\
sanoat tarmoqlarida faol va aniq yo'naltirilgan investitsiya siyosatini yuritish eng
muhim omil hisoblanadi. Ta'kidlash lozimki, O'zbekistonda amalga oshirilayotgan
investitsiya siyosatining o'ziga xos xususiyati mahalliy xom ashyo resurlarini chuqur
qayta ishlashni ta'minlaydigan, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab
chiqarishlami tashkil etishga qaratilgan investitsiya loyihalariga ustuvor ahamiyat
berilayotganligidadir.
Investitsiya to 'g ’risida O 'zbekiston Respublikasida
qabul qilingan qonunda
ko'rsatilishicha, investitsiya bu iqtisodiy samara (foyda, daromad) olish yoki ijobiy
ijtimoiy natijaga erishish uchun sarflanadigan pul mablag’lari, banklarga qo’yilgan
omonatlar, paylar, qimmatli qog’ozlar (aktsiya,
obligatsiyalar), texnologiyalar,
mashinalar asbob-uskunalar, litsenziyalar va samara beradigan boshqa har qanday
boyliklardir. Bu iqtisodiy ta’rif investitsiyaning bozor iqtisodiyoti sharoitiga mos
kelishini to'laligicha tasdiqlaydi.
Jumladan, unda, birinchidan, investitsiyaning o'ziga
va
investitsiya
faoliyatining ob'ektlariga keng ta 'rif berilgan. Ikkinchidan,
investitsiyaning bevosita
iqtisodiy va ijtimoiy samara olishga muqarrar bog’liqligi
ta'kidlab o'tilgan. Demak, investitsiyaga bozor munosabatlaridan kelib chiqib berilgan
ta'rifning o'zidayoq investitsiya jarayonining hajmi,
asosiy bosqichlari, ya'ni
jam g’armalar (resurslar), qo'yilm a mablag’lar (sarf-xarajatlar), samara (daromad, foyda)
aniq va ravshan ko'rsatib o'tilgan. Xuddi shu kabi yondashuv investitsiya faoliyatining
bozor munosabatlariga o'tishi uchun zamin yaratadi, bu esa, moliyaviy, moddiy va aqliy
boyliklami qayta taqsimlashning vertikal va gorizontal usullaridan bir xilda foydalanishni
ta'm inlab beradi.
«Investitsiya» atamasi lotin tilidagi «investire» so'zidan kelib chiqqan bo'lib
«kiyintirmoq», inglizcha «investment» so'zidan «qo'yish», «mablag’ni safarbar etish»,
«kapital qo'yilmasi» m a’nosini beradi. Keng ma'noda investitsiya mablag’ni ko'paytirib
va qaytarib olish maqsadida kapitalni safarbar etishni bildiradi. K o'pgina hollarda
«investitsiya» tushunchasi iqtisodiy va boshqa faoliyat ob'ektlariga
kiritiladigan moddiy
va nomoddiy ne'm atlar hamda ularga doir huquqlar tarzida ta'riflanadi.
Investitsiya deyilganda barcha turdagi moddiy va intellektual boyliklar tushunilib,
ular tadbirkorlik faoliyati ob'ektlariga yo'naltirilib daromad keltirishi yoki biror-bir
ijobiy samaraga erishishi zarur. Investitsiya kiritishdan asosiy maqsad daromad olish va
ijobiy ijtimoiy samaraga erishishdir.
Investitsiyalar m ik ro d ara jad a:
Ishlab-chiqarishni rivojlantirish va kengaytirish;
Asosiy fondlami jismoniy va m a'naviy eskirishiga y o 'l qo'ymaslik;
Ishlab chiqarishning texnik darajasini oshirish;
Korxona maqsulotini raqobatbardoshligini ta'minlash va uning sifatini oshirish;
Qimmatli qog’ozlar sotib olish va boshqa korxona aktivlariga o 'z mablag’ini
sarflash maqsadlariga erishish uchun zarurdir.
O'tish iqtisodiyotida investitsiya manbalarini mulkchilik shakllaridan qat'iy nazar
quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
• investorlarni o 'z moliyaviy resurslari (foyda,
amortizatsiya ajratmalari, pul
145
j a m g ’a rm a la ri, fu q a ro la r, h u q u q iy s h a x sla m i j a m g ’a rm a la ri v a b o sh q a m a n b a la r);
• in v e s to rla m i q a rz g a o lg a n m o liy a v iy m a b la g ’lari (z a y o m o b lig a tsiy a la ri, b a n k
k re d itla ri v a b y u d je t ajra tm a la ri);
• in v e s to rla m i ja lb q ilg a n m o liy a v iy m a b la g ’lari (a k tsiy a la r v a b o sh q a q im m a t
b a h o li q o g ’o z la rn i so tish d a n tu sh g a n m a b la g ’lar, fu q a ro v a h u q u q iy sh a x s la m i p ay lari va
tu rli
x il b a d a lla r, h a m d a tu rli x il m a q s a d d a g i n o d a v la t fo n d la r, m a b la g ’la ri); d a v la t
b y u d je tin in g in v e stitsiy a a jra tm a la ri.
11.1- jatlval.
Do'stlaringiz bilan baham: