Gametogenez.
Gametogenez yuqori darajada differensiyalashgan
va
qо„shilib yangi organizm hosil qila oladigan ikki jinsiy hujayra – spermatozoid va
tuxum hujayrasining hosil bо„lish jarayonidir. Gametogenez birlamchi jinsiy
hujayraning paydo bо„lishi va uning jinsiy a‟zoda о„rnashishi va shu yerda
ularning mitoz yо„li bilan kо„payishi, sо„ng meyoz usulida xromosomalar sonining
kamayishi, yetilib, shakllanib spermatozoid hamda tuxum hujayralarining hosil
bо„lishi kabi о„ta murakkab jarayonlarni bosib о„tadi.
Bо„lajak birlamchi jinsiy hujayralar embrion rivojining IV haftasi boshlarida
116
sariqlik xaltachasi devori endodermal hujayralari orasida namoyon bо„ladi. Shu
birlamchi jinsiy hujayra shakllanganda, embrionning dastlabki rivojlanish davrida,
hali jinsiy bezlar hosil bо„lmagan bо„ladi. Jinsiy bezning hosil bо„lishi mobaynida
birlamchi jinsiy hujayra sariqlik xaltachasi devoridan faol migratsiya qilib yoki
qon tomirlari orqali jinsiy a‟zoga kirib keladi.
Dastavval jinsiy bezga kо„chib о„tgan birlamchi jinsiy hujayralarning
miqdori kо„p bо„lmaydi. Ularda proliferatsiya (kо„payish) kuchayadi. Bunday
mitoz yо„li bilan kо„payayotgan jinsiy hujayralar erkak organizmida
spermatogoniy, urg„ochi organizmda ovogoniylar deyiladi.
Gametogenez spermatozoid va tuxum hujayralarining birlamchi jinsiy
hujayralardan hosil bо„lishi – spermatogenez va oogenezdan iborat.
Spermatogenez.
Spermatozoid hujayrasining hosil bо„lishida 4 davr tafovut
etiladi:
1. Kо„payish.
2. О„sish.
3. Yetilish
4. Shakllanish (spermiogenez)
Organizmning embrional rivojidan boshlab jinsiy bez urug„ naylarining eng
tashqi zonasida joylashgan hujayralar – spermatogoniylarda muntazam ravishda
mitoz yо„li bilan kо„payish rо„y beradi. Muntazam kо„payib turuvchi
hujayralarning ikki toifasi – A va B spermatogoniylar farqlanadi. A toifadagi
spermatogoniylarda rо„y berib turgan kо„payish (mitoz) jarayoni shu hujayra
miqdorining kamaymasligini ta‟minlab beradi. A spermatogoniylar о„zak hujayra
hisoblanadi. Shu hujayralarning kо„p marta bо„linishi bilan V spermatogoniylar
hosil bо„ladi. Balog„atga yetish bilan mana shu V spermatogoniylarda mitoz
jarayon bir necha bor sodir bо„lib, hosila hujayralar keyingi davrga о„tadi. Shu
toifa hujayralar о„sish davriga tayyor hujayralar hisoblanadi.
О„sish davri bilan meyozning boshlanishi sodir bо„ladi. Profaza sо„ngida
yirik 1 – tartibli spermatotsit hosil bо„ladi. Bu hujayralar urug„ nayi devorining
keyingi qismiga siljiydi. Meyozning birinchi bо„linishi bilan, har bir shunday
117
hujayradan gaploid xromosoma tо„plamiga ega bо„lgan ikkita 2 – tartibli
spermatotsit hosil bо„ladi va spermatogenezning yetilish davri boshlanadi. Shu
bо„linishdan, keyin, ketma-ket sodir bо„lgan meyozning ikkinchi bо„linishi
natijasida, har bir 2 tartibli spermatotsit hujayrasi, urug„ nayi
tyoshigiga
farq
qismda joylashgan, ikkitadan spermatid hujayralari hosil qiladi. Bu hujayralar
mayda, chо„zinchoq bо„ladi. Odamda meyoz bо„linishning birinchi davri bir necha
hafta davomida kechadi, 2- bо„linish esa 8 soat davom etadi.
Spermatidalarning spermatozoidlarga aylanishi – spermiogenez jarayoni
murakkab bо„lib, dastavval spermatid yadrosi kichiklashadi, xromatin о„ta
zichlashib boradi, yadro bir tomonga sitoplazma esa, uni о„rab boshqa tomonga
siljiydi. Sitoplazma tuzilmalarining murakkab qayta joylanishi, sitoplazma
«ortiqcha» qismining parchalanishi rо„y beradi. Golji kompleksi yadro oldi
qismiga joylashib, murakkab о„zgarishlar natijasida akrosomaga aylanadi.
Spermatogenez mobaynida jinsiy hujayralar urug„ nayi devoridagi
oziqlantiruvchi hujayra – Sertoli hujayrasi bilan farqdan bog„liq bо„ladi. Ularning
о„zaro zich yotishi Sertoli hujayrasining oziqlantirish, degeneratsiyaga uchragan
hujayralarni fagotsitoz qilish va boshqa faoliyatlarni bajarib, spermatozoid hosil
bо„lishida muhim ahamiyati borligini kо„rsatadi.
Spermatogenez jarayonida har bir spermatogoniy gaploid xromosoma
tо„plami tutgan 4 ta spermatozoid hosil qiladi. Shu spermatozoidlardan ikkitasi X
jinsiy xromosoma, ikkitasi esa Y xromosomaga ega bо„ladi. Demak, erkak
organizmi jinsiy hujayralari ikki xil xromosomali hujayra – geterogamet hujayra
hisoblanadi. Spermatogenez jarayoni kо„pgina hayvonlarda yilning ma‟lum
vaqtlaridagina sodir bо„ladi. Boshqa vaqtlarda ularning jinsiy bezi urug„ nayida,
faqatgina, spermatogoniylar bо„ladi.
Ovogenez.
Tuxum hujayrasining hosil bо„lishi har bir turga mansub
mavjudotlarda о„ziga xos bо„lib, bu jarayon har bir organizmning kо„payish
xususiyatiga bog„liqdir. Suvda yashovchi hayvonlarda о„ta kо„p tuxum hujayrasi
yetilib chiqadi. Sutemizuvchilarda (ichki urug„lanish yuz beruvchilarda) odatda 1–
2 tadan 15 tagacha tuxum hujayra yetilishi mumkin.
118
Ovogenez jarayoni 3 davrda amalga oshadi:
1. Kо„payish.
2. О„sish.
3. Yetilish.
Kо„payish odamda embrional rivojlanish davridagina rо„y beradi. Embrion
rivojining 6 oyidan boshlab bu jarayon, ya‟ni birlamchi jinsiy hujayraning mitotik
bо„linishi tо„xtaydi. Yangi tug„ilgan qizaloqda 2 millionga yaqin ovogoniy bо„ladi.
Bu hujayralar jinsiy hujayra va uni о„rab olgan bir qavat follikulyar hujayralardan
iboratdir. Organizm о„sishi bilan ovogoniylar yemirilib (degeneratsiyaga uchrab),
miqdori kamayib boradi. Barcha birlamchi jinsiy hujayralardan 40000 ga farqi
jinsiy voyaga yetayotgan organizmda saqlanib qoladi. Ularning ham barchasi tugal
ravishda yetilmaydi (kо„pi nobud bо„lib ketadi). Jinsiy balog„at boshlanishi bilan
400 taga yaqini saqlanib, qolgan jinsiy hujayralardan bittasi har 28 kunda
tuxumdondan chiqadi (ovulyatsiya bо„ladi) va yetilgan tuxum hujayrasiga
aylanadi.
О„sish davri embrion rivojining 3- oylaridanoq birinchi tartibdagi
ovotsitlarga о„tish bilan boshlanadi. Bu profazaning boshlanishi bilan ifodalanadi.
Ovogoniylar organizm tug„ilmasdanoq meyozning birinchi bо„linish profazasidan
о„tib, diploten davrda bо„ladi. Birinchi tartibdagi ovotsitlarga aylangan bu jinsiy
hujayralar to jinsiy balog„at boshlangunga qadar, ayrim jinsiy gormonlar ta‟siri
bо„lmaguncha, shu holatda turadi. Birinchi tartibli ovotsitlar yassi follikula
hujayralariga о„ralgan bо„ladi va ular primordial follikula nomiga ega bо„ladi. Bu
primordial follikulalarda organizmning butun reproduktiv yoshi davomida о„sishga
moyillik bо„ladi.
Jinsiy balog„at boshlanishi bilan birinchi tartibli ovotsitning yadro
sitoplazmasi yiriklashadi, sariqlik tо„planadi, follikulyar hujayraga о„ralgan ovotsit
tuxumdonning chekka sohasidan о„rtaga siljiydi, follikulyar hujayra bir necha
qavat bо„lib, о„sayotgan tuxum hujayrasini о„rab oladi, gipofiz gormoni ta‟sirida,
follikula hujayralaridan hosil bо„lgan suyuqlik hisobiga hujayralararo bо„shliq
paydo bо„lib, tuxum hujayra bir chekkaga suriladi va yetilgan follikula – graf
119
pufakchasi hosil bо„ladi. Bu pufakchada diploten holatidagi birinchi tartibli ovotsit
bо„ladi (38- rasm).
38- rasm. Spermatogenez va ovogenez jarayoni sxemasi.
Yetilish davri organizmdagi murakkab (endokrin) jarayonlar ta‟sirida
tuxumdondan birinchi tartibli ovotsit chiqishi, ya‟ni ovulyatsiya rо„y berishi bilan
boshlanadi. Jinsiy hujayraning yetilish davri tuxum hujayrasining spermatozoid
bilan uchrashidan keyingina sodir bо„ladi. Diploten holatidagi 1 tartibli ovotsitda
meyozning profazasi yakunlanadi. Tuxum yо„liga tushgan 1 tartibli ovotsitda
meyozning reduksion bо„linish bosqichi rо„y beradi va hujayraning notekis
bо„linish jarayonida yirik hujayra – ikkinchi tartibli ovotsit va mayda hujayra–
obortiv (yо„naltiruvchi–reduksion) tanacha–polotsit hosil bо„ladi. Shu bо„linish
bilan hosil bо„lgan hujayralar 23 ta (gaploid) xromosomaga ega bо„ladi. Ikkinchi
tartibli ovotsitda meyozning keyingi bо„linishi sodir bо„lib, yetilgan tuxum hujayra
va yana bitta yо„naltiruvchi tanacha vujudga keladi. Birinchi reduksion
tanacha
120
ham о„z navbatida bо„linib, 2 ta yо„naltiruvchi tanacha hosil qiladi. Shunday qilib,
bitta birinchi tartibli ovotsitdan bitta tuxum hujayrasi hamda 3 ta reduksion tanacha
hosil bо„ladi. Barcha hosila hujayralar – tuxum hujayrasi va reduksion tanachalar
23 tadan xromosomaga ega bо„lgan gomogameta (ya‟ni barchasida ham X
xromosoma mavjud) hujayralardir. Reduksion tanachalar yemirilib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |