4. To’liqsiz ish vaqti
To’liqsiz ish vaqti to’liqsiz ish kuni yoki to’liqsiz ish haftasini qamrab oladi. Xodimning mehnat rejimi ish kuni muddati hamda haftadagi ish kunlari soni kamaytirilishini nazarda tutilgan bo’lsagina, to’liqsiz ish vaqti hisoblanadi. To’liqsiz vaqti davrida ish vaqti muddatining normasi kamayadi, ya’ni xodim mazkur korxonadagi ichki tartib yoki ish jadvalida belgilab qo’yilgan vaqtidan kamroq vaqt ishlaydi.
Masalan, ish vaqtining normal muddati amal qilib turgan vaqtda xodim sakkiz soat o’rniga, aytaylik, faqat olti, besh, to’rt soat va undan ham kamroq vaqt yoki o’smirlar uchun kundalik ishning qisqartirilgan muddati olti soat deb belgilangan bo’lsada, faqat besh, to’rt, uch soat va undan ham kamroq vaqt ishlaydilar.
To’liqsiz ish vaqti mehnat shartnomasi taraflarining kelishuvi asosida belgilanadi. Ish vaqti to’liqsiz deb sanalishi uchun uning muddati aniq qancha soatga kamaytirilishi qonun hujjatlarida belgilab qo’yilmaganligi sababli, ish vaqtining muddati teng yarmiga, uch, ikki soatga yoki bundan ham kamroq muddatga, umuman qanchaga kamayьtilishidan qat’i nazar barcha hollarda to’liqsiz ish vaqti deb hisoblanadi.
To’liqsiz ish haftasida kundalik ish muddati saqlanib qolgan holda haftadagi ish kunlari soni kamayadi. Masalan, olti kunlik ish haftasida xodim faqat uch to’liq ish kuni mobaynida mehnat kiladi.
SHunday kilib, to’liqsiz ish vaqti – normal yoki qisqartirilgan ish vaqtining (ish kuni, haftasining) bir qismi bo’lib, uning muddati xodim bilan ish beruvchi o’rtasidagi kelishuvga asosan belgilanadi, hamda unga ish haqi ishlab berilgan vaqtga mutanosib ravishda, ishbay haq to’lashda esa – haqiqatda bajarilgan ishga belgilangan baho bo’yicha to’lanadi.
Qonun hujjatlarida to’g’ridan to’g’ri ko’rsatib o’tilgan ayrim hollarda xodimning iltimosiga to’liqsiz ish vaqtini belgilash ish beruvchining majburiyati doirasiga kiradi. Qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan boshqa hollarda bunday majburiyat ish beruvchi zimmasiga jamoa shartnomasi bilan ham yuklatilishi mumkin.
Masalan, Mehnat kodeksining 229-moddasida ish beruvchi zimmasiga, unga xomilador ayollarning yoki o’n to’rt yoshga to’lmagan bolasi (o’n olti yoshga to’lmagan nogiron bolasi) bor ayollarning iltimosiga ularga to’liqsiz ish vaqti joriy etilishi majburiyati yuklatilgan.
Mehnat kodeksining 238-moddasiga ko’ra, onalar uchun belgilangan barcha imtiyozlar va kafolatlar ba’zi sabablarga ota-ona g’amxo’rligidan mahrum bo’lgan bolalarni amalda tarbiya qilayotgan boshqa shaxslarga ham tatbiq etiladi.
Mehnat kodeksining 229-moddasiga ko’ra, oilaning betob a’zosini parvarish qilish bilan band bo’lgan shaxsning iltimosiga ko’ra, ish beruvchi tibbiy xulosaga muvofiq ularga to’liqsiz ish kuni yoki to’liqsiz ish haftasi belgilashga majburdir.
Amaldagi Kodeks 220-moddasining ikkinchi qismi talablariga binoan, TMEKning ishlayotgan nogironlarga to’liqsiz ish vaqti joriy etish xaqidagi tavsiyalarini bajarish ish beruvchi uchun majburiydir. Ko’pgina korxonalarda shunday ish joylari borki, ularda to’liqsiz ish vaqti sharoitida ish bajarish ishlab chiqarish jarayonining normal maromiga deyarli ta’sir etmaydi. SHuni hisobga olib, shuningdek xodimlarning bunday ish rejimiga o’tish zaruratiga bo’lgan ehtiyoji ehtimolini inobatga olgan xolda, jamoa kelishuvlari yoki jamoa shart-nomasida ish beruvchi tomonidan xodimning iltimosiga ko’ra to’liqsiz ish vaqti belgilanishi shart bo’lgan muayyan holatlarni nazarda tutishi mumkin.
Yuqorida aytib o’tilgan barcha holllarda xodimlarga ularning iltimosiga ko’ra to’liqsiz ish vaqti belgilashni rad etish uchun ish beruvchiga xukuq beradigan biron bir istisno yoki holatlar qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan.
SHunday kilib, to’liqsiz ish vaqti asosida ishlayotgan xodimga tegishli ishni to’liq ish vaqtida bajarayotgan xodimlarga belgilangan muddatdagi yillik asosiy (uzaytirilgan yoki oddiy) ta’til berilishi kerak.
Mehnat kodeksining 119-moddasining uchinchi qismiga binoan, to’liqsiz ish vaqti shartlari asosida ishlayotgan xodimlar mehnatiga ishlangan vaqtiga mutanosib ravishda, mehnat haqi ishbay asosida bo’lganda esa, ishlab chikarilgan maxsulotga qarab haq to’lanadi.
Xodimning o’zi uchun belgilab berilgan to’liqsiz ish vaqti muddatidan tashqari ish beruvchining farmoyishiga (buyrug’iga) binoan yoki uning ruxsati bilan ishlagan vaqti uchun ish vaqtidan tashqari ishlashga to’g’ri kelgan vaqt deb hisoblanib, kamida ikki hissa miqdorida haq to’lanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |