojia degani.
Hammamiz yaxshi bilamizki, o’sib-ulg’ayish jarayonida bolalar orasida tabiiy yetakchilar paydo bo’ladi. Bu-yoshlikning o’ziga xos qonuniyati bo’lib, ular boshqa bolalardan o’z kuchi va qobiliyati bilan ajralib turadi. Bolalarning aksariyati, istasa-istamasada, ularni tan oladi, ularga yaqin bo’lishga, atrofida jipslashishga, xatti-harakatlaridan ibrat olishga intiladi.
Bundan chiqadigan hayotiy muhim xulosa shuki, biz yoshlarni bir tashkilot atrofida birlashtirishda, avvalo, ana shu yetakchilarning kuchi va salohiyatidan oqilona foydalanishni o’ylashimiz, tabiatan yetakchi bo’lib tug’ilgan bunday bolalarni qo’llab-quvvatlab, ularning qaynab turgan kuch-g’ayratini sog’lom o’zanga qaratishimiz, jamoatchilik o’rtasida tanitib, faoliyatiga rasmiy tus berishimiz, intilishlarini ijobiy tomonga burib yuborishimiz kerak”. Bu ishlarni amalga oshirish uchun boshlang’ich tashkilot yetakchilari faoliyatidan samarali foydalanishimiz kerak.
Hozirgi vaqtda xalq ta’limi tizimida 9703 nafar boshlang’ich tashkilot yetakchilari faoliyat olib bormoqda. Boshlang’ich tashkilot yetakchilari 35 yoshdan keyin ushbu lavozimda faoliyat olib bora olmasligini hisobga olsak, ularni boshqa yuqori lavozimga tavsiya qilih juda muhim. Shunday qilinmasa yetakchilar ishsiz qolib ketishi mumkin. Ish faoliyati natijasiga qarab ularni Ichki ishlar vazirligi xodimi, yoshlar ittifoqi tuman kengashi raisi, ijtimoiy himoya, va yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlanish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha tuman hokimi o’rinbosari, ma’naviy-ma’rifiy, o’quv ishlari bo’yicha maktab direktori o’rinbosari, mahalla fuqarolar yig’ini raisi lavozimlariga tavsiya qilish lozim. Buning uchun ularning ish faoliyatini doimiy o’rganish kerak. Bugungi kunda yetakchilarni lavozimga tavsiya qilish uchun aniq bir mexanizm ishlab chiqilmagan. Bu esa boshlang’ich tashkilot yetakchilariga faoliyatidan rozi emasligini keltirib chiqaradi, ishiga loqaydsizlik bilan qaraydi, faoliyatidan manfaat topmaydi. Yoshlarni yuqori lavozimga tavsiya qilish bo’yicha mexanizm ishlab chiqishga harakat qildim.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenting 2017-yil 5-iyuldagi PF-5106-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirsh va O’zbekiston yoshlar ittifoqining faoliyatini qo’llab-quvvatlash to’g’risida” gi farmoni va 2017-yil 18-iyuldagi PK-3138-sonli “O’zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to’g’risida” gi qarori, O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda O’zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining qo’shma qarorlarida yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkilot yetakchilari vazifalari ko’rsatib o’tilgan. Qo’shma qarorda yoshlar yetakchisi lavozimiga qabul qilingan kadrlarni umumiy o’rta ta’lim muassasasi direktori o’rinbosari lavozimiga zaxiraga kiritilishi aytilgan, lekin amalda bu holat deyarli amalga oshirilmaydi. Yana Yoshlar yetakchisni Ittifoqning mahalliy kengashi raisi lavozimiga kadrlar zaxirasiga kiritishi aytilgan. Amalda bunday qilinmaydi, tanish-bilishchilik, poraxo’rlik holatlari kuzatiladi. Chunki aniq mexanizm ishlab chiqilmagan.
Boshlang’ich tashkilotning asosiy maqsadi –ta’lim muassasida yoshlarning ta’lim-tarbiya olishi uchun munosib sharoit yaratib berishga ko’maklashish, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda har tomonlama barkamol avlodni tarbiyalashga ko’maklashishdan iborat. Bularni yakka o’zi amalga oshira olmaydi, maktab direktori va tuman raisi unga amaliy yordam berishlari lozim.
Boshlang’ich tashkilot o’z oldiga quyidagi vazifalarni qo’yadi:
-yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning ongiga milliy istiqlol g’oyasi, milliy qadriyatlar, diniy bag’rikenglik, millatlararo totuvlik va ommaviy qadriyatlarni chuqur singdirish;
-yoshlarga O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida belgilangan fuqarolik huquq va burchlarini anglatish, ularga mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik va huquqiy islohotlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish;
-ta’lim muassasi yoshlarining muammolari, ta’lim sifati, bolalarning fanlarni o’zlashtirishi, darsliklar va kutubxonadan foydalanish darajasini o’rganib borish, yoshlar murojaatlarini ko’rib chiqish va hal etishda yordam berish;
-yoshlarning chuqur bilim olishi, chet tillarini o’rganishi va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini puxta egallashi hamda ularni kasb-hunarga yo’naltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
-iste’dodli yoshlarni kashf etish, ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirishga qaratilgan ishlarni amalga oshirish, intellektualva ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga ko’maklashadigan klub va to’garaklar faoliyatini tashkil etish;
-imkoniyati cheklangan yoshlar hamda maxsus ehtiyojli bolalarga inklyuziv ta’lim olish uchun sharoit yaratishga qaratilgan ishlarni qo’llab-quvvatlash; Bu ishlar makab psixologi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
-notinch oila farzandlari, tarbiyasi og’ir va nosog’lom muhitga tushib qolgan yoshlarning jamoyatga ijtimoiy moslashuvi hamda darslarni muntazam qoldirib kelayotgan yohlarni ta’lim jarayoniga qaytarishga qaratilgan tizimli ishlar olib borish;
-yoshlar o’rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olishga qaratilgan huquqiy-tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish;
-yoshlar o’rtasida litobxonlikni keng yoyish, ularning kitobga bo’lgan muhabbatini oshirish va kitobxonlik madaniyatini rivoj;antirish;
-yoshlarda “ommaviy madaniyat” niqobi ostida kirib kelayotgan zararli illatlar, axborot xurujlari. Diniy aqidaparastlik, missionerlik va ekstremistik g’oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish;
-o’quvchilar o’rtasida yoshlar turizmini rivojlantirish, ularning o’zlari istiqomat qilayotgan hududdagi tarixiy obidalar, muqaddas qadamjolar, muzeylar, teatrlar, mustaqillik davrida barpo etilgan inshootlarga tashriflarini uyushtirish;
-yoshlar, ayniqsa, qiz bolalar o’rtasida sportni keng targ’ib etish, ularning sportga bo’lgan qiziqishlarini qo’llab-quvvatlash va turli sport musobaqalarida ishtirok etishlari uchun zarur sharoitlarni yaratib berish;
-yoshlarga tibbiy madaniyat, xususan, shaxsiy gigiyena, ratsional ovqatlanishga rioya etish va kasalliklardan himoyalanish yo’llarinikeng tushuntirishga qaratilgan targ’ibot tadbirlarini tashkil etish;
-yoshlar o’rtasida ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni targ’ib qilish orqali ularda ekologik madaniyatni yuksaltirish, ekologik tashabbuslarni qo’llab-quvvatlash.
Boshlang’ich tashkiloy yetakchisiga yuklatilgan vazifalar juda ko’p. Barchasini o’zi amalga oshira olmaydi. Unga 18 ta yo’nalish sardorlari yordam beradi. Ammo maktabda yetakchi va sardorlarning faoliyatini olib borish uchun ko’p qiyinchiliklar vujudga keladi. Maktab direktori, o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosarlari o’zlarining vazifa va vakolatlarini unutib, yetakchi erkin faoliyat olib borishiga to’sqinlik qiladi. Ko’pchilik maktablarda yetakchilar xonasi to’liq jihozlanmagan, faoliyat olib borish uchun sharoit yaratilmagan. Boshlang’ich tashkilot yetakchisining huquqlari mavjud bo’lib, quyidagilardan iborat:
-ta’lim muassasasi yoshlarining huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan o’quv,tarbiya va boshqa jarayonlarda ishtirok etish, mas’ul xodimlar va o’qituvchilardan zarur axborot va ma’lumotlarni olish;
-ta’lim muassasidagi darslar sifati, o’qituvchilar saviyasi va o’quvchilarga munosabati, shuningdek, kutubxona, sport obyektlari va boshqa;ar faoliyati yuzasidan o’rganishlar, reydlar, ijtimoiy so’rovlar o’tkazish;
-ta’lim muassasidagi sharoitlardan to’la foydalanish, yoshlar ishtirokida to’garaklar, klublar tashkil etish, ish rejasida chora tadbirlarning ta’lim muassasasi rahbari va yuqori tashkilotlarga takliflar kiritish;
-Nizomda belgilangan tartibda ta’lim muassasasida o’zining tuzilmalarini tashkil etish;
-o’z faoliyatiga doir ma’lumotlarni tarqatish, targ’ib etish.
Boshlang’ich tashkilot tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan boshqa huquqlardan ham foydalanishi mumkin.
Yoshlar muammolari yechish bo’yicha yuqori tashkilotlarga taklif berilsa yechimini deyarli topmaydi. Bu yoshlar muammolariga e’tiborning yo’qligini yoki mansabdor shaxslarga yoqmasligini ko’rsatadi.
Boshlang’ich tashkilotning majburiyatlari quyidagilardan iborat:
-O’zbekiston Respubliksi Konstitutsiyasi, qonunlari,Yoshlar ittifoqi hamda ta’lim muassasasi tomonidan qabul qilingan me’yoriy hujjatlar doirasida faoliyat yuritish, ularda belgilangan tartib qoidalarga rioya qilish;
-yuqori tashkilotlar, ta’lim muassasasi pedagogik kengashi hamda rahbariyatning tegishli topshiriqlari va ko’rsatmalarini bajarish;
-Yoshlar ittifoqining mahalliy kengashi hamda ta’lim muassasasi rahbariga o’z faoliyati to’g’risida hisobotlarni o’rnatilgan tartibda taqdim etib borish;
-boshlang’ich tashkilot uchun ajratilgan xonalar, moddiy-texnik vositalar va mablag’lardan to’g’ri foydalanish;
-ta’lim muassasasining o’quv, tarbiya va boshqa ishlariga ko’maklashish.
Boshlang’ich tashkilotning tashkiliy tarkibiga quyidagilar kiradi:
-hisobot-saylov (umumiy) yig’lishi;
-boshlang’cih tashkilot kengashi (yoshlar yetakchisi, sardorlar kengashi);
-boshlang’ich tashkilot qoshidagi yoshlar tuzilmalari (to’garaklar, klublar va boshqalar);
-sinf sardorlar kengashi.
Boshlang’ich tashkilotning hisobot saylov yig’ilishi ham mavjud.
Uning tartibi quyidagicha;
-hisobot-saylov yig’ilishi boshlang’ich tashkilotning rahbar organi bo’lib, har o’qu yilining boshi (sentyabr oyi) da o’tkaziladi;
-hisobot-saylov yig’ilishida boshlang’ich tashkilotning hisoboti tinglanadi, uning faoliyatiga baho beriladi, kengash tarkibi shakllantiriladi, yoshlar yetakchisi tanishtiriladi, sardorlar kengashi a’zolari saylanadi, kelgusidagi asosiy vazifalar o’quv yili ish rejasi belgilab olinadi;
-ta’sis yig’ilishida yoshlar yetakchisi tanishtiriladi hamda sardorlar kengashi a’zolari saylanadi;
-umumiy yig’ilish-yoshlar yetakchisi hamda umumiy o’rta ta’lim muassasasining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari tomonidan hafatning har payshanba kuni Yoshlar ittifoqi hamda haftaning har juma kuni “Kamalak” bolalar tashkiloti bo’yicha o’tkazilib, unda umumiy o’rta ta’lim muassasasi psixologi, umumiy o’rta ta’lim muassasasining sardorlar kengashi a’zolari, sinf yoshlar ittifoqi va “Kamalak” sardorlari hamda tegishli o’quvchi-yoshlar ishtirok etadi.
Yoshlar yetakchisi quyidagi vazifalarni bajaradi:
-boshlang’ich tashkilotning faoliyatiga rahbarlik qiladi;
-har haftaning payshanba kuni Yoshlar ittifoqi hamda har haftaning juma kuni “kamalak” bolalar tashkiloti bo’yicha ta’lim muassasasi yoshlarining muammolari, ta’lim sifati, o’quvchilarning fanlarni o’zlashtirishi, davomati, darsliklar va kutubxonadan foydalanish darajasi hamda yoshlar murojaatlari bo’yicha umumiy yig’ilishlar o’tkazadi;
-umumiy o’rta ta’lim muassasasi yoshlarining huquq va manfaatlarini himoya qiladi;
-yoshlar masalasiga oid davlat qarorlari va dasturlari ijrosini ta’minlaydi;
-boshlang’ich tashkilot faoliyatini tashkil etadi va uning nomidan ish yuritadi;
-boshlang’ich tashkilot tarkibidagi to’garaklar, klublar va boshqa tuzilmalar ishini boshqaradi;
-sardorlarga tashkiliy-uslubiy ko’mak beradi;
-yuqori tashkilotlar va ta’lim muassasasi rahbariga boshlang’ich tashkilot faoliyati yuzasidan so’ralgan ma’lumot, axborot va hisobotlarni taqdim etadi;
-boshlang’ich tashkilotda belgilangan nomenklatura asosida ish yuritadi, yuqori tashkilotlar va ta’lim muassasasi rahbariyati topshiriqlarining bajarilishini ta’minlaydi;
-boshlang’ich tashkilot uchun ajratilgan xona, moddiy-texnika vositalari va mablag’lardan maqsadli foydalanilishini ta’minlaydi. Moddiy-texnika vositalari va boshlang’ich tashkilot uchun ajratilgan xona talab darajasida emas.
-maktab radiosi faoliyatini yo’lga qo’yadi. Radio faoliyatini yo’lga qo’yishga maktab direktori sharoit yaratib bermaydi. Natijada, ko’pchilik maktablarda radio yo’q.
-har hafta sinflar o’rtasida monitoring tizimi hamda “Yoshlar ittifoqi” va “Kamalak” ko’chma kuboklarini joriy etadi.
Yoshlar yetakchisi umumiy o’rta ta’lim muassasasining pedagogik kengashi va boshqa yoshlar masalasiga oid komissiyalarga a’zo sifatida kiritiladi.
2. Boshlang’ich tashkilot yetakchilari faoliyati uchun sharoit qisman yaratib berilgan. Ayrim maktablarda o’quvchilar 1000 nafardan ortiq bo’lsa ham yetakchi shtati bitta qilib belgilangan. Bu yetakchi faoliyati uchun yetarlicha muammo. Xalq ta’limi tizimida o’quvchilar 800 nafardan oshsa 0,5 ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari, o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari shati joriy qilinadi. Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkilot yetakchilari uchun esa shtat joriy qilinmagan. Yetakchilar xonalari talab darajasida jihozlanmagan. Yetakchi nomenklaturasi keragidan ortiq darajada ko’p. Uning faoliyati faqat qog’ozbozlikdan iborat bo’lib qolmoqda. Yetakchi kelgusida qayerda ishlashini bilmaydi. 35 yoshdan keyin u boshqa lavozimd ishlashiga to’gri keladi, chunki eng yuqori 35 yosh eng yuqori yosh qilib belgilangan. Boshlang’ich tashkilot yetakchisini kasbiy o’stirish uchun quyidagi mexanizmdan foydalanish taklifini beraman;
Yoshlar ittifoqi tuman kengashi raisi bo’lishi uchun boshlang’ich tashkilot yetakchisi quyidagi ko’nikmalarga ega bo’lishi kerak;
Oliy ma’lumotli, 35 yoshdan oshmagan bo’lishi;
Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkilot yetakchisi lavozimida kamida 3 yil faoliyat yuritgn bo’lishi;
Faoliyati davomida tuman, viloyat, respublika tanlov va musobaqalarida yuqori natijalarni egallagan bo’lishi.
Boshqaruv salohiyati va tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo’lishi;
Davlat siyosatini to’g’ri yurita olishi;
Yoshlar muammolirini o’rganib, yechimini topgan bo’lishi;
Tumandagi islohotlarda faol ishtirok qilgan bo’lishi;
Ish faoliyati davomida yoshlarga yangi imkoniyatlar yaratgan bo’lishi;
Zamonaviy liderlik va boshqaruv qobiliyatiga ega bo’lishi;
Boshlang’ich tashkilot yetakchisining IQ darajasi 110-120 dan kam bo’lmasligi;
Ilmiy salohiyati yuqori, tuman, viloyat, respublika gazeta va jurnallarida maqolalari ko’p chiqqan bo’lishi;
Axborot texnologiyalari bo’yicha yuqori ko’nikmaga ega bo’lishi;
Tadbirkorlik faoliyatini tushunishi, biznes reja tuza olishi kerak;
Xorijda malaka oshirgan bo’lishi qo’llab-quvvatlanadi;
Yoshlarning muammolarini bilishi va hal qila olishi;
O’quvchilari bir yilda 2 marta yoshlar ittifoqi tanlovlariing respublika bosqichida o’rinlarni egallagan bo’lishi;
Hududida yilda 3 marta yoshlar muammolarini yechish bo’yicha taklif bera olgan bo’lishi kerak;
B2, CEFR sertifikatiga ega bo’lishi kerak.
O’zbek va jahon adabiyoti yozuvchilari kitoblarini ko’p o’qigan bo’lishi. Kitob o’qiganligini savol-javob orqali aniqlashimiz mumkin.
Tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari bo’lish uchun quyidagi ko’nikmalarga ega bo’lish kerak;
Oliy ma’lumotli bo’lishi;
Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkilot yetakchisi lavozimida kamida 5 yil faoliyat yuritgn bo’lishi;
Yoshlar muammolarini yechish bo’yicha tuman hokimiga ko’p marta taklif bilan chiqqan bo’lishi va taklifi qabul qilingan bo’lishi kerak;
Boshqaruv salohiyati va tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo’lishi;
Davlat siyosatini to’g’ri yurita olishi;
Yoshlar muammolirini o’rganib, yechimini topgan bo’lishi;
Tumandagi islohotlarda faol ishtirok qilgan bo’lishi;
Ish faoliyati davomida yoshlarga yangi imkoniyatlar yaratgan bo’lishi;
Zamonaviy liderlik va boshqaruv qobiliyatiga ega bo’lishi;
Boshlang’ich tashkilot yetakchisining IQ darajasi 120 dan kam bo’lmasligi;
Faaoliyati davomida ta’lim muassasasi, mahalla, nodavlat va notijorat tashkilotlari, profilaktika inspektorlari va ota-onalar bilan o’zaro hakmorlikda ishlgan bo’lishi va ulardan biror martashikoyat tushmagan bo’lishi kerak ;
Ta’lim tizimining barcha bosqichlarida o’quv jarayoni sifati, o’quvchilarning davomatini yuqori darajada ta’minlagan bo’lishi;
Aholi, yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, milliy adabiyotimiz va jahon adabiyotining eng yaxshi namunalarini keng targ’ib qilishda ko’pab ishlarni olib brogan bo’lishi;
“ommaviy madaniyat” ning ko’rinishlariga qarshi ma’naviy profilaktika ishlariga rahbarlik qilgan bo’lishi;
Chet tillarini bilishi, B2 CEFR sertifikatlariga ega bo’lishi;
Yoshlarning bo’sh vaqtini mazmuni tashkil etish bo’yicha musobaqa, tanlov, tadbirlarni ko’plab o’tkazgan bo’lishi
Yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash, aholining ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlar tarbiyasi masalasida jamoatchilik nazoratini tashkil etish, jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash sohasidagi vazifalarni samarali bajarishga yo’naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirgan bo’lishi;
Hududida yilda 3 marta yoshlar muammolarini yechish bo’yicha taklif bera olgan bo’lishi kerak;
O’zbek va jahon adabiyoti yozuvchilari kitoblarini ko’p o’qigan bo’lishi. Kitob o’qiganligini savol-javob orqali aniqlashimiz mumkin.
Yakka tartibda ta’lim oluvchi o’quvchiga sovg’a bergan bo’lishi;
Mahalla fuqarolar yig’ini raisi bilan mahalladagi yoshlar bandligini ta’minlash bo’yicha amaliy ishlarni qilgan bo’lishi kerak.
2017-yil 5-iyuldagi yoshlar masalalari bo’yicha respublika idoralararo kengashining bayonnomasida joylarda hokimlar, sud, prokuratura, ichki ishlar organlari, sog’liqni saqlash, xalq ta’limi tashkilotlari yoshlarbilan doimiy muloqotni yo’lga qo’ysin deb aytilgan. Ammo amalda bunday ishlar xo’jako’rsinga qilinmoqda. Bu yoshlarning muammolarini ko’paytirib, barchasiga yoshlar ittifoqi aybdor bo’lib qolmoqda. Taklifim shuki, yoshlar masalariga barcha tashkilotlar birdek javob berishini yo’lga qo’yish kerak. Bayonnomada yana Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida yangidan joriy etiladigan “yoshlar yetakchisi” shtat birligi uchun lavozim talablarini ishlab chiqish va tasdiqlash kerakligi aytilgan, lekin yetakchini “Sotsial lift” orqali qanday qilib yuqoriga ko’tarish lozimligi keltirilmagan.
Maktab boshlang’ich tashkilot yetakchisining o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari bo’lishi uchun unga quyidagi vazifalar qo’yiladi:
O’qituvchilarga dars soatlarini to’g’ri taqsimlash uchun tarifikatsiyani to’g’ri tayyorlash olishi kerak, buni qilish uchun hisob kitobni bilishi maqsadga muvofiq. Hisob kitobni bilishini aniqlash maqsadida yetakchini matematika fanidan imtihon qilamiz, test olamiz;
Maktab dars jadvalini to’gri tuza olishi kerak. Buning uchun u fanlarni o’quvchilar o’zlashtirish darajasi, oson-qiyinligiga qarab taqsimlashni bilishi kerak. Buni aniqlash maqsadida psixologiya fanidan test va suhbat o’tkaziladi. Test va suhbatni viloyat xalq ta’limi boshqarmasi xodimlari o’tkazadilar;
Aniqlangan bo’shliqlarni bartaraf etish maqsadida qo’shimcha mashg’ulotlar o’tkazadi. Buni aniqlash uchun kreativ, qarorlarni tez va aniq qabul qila olishini aniqlashimiz kerak. Buni maxsus tayyorlangan KEYS savoli yordamida aniqlaymiz.
Chorak yakuni bo’yicha aniqlangan bo’shliqlarni bartaraf etish bo’yicha qo’shimcha mashg’ulotlar jadvalini tuzishi kerak. Buni aniqlash maqsadida yetakchiga jadval tuzdirib ko’ramiz.
Pedagoglarga sinf jurnali va boshqa me’yoriy ish hujjatlarini yuritish bo’yicha uslubiy yordam beradi. Yetakchining bu xislatini aniqlash maqsadida unga ish hujjatlari: dalolatnoma, ariza, bayonnoma, tushuntirish xatlarini yozdirib ko’ramiz. Uslubiy yordam bera olishini aniqlash uchun yetakchidan pedagogik metodikani so’rab ko’ramiz.
“Ta’lim to’g’risida” gi qonunni bilishi kerak. Buni aniqlash uchun yetakchiga “Ta’lim to’g’risida” gi qonundan savol beramiz.
O’qituvchilar oylik ish haqi tabellarini tayyorlash, o’rindoshlik va soatlarini aniqash va taqdim etish. Vaqtincha ishda bo’lmagan o’qituvchilarni o’rniga o’rindoshlikni ta’minlash choralarini ko’rish va qoldirilgan darslarni o’rnini qoplashni hisobga olish daftarini yuritish. Yetakchi bilan suhbat qilinadi.
O’quvchilar harakati bo’yicha va o’quv jarayoniga oid statistic hisobotlarni tayyorlash. O’quvchilar harakati va ular haqidagi ma’lumotlarni “E-maktab” portaliga kiritish ishlarini tashkillashtirish. Bu ishlarni qilish uchun yetakchi kompyuterda yaxshi ishlashni bilishi lozim. Kompyuterda yaxshi ishlashini aniqlash uchun yetakchini kompyuterda ishlay olish qobiliyatini aniqlaymiz va Informatika fanidan test olamiz.
“Yilning eng yaxshi fan o’qituvchisi” ko’rik tanlovi, “Eng yaxshi veb sayt”, “Eng yaxshi ko’rgazmali qurol va didaktik materiallar” va boshqa turli tanlovlarda o’qituvchilar ishtirokini ta’minlash kerak. Buni aniqlash uchun yetakchida tadbirlarni tashkil qila olish ko’nikmasi bo’lishi kerak. Biror bir tadbirni tashkil qilish vazifasini yetakchiga yuklatamiz.
Dunyo va mamlakatimizda yuz berayotgan yangiliklar haqida ma’lumotlar berib borish yuzasidanmetodik tavsiyalar berish. Buning uchun yetakchi yangiliklardan xabardor bo’lishi kerak. Aniqlash uchun u bilan suhbat qilamiz
O’qituvchilar huquqiy savodxonligini o’stirish maqsadida “Huquqiy savodxonlik kuni” tashkil etish. “Huquqiy savodxonlik kuni” ni o’tkazish uchun yetakchi huquq fanidan xabardor bo’lishi lozim. Buni aniqlash maqsadida yetakchidan test olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |