innovatsion resursi
Ijtimoiy kenglikning texnologiyalashuvi asosida mexanizmlari hayot talablaridan orqada qolgan ijtimoiy boshqaruvning nazariya va uslubi yotadi. Bugungi kunda, hozircha yo‗q bo‗lgan boshqaruvning zamonaviy nazariyasi zarur. Bu sohadagi ilmiy munozaralar, ijtimoiy resurslardan, ayniqsa, ularni loyihalash va texnologiyalash bosqichida boshqaruv darajasining pastligi bundan dalolat beradi.
Ijtimoiy modellar, dasturlar va texnologiyalarni ishlab chiqish gumanitar fanlarning vazifasi, lekin ijtimoiy kenglikni axborotlashtirish va texnologiyalashda ularning roli kamaytirilgan. Ilmiy bilimning bu shakli o‗z tahliliy, informatsion, texnologik, eksport funksiyalarini bajarayapti.
Jamiyat oldida turgan muhim masalalardan biri – bu ilmiy g‗oyalar yo‗lidagi hamma byurokratik to‗siqlarni olib tashlash, ularning erkin aylanishini ta‘minlash, mas‘uliyatli yechimlarni ishlab chiqish va amalga oshirish mexanizmiga ilmni kiritishdir.
Albatta, bu tezis ilmni boshqaruv subyektlari, jamiyat tomonidan bildiriladigan o‗rinli e‘tirozlardan xalos etmaydi.
Inqiroz holatlarida, jamiyatning zamonaviylashuvi va uning o‗tish holatlarida bu inqirozdan chiqishda strategik sa‘y-harakatlar roli ortib boradi. Bu funksiyani strategik va taktik masalalar maqbul munosabatini, ularning bosqichliligini aniqlashga qodir ijtimoiy dasturlar, loyihalar bajaradi.
Ijtimoiy loyiha o‗zida dasturnig shunday xilma-xilligini ko‗rsatadiki, unda nafaqat dolzarb yo‗nalishlar, umumiy masalalar, balki maqsadga erishish muddatlari, obyektning rivojlanishini chuqur o‗rganish asosida bajaruvchilar harakatlari va ijtimoiy normativlardan foydalanish aks ettirilishi kerak. Bir so‗z bilan aytganda, loyiha ijtimoiy masalalarni chuqur ishlab chiqish bilan xarakterlanadi va nafaqat
24
ijtimoiy tashxis, balki tashkiliy-boshqaruv (texnologik) ta‘minotini ham o‗z ichiga oladi.
Deformatsiyalangan ijtimoiy boshqaruv vositalari va maqsadlardan boshlash kerak. Shunisi qiziqki, rivojlangan mamlakatlarda zamonaviy ijtimoiy boshqaruv nazariya va amaliyotiga - hayot ne‘matlari ishlab chiqarish maqsadlaridan yuqori, degan marksistik g‗oya keng kirib keldi. Amerika va yapon adabiyotlarida boshqaruv g‗oyasi natijalar bo‗yicha muhokama qilinadi va boshqaruvning amerikacha tizimi maqsadlar (foyda, daromad, kapital) bo‗yicha qoniqarsizligi aytiladi.
Ijtimoiy menejmentning mohiyati shundan iborat bo‗lib, uning zamonaviy nazariya va amaliyoti shakllanmoqda.
Shunday qilib, zamonaviy usullar yordamida ijtimoiy resurslar va ijtimoiy qobiq, ijtimoiy jarayonlarni samarali boshqarish zaruriyati haqida fikr yuritilmoqda.
Qisqa xulosalar
O‗zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov ―2015-yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o‗zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo‗l ochib berish - ustuvor vazifamizdir‖ nomli asarida erishgan yutuqlarimiz haqida to‗xtalib o‗tdi va hal etilmagan mavjud muammolarni batafsil va har tomonlama tahlil qildi hamda 2016-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalari va yo‗nalishlarini bajarish bo‗yicha dasturiy vazifalarni belgilab berdi.
2015-yil 18 fevralda ―Keksalarni e‘zozlash yili‖ davlat dasturi to‗g‗risida O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi. Bu qarorda "Keksalarni e‘zozlash yili" davlat dasturini amalga oshirishning ustuvor vazifa va yo‗nalishlari belgilab berildi.
Shaxs va jamiyat o‗rtasidagi qarama-qarshilik dunyoning muvozanatdan chiqishining asosiy sababi hisoblanadi. Bu dunyo oldida
25
turgan dolzarb muammolardan biri bo‗lib, uning yechimiga ijtimoiy rivojlanish sur‘atlari va ma‘naviy tamoyillar ko‗p jihatdan bog‗liq. Ijtimoiy kenglikning texnologiyalashuvi asosida mexanizmlari hayot talablaridan orqada qolgan ijtimoiy boshqaruvning nazariya va uslubi yotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |