20
(
O‘. Hoshimov) 5. Yurakda orzum qat-qat, ko‘nglim etadi parvoz. (
R. Tolipov)
6. Quyoshli tog‘da qushlarning xush navosi boshlandi. (
Sh. Xolmirzayev)
46-mashq.
Matnni o‘qing, qo‘shma
gap qismlarini aniqlab, ularni izohlang.
O‘qishli kitob go‘zallikdir, lekin go‘zallikda ham go‘zallik bor. Qorong‘i
kechada otilgan mushak ham go‘zal, quyoshga qarab xandon tashlab turgan
gul ham go‘zal. Osmonda sochilib ketgan rang-barang olov va oqish izlar
go‘zalligi ko‘zni qamashtirsa ham puch go‘zallik, shuning uchun bebaqodir.
Gulning go‘zalligi esa to‘q go‘zallik, chunki uning bag‘rida hayot bor,
shuning uchun abadiy go‘zallikdir. G‘uncha guldan ham go‘zalroq,
chunki
uning bag‘rida ikki hayot — o‘z hayoti va yana gul hayoti bor.
(Abdulla Qahhor)
47-mashq.
Gaplarni o‘qing, bog‘langan qo‘shma gap, ergashgan qo‘shma gap,
bog‘lovchisiz qo‘shma gap tarzida uch guruhga bo‘lib ko‘chiring.
1. Shogirdlar qancha ko‘p bo‘lsa, ko‘ngil qafasi shuncha ravshanroq
bo‘ladi. (
G‘afur G‘ulom) 2. Og‘ziga kelganini demoq nodon ishi va oldiga
kelganini yemoq hayvon ishi. (
Alisher Navoiy) 3. Oqil gar so‘z bila so‘zni
yopar, Orif o‘shal so‘zda o‘zini topar. (
Haydar Õorazmiy) 4. Hunar o‘rgan,
chunki hunarda ko‘p sir, Yopiq eshiklarni ochar birma-bir. (
Nizomiy) 5.
Jahonda hammadan to‘g‘rilik a’lo, Egrilikdan ortiq yo‘qdir hech balo.
(
Firdavsiy)
48-mashq.
Sodda gaplarni qo‘shma gaplarga aylantiring.
Biz ham uning ketidan bozorga kirdik. Zarafshon vodiysida
yetishtiriladigan ho‘l-u quruq noz-ne’matlar bari shu yerda.
Ranglar-chi,
tabiiy ranglar. Tog‘ora-yu savatlarda katta Minorga o‘xshatib terib qo‘yilgan
pomidorlar, anjirlar, xirmon qilib uyib tashlangan qovun-tarvuzlardagi
oq-u qora, ko‘k-u zangor — olamdagi hamma rang bir-biri bilan rang
talashadi. Ulardan taralayotgan muattar hid-chi?!
Quyoshning nuri, yerning
sharbatini shimib pishgan zilday bosvoldini qo‘lingizga olib bir hidlasangiz,
bemalol qovun polizga borib qaytganning savobini topasiz.
(
S. Anorboyev)
21
49-mashq.
Qo‘shma gaplardan foydalanib, «
Kuz keldi – rizq keldi» mavzusida
matn tuzing.
1. Qo‘shma gaplar qaysi belgisiga ko‘ra turlarga bo‘linadi?
2. Qismlari teng bog‘lovchilar yordamida bog‘langan qo‘shma
gaplar qanday
qo‘shma gap sanaladi?
3. Qismlari ergashtiruvchi bog‘lovchilar yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar
qanday qo‘shma gap hisoblanadi?
4. Qismlari ohang yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar qanday qo‘shma
gap sanaladi?
Do'stlaringiz bilan baham: