N. K. Jamalov mehnat huquqi


Ish vaqtining qisqartirilgan muddati



Download 2,79 Mb.
bet40/98
Sana19.01.2022
Hajmi2,79 Mb.
#391849
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   98
Bog'liq
ma\'ruza mehnat (6)

3. Ish vaqtining qisqartirilgan muddati
Ayrim toifadagi xodimlar uchun ularning yoshi, sog’ligi xolati, mehnat sharoitlari, mehnat vazifalariing o’ziga xos xususiyatlari va o’zga holatlarni inobatga olib, mehnat to’g’risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarga muvofiq mehnatga to’lanadigan xaqni kamaytirmasdan, ish vaqtining kisqartirilgan muddati belgilanadi.

Bunday xodimlarning ro’yxati Mehnat kodeksining 116-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan bo’lib, unga ko’ra ish vaqtining qisqartirilgan muddati o’n sakkiz yoshga to’lmagan, I va II guruh nogironi bo’lgan, uch yoshga to’lmagan bolalari bor, byudjet hisobidan moliyaviy jihatdan ta’minlanadigan muassasalar va tashkilotlarda ishlayotgan ayollar, noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo’lgan, alohida tusga ega bo’lgan ishlardagi xodimlar uchun belgilanadi.

Bundan tashqari amaldagi qonun hujjatlari barcha xodimlar, shu jumladan yuqorida ko’rsatilgan xodimlar uchun bayram (ishlanmaydigan) kunlari arafasidagi ish vaqtini hamda tungi vaqtdagi ish vaqtini kamida bir soatga qisqartirishni ham nazarda tutishi lozim.

Jamoa kelishuvlari va jamoa shartnomasida, shuningdek mehnat shartnomasi shartlarida mehnatga to’lanadigan haqni kamaytirmasdan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarga qo’shimcha raviщda korxonaning boshqa xodimlariga ham ish vaqtining kisqartirilgan muddati belgilanishi mumkin.

Mehnat kodeksining 242-moddasiga muvofiq o’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslar uchun qisqartirilgan ish vaqtining muddati hamda Mehnat kodeksining 220-moddasi uchinchi qismiga binoan I va P guruh nogironi hisoblangan xodimlarga mehnatga haq to’lash kamaytirilmagan holda ish vaqtining haftasiga o’ttiz olti soatdan oshmaydigan qisqartirilgan muddati belgilanadi.

1999 yil 14 aprelda kabul kilingan, 1999 yil 1 iyuldan e’tiboran kuchga kiritilgan "Xotin-qizlarga qo’shimcha imtiyozlar to’g’risida”gi Qonun90 bilan Mehnat kodeksining 116-moddasiga qo’shimcha kiritildi, Mehnat kodeksi 228'-modda bilan to’ldirildi. Bunga ko’ra uch yoshga to’lmagan bolalari bor, byudjet hisobidan moliyaviy jihatdan ta’minlanadigan muassasalar va tashkilotlarda ishlayotgan ayollarga ish vaqtining haftasiga o’ttiz besh soatdan oshmaydigan qisqartirilgan muddati belgilangan.

Mehnat kodeksining 117-moddasi noqulay mehnat sharoitlarida band bo’lgan xodimlar uchun ish vaqtining qisqartirilgan muddati o’rnatilishini nazarda tutadi. Noqulay mehnat sharoitlarida band bo’lgan xodimlar mehnat to’g’risidagi qonun hujjatlarida ikki guruhga bo’linadi. Birinchi guruhga o’ta zararli va o’ta og’ir mehnat sharoitlarida ishlayotganlar kiritilsa, mehnat qilish jarayonida sog’lig’iga ishlab chiqarishning zararli omillari ta’sir etadigan boshqa barcha xodimlar ikkinchi guruhga kiradi. Mehnat sharoiti o’ta zararli va o’ta og’ir ishlarni bajarish bilan mashg’ul xodimlar uchun ish kuni muddati normasining chegarasi Mehnat kodeksining 117-moddasining uchinchi qismiga binoan O’zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanadi. Bunday xodimlarning ro’yxati hamda bunday ishlarni bajarishda ish kunining muddati chegarasi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 11 martda qabul qilingan 133-son qarorining 8-ilovasiga muvofiq tasdiqlangan bo’lib, bu toifadagi xodimlarning ish vaqti muddati chegarasi kuniga to’rt yoki besh soatdan oshmasligi belgilab qo’yilgan.

Mazkur Ro’yxatga kiritilgan har bir xodim, agar u ilovada ko’rsatilgan ish vaqti muddatining 80 foizi mobaynida yukorida aytilgan, o’ta zararli va o’ta og’ir ishlarni bajarish bilan band bo’lsa, hukumat tomonidan belgilab qo’yilgan qisqartirilgan ish kuni belgilanishi huquqiga ega bo’ladi. Mehnat kodeksining 117-moddasi birinchi qismiga binoan, mehnat jarayonida sog’lig’iga fizikaviy, kimyoviy, biologik va ishlab chiqarishning boshqa zararli omillari ta’sir etadigan xodimlarga, ular ishlayotgan koroxona qaysi mulkchilik shaklida va xalq ho’jaligining qaysi tarmog’iga taalluqli ekanligidan qatьi nazar, ish vaqtining haftasiga o’ttiz olti soatdan oshmaydigan qisqartirilgan muddati belgilab qo’yilgan.

O’zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi va Sog’liqni saqlash vazirliklari tomonidan maxsus mehnat sharoitlarini baholash va mehnat sharoitlari bo’yicha ish joylarini attestatsiyalash Uslubiyati (keyinchalik Uslubiyat) ishlab chiqilgan bo’lib, attestatsiya natijalarii asosida u yoki bu ish joyida aniqlangan zararlilik darajasiga qarab mazkur ish joyida ish bajarish bilan band bo’lgan xodimlarga ish vaqtining qisqartirilgan muddati belgilanadi.

Alohida tusga ega bo’lgan ishlardagi xodimlar jumlasiga ishi yuqori darajadagi his-hayajon, aqliy zo’riqish, asab tangligi bilan bog’liq ishlarda ishlayotgan xodimlar kiradi. Ularning ro’yxati hamda ish vaqti qisqartirilgan mudatining chegarasi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 11 martda qabul qilingan 133-sonli qarori91 bilan tasdiqlangan bo’lib, tibbiy yoki pedagogik faoliyat bilan shug’ullanishga ruxsat etilgan barcha tibbiyot xodimlari, pedagoglarga ish vaqtining muddati haftasiga 36 soatdan oshmaydigan qilib joriy etilgan bo’lishi talab etiladi.

Mehnat kodeksining 121-moddasiga binoan bayram (ishlanmaydigan) kunlar arafasida kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi (MKning 131 -moddasi).


Download 2,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish