3-o`quvchi: Bilasizlarmi, mashhur kino aktyor kung-fu ustasi Bryus Li kitob mutolaa qilishni judayam yaxshi ko`rar, ularga g`oyalarning sarchashmasi deb qaragan ekan. Bryus Lining kutubxonasida falsafiy kitoblar har qanday amerikalik faylasufning kitoblaridan-da ko`p bo`lgan.Uni ko`pincha Xitoy dao-monaxlarining kurash jarayoni aks ettirilgan suratlar dunyosiga g`arq bo`lib o`tirishi, og`ir o`ylarga cho`mib she`r yozayotgan yoki tarjima qilayotganini ko`rish mumkin edi.
4-o`quvchi: O`quvchilarning kitob o`qishga bo`lgan havaslari oiladan boshlanadi.
Ota-bobolarimiz xonadonlarida Mashrab, Navoiy, Bedil va boshqa shoirlarimizning asarlarini maroq bilan o`qishgan. Farzandlari kitobxonlik davralarida ishtirok etishgan. Natijada ularda kitob o`qishga havas uyg`ongan.
XIX asrning o`rtalarida Buxoro madrasalari faoliyat bilan tanishgan N. Xanikovningguvohlik berishicha, madrasaning to`liq kursini o`qib tugatish uchun tolib taxminan 137 ta kitob o`qishi talab etilgan ekan.
1-o`quvchi: Bilim manbai bo`lgan kitobni sevish va o`qish uchun uni tanlay olish va o`qish madaniyatini bilish kerak. Kitob o`qish madaniyatiga kitob xarid etish va kutubxonani muntazam boyitib birishga alohida e`tabor bilan qarash, kitob saqlash odobi, o`qish jarayoni, o`qiganni o`ziga va hayotga tatbiq etish, bilish kabi yana o`nlab masalalar kiradi.
2-o`quvchi:
Kitobdan yaxshiroq do`st yo`q jahonda,
G`amxo`ring bo`lgay u g`amli zamonda
U bilan qol tanho, hech bermas ozor,
Joningga yuz rohat beradi takror.
3-o`quvchi: 2006 yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta`minlashni tashkil etish to`g`risida”gi qarori e`lon qilindi. Yoshlar o`rtasida kitobxonlikni yuksaltirish uchun mana shunday g`amho`rlik zarur edi. Bu o`z vaqtida chiqqan qaror, ertaga o`z samarasini berishi shubhasizdir.
4-o`quvchi: Biz o`quvchilar esa o`z navbatida kutubxonalarimizni turli janrdagi adabiyotlar bilan boyitishimiz mumkin. Buning uchun har bir o`quvchi o`z ixtiyori bilan bittadan kitob olib kelib topshirsa, kutubxona 20-30 dona kitob bilan qo`shimcha ravishda boyiydi. Natijada 1 dona kitob olib borgan o`quvchi yana 20-30 dona yangi kitob o`qish imkoniyatiga ega bo`ladi. Bu ishga homiylarni ham jalb etish mumkin. Farzandlari kamolini, yurt kelajagini, Vatan ravnaqini o`ylaydigan saxovatpesha insonlarning bu ishda faol ishtirok etishi katta savob deb o`ylaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |