Maktab MMIBDO’: S.Bozorov
Ona tili va adabiyot fani o’qituvchsi: Sh.Shamsiyeva
Maktab kutubxonachisi: I.Bozorov
E’LON
Hurmatli o’qituvchilar va o’quvchilar!
2022 yil 7- mart kuni soat 10 00 da 26-umumiy o’rta ta’lim maktabning 8 mart xotin-qizlar kuniga atab 8-11-sinf o’quvchilari hamda maktab kutubxonasi bilan hamkorlikda Ayol mehridan boshlanar bahor” mavzusida tadbir bo’lib o’tadi.
Tadbirga marhamat!
Manzilgohimiz:26-maktab kutubxonasi.
|
|
|
Taklifnoma!
Hurmatli -----------------------------
Sizni 2022 yil 7 mart kuni soat 10 00 da 26-umumiy o’rta ta’lim maktabning 8-11-sinf o’quvchilari hamda maktab kutubxonasi bilan hamkorlikda 8 mart xotin-qizlar kuniga atab “Ayol mehridan boshlanar bahor” mavzusida tadbir bo’lib o’tadi.
Tadbirga taklif etamiz!
Manzilgohimiz: 26-maktab kutubxonasi.
|
26- umumta’lim maktab kutubxonasi hamda maktabnig 11-sinf o’quvchilari bilan hamkorlikda 21 mart Navro’z umumxalq bayrami munosabati bilan 1-11 –sinf o’quvchilari bilan hamkorlikda “Hayotning ko’rkisan, Ey dilrabo, navo- Navro’z” mavzusidao’tkaziladigan bayram kechasining
D A S T U R I
Xush kelibsan Navro’zi olam!
Boshlovchi:
Xush kelding Navro`z!
Chechaklar barq urib, keldi Navro`zim,
Don-dunim, osh-nonim ham rizqu ro`zim,
Jaxonga tik boqqan sen qora ko`zim,
Xush kelding Navro`zim, dillarga xamdam,
Bizning quvonchlardan quvonsin olam.
Gulbahor:
Qadrli mehmonlar, aziz do`stlar sizlarga qorli tog`lar, qir-adirlar, keng dala va bog`lardan salom keltirdim...
Bolalar - Rahmat senga Gulbahor!
Gulbahor:
Aziz do`stlar, hozir dugonam Navro`zoy ham keladi, qani uni kutib oling. ( qarsak chalinadi)
Sho`x kuy yangraydi. Sahnaga aravachada boshida gulchanbar bilan, qo`lida dasta gul bilan, atrofida o`yinchoq qushlar, xashorat va xayvonlar bilan Navro`zoy kirib keladi. Ishtirok etuvchilan uni aravachadan tantana bilan tushiradilar.
Navro`zoy:
Salom aziz bolalar!
Salom gul-lolalar!
Salom qadrdonlarim!
Bolalar:
Salom Navro`zoy!
Salom qadirdonimiz!
Navro`zoy:
Salom ko`m-ko`k bahorim,
Soylari sho`x oqarim.
Xay-xay go`zal jamoling,
Gurkiraydi kamoling...
Gulbahor:
Qanday go`zal bahor chog`im,
Tabiat ham o`zgacha
Keng Vatan, chaman boqing,
Yashnataman kuzgacha!
Qush kelibsiz navbahorim,
Bu diyorga marhabo.
Bolalar:
Sarpo kiydi bog` dalam,
Kirda yoqut piyolam,
Oftob shu'lasi alvon,
Kamalak ko`kda narvon.
Navro`zoy: -Rahmat bolalar ajoyib qo`shiq aytdingiz. Go`zal diyorimiz gullarga boy. Ha aytganday, men bilan birga Boy-chechak, Chuchmomaxon, Lolaxon ham kelishayotgan edi.
Gubahor: -Bolalr ularni qo`shiq bilan kutib olaylik. (Boychechak qo`shig`i ijro etiladi so`ng sahnaga gullar kirib kelishadi)
Binafsha:- Salom do`stlar!
Bolalar:- Salom Binafsha
Gulbahor:- Bolalr yana qanday gullarni bilasizlar?
Bolalar:- Lola, Nastar, atirgul, gulsafsar, gulbeor va boshqalar.
Navro`zoy:- Balli bolalar, ko`p gullarni bilar ekansizlar.
Navro`zoy:- Bolalar bir topishmoq aytaman kim topadi?
Oqib keldi jildirab,
Oyna kabi yarqirab.
Bolalar:- Navro`zoy, bu topishmoqqa bir she'r orqali javob beramiz.
Bog`larda o`ynab oqar,
Ko`zgu kabi obi-hayot...
Boshlovchi:
Navro`z umumxalq bayrami bo`lgani uchun uni bolalarsiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Navro`z, bu nima o`zi?
Bolalar:
Navro`z ayyomining tarbiyaviy ahamiyati juda kattadir - bu kun odamlar bir -birlarini muborakbot etadilar. Yoshlar ota - onalarini, qariyalarni, bemorlarni yo`qlaydilar.
- Bir-biri bilan arazlashib qolgan qo`ni - qo`shnilar yarashadilar.
- Odamlar bir-birlariga yaxshilik qilishga shirinsuxanlik bilan muomala qilishga oshiqadilar. Ko`ryapsizki, Navro`zning ma'naviy jihatlari juda chuqur ildiz otgan.
O`rta Osiyo xalqlari, shu jumladan o`zbeklar qadim zamonlardan buyon Navro`z kunini yangi yilning boshlanishi deb quvonch bilan qarshi olib kelganliklarini, u faqat o`yin - kulgi bayrami emas, balki mehnat yilining boshlanishi ekanini, bahorgi kecha – kunduz tengligi 21 martga to`g`ri kelishini ham bilib oladilar.
Navro`z - xalqimizning sevimli bayrami.
Navro`z bayramini o`tkazish yosh avlodni tarbiyalashda, xalqimiz ijodiyotining eng yaxshi namunalari misolida uning dunyo qarashini shakillantirishda katta ahamiyatga ega.
Birgina Navro`z emas, balki har - qanday an'ana yoshlarni insonparvarlik, baynalminalchilik, ezgulik ruhida tarbiyalashga yordam beradi.
Navro`z bayramini o`tkazish yuzasidan mahsus tadbirlar ishlab chiqish, yoshlarni xalqimizning milliy madaniyati durdonalari bilan tanishtirish va ularda faol siyosiy va mehnat ko`tarinkiligini uyg`otish imkoniyatini beradi. Navro`zni nishonlashda kutubxonalar, maktablar, turar joylardagi mahalla qo`mitalari, honadonlar atrofidagi tashkilotlar va korxonalar bilan hamkorlikda tayyorgarlik ko`rishlari lozim.
Navro`z tantanalari bir oy davom etadi. Bayramda dala, bog` sayllari o`tkaziladi. Anjumanlarga she'rhonlik qo`shiq aytish, katta xashar uyushtirish, xovli va bog`lar, ariq - anhorlarni tozalash, daraxt va gul ko`chatlarini ekish, maktab va maktabgacha bo`lgan muassasalarni ko`kalamlashtirish ishlari olib boriladi.
Boshlovchi:
Ona yurtim bag`ring to`lib ol nafas.
Ozodlikning Navro`zlari muborak!
Xar chexrada barq urmoqda istiqlol.
Turkistonim istiqboldan ber darak.
Erk nasimi elaversin gurkirab.
Dala-tuzing chechaklarga burkansin.
Alp o`g`loning tuprog`ingga bosh urib.
Maysalardan birlashmoqni o`rgansin.
Shu bilan Navro’z bayramiga atalgan bayram kechamiz tugadi e’tiborlaringiz uchun katta rahmat .
26- umumta’lim maktab kutubxonasi hamda maktabnig 11-sinf o’quvchilari bilan hamkorlikda 21 mart Navro’z umumxalq bayrami munosabati bilan 1-11 –sinf o’quvchilari bilan hamkorlikda “Hayotning ko’rkisan, Ey dilrabo, navo- Navro’z” mavzusida o’tkazilgan bayram kechasining
Do'stlaringiz bilan baham: |