N. J. Toshmanov rivojlanish biologiyasi


Jinsiy hujayralar (gametalar)



Download 9,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/97
Sana20.01.2022
Hajmi9,16 Mb.
#393918
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   97
Bog'liq
Ривожланиш биологияси дарслик

Jinsiy hujayralar (gametalar) 
 
Jinsiy hujayralarning yoki gametalarning 2 xil turi tafovut etiladi – erkaklar 
va  ayollar  jinsiy  hujayralari.  Ular  bir-birlaridan  ham  morfologik,  ham  fiziologik 
xususiyatlari bilan farq qiladi. 
Spermatozoid.
 Spermatozoidning boshchasi, bо„yni, tana qismi va dumchasi 
tafovut  qilinadi  (34-rasm).  Spermatozoidning  boshchasi  uncha  katta  bо„lmagan 
zich yadro va sitoplazmaning yupqa qavatidan tashkil topgan. Boshchaning oldingi 
yarmida g„ilofcha (akroblast) joylashib, uning ichida bevosita boshchaning oldingi 
uchida  akrosoma  (yunon.  asron  –  ustki,  soma  –  tanacha)  zich  tanacha  shaklida 
yotadi (35-rasm). Akrosoma urug„lanish uchun zarur tuzilma bо„lib, u о„zida kо„p 
miqdorda tuxum hujayra qobig„ini yemiradigan gialuronidaza fermentini saqlaydi. 
Spermatozoidning  bо„yin  qismida,  yadroning  orqa  qutbi  sohasida  proksimal 
sentriola joylashib, u silindrsimon shaklga ega. Urug„lanish vaqtida proksimal sen-
triola  tuxum  hujayraga  о„tadi  va  urug„langan  tuxum  hujayraning  yoki  zigotaning 
bо„linishida  ishtirok  etadi.  Yadrodan  birmuncha  uzoqda  bо„lgan  distal  sentriola 
ikki bо„lakdan iborat. Uning tayoqchasimon kо„rinishga ega bо„lgan birinchi yarmi 
bо„yin  chegarasini  hosil  qiladi  va  undan  spermatozoidning  tanasi  orqali 


110 
 
dumchasiga  о„tuvchi  о„q  ip  boshlanadi.  Distal  sentriolaning  halqasimon  shaklga 
ega  bо„lgan  ikkinchi  bо„lagi  esa  tana  oxirida  joylashadi.  Shunday  qilib, 
spermatozoidning  tanasi  distal  sentriolaning  tayoqchasimon  va  halqasimon 
bо„laklari orasida joylashgan tuzilmalardan iborat. Bu yerda о„q ip atrofida spiral 
holatda  mitoxondriyalar  joylashadi.  Spermatozoidning  tana  qismida  oksidlanish 
fermentlarining  yuqori  aktivligi  aniqlangan.  Bu  qismda  glikogen,  fosfatlar, 
shuningdek, 
kо„p  miqdorda  ATF  saqlanadi.  ATFning  bо„lishi  va 
mitoxondriyalarning  kо„pligi  tana  qismining  spermatozoidni  energiya  bilan 
ta‟minlab turishidan dalolat beradi. 
 
34-rasm. Erkak jinsiy hujayralari – spermatozoidlar. Sperma suyuqlig„ikning surtmasi.              
1–boshcha; a- akrosoma; b- yadro; 2–dum qismi.  
 
Spermatozoidning  dumchasi  asos  va  oxirgi  bо„laklarga  bо„linadi. 
Dumchaning 
asosi 
faqatgina 
о„q  iplardan  va  uni  о„rab  turuvchi 
adenozintrifosfataza  (ATF-aza)  fermentini  tutuvchi  sitoplazmadan  iborat.  Bu 
ferment  mitoxondriyalarda  sintezlangan  ATFni  parchalaydi  va  shu  yо„l  bilan 
energiya  ajralishini  ta‟minlaydi.  Sitoplazmada  о„q  ip  atrofida  spiralsimon 
kо„rinishda  nozik  iplar  joylashib,  ularni  kortikal  spiral  deb  nomlashadi.  О„q  ip 
kiprikchalarning  о„q  ipiga  о„xshash  bо„lib,  klassik  tuzilishga  ega.  U  gomogen 
matriksda  joylashgan,  10  juft  mikronaychadan  iborat  bо„lgan  tutamdir.  Bunda  9 
juft  mikronaychalar  о„q  ipning  periferiyasida  yotsa,  1  jufti  markazda  joylashadi. 


111 
 
Dumchaning  oxirgi  bо„limi  asta-sekin  tо„g„ri  joylanishini  yо„qotib  boruvchi  juda 
ingichka  о„q  ipchadan  tashkil  topgan.  Oxirgi  bо„limning  о„q  ipi  tashqi  tomondan 
faqatgina  plazmalemma  bilan  о„ralgan.  Urug„lanish  jarayonida  spermatozoidlar  3 
asosiy  vazifani  bajaradi:  1)  bо„lg„usi  organizmga  otalik  genlarini  uzatadi;  2) 
о„zining  maxsus  harakat  apparati  yordamida  tuxum  hujayra  bilan  tо„qnashishni 
ta‟minlaydi  va  tarkibidagi  gialuronidaza  fermenti  yordamida  tuxum  hujayraga 
spermatozoidning  boshchasi  va  bо„yin  qismining  kirishini  yengillashtiradi;  3)  tu-
xum  hujayraga  urug„langan  tuxum  hujayraning  bо„linishi  uchun  zarur  bо„lgan 
sentrosomani olib kiradi. 
 
 
35-  rasm.  Spermatozoid  tuzilishi.  Elektron  mikrofotogramma.  1–yadro;  2–bо„yin  qismi; 
3– proksimal sentriola; 4– distal sentriola; 5– о„q ip -aksonema; 6– mitoxondriyalar; 7–hujayra 
qobig„i; 8–dumchaning oxirgi bо„lagi; 9–dumchaning asosiy bо„lagi; 
 
 
Turli  hayvonlarning  spermatozoidlari  bir-biridan  kattaligi  va  asosan 
boshchasining  tuzilishi  bilan  farq  qiladi.  Odam  spermatozoidining  uzunligi                     


112 
 
60 mkmga teng. 
Spermatozoidning  siljishi  uning  dum  harakati  bilan  bajariladi.  Odam 
spermatozoidi daqiqasiga 1–2 mm tezlik bilan harakat qiladi. Bachadon bо„yindan 
to  tuxum  yо„lining  oxirigacha  bо„lgan  oraliqni  spermatozoid  taxminan  3  soat 
mobaynida  bosib  о„tadi.  Spermatozoid  yashashga  о„ta  chidamliligi  bilan  ajralib 
turadi. Urug„donda va uning ortig„ida ular oylab tirik saqlanadi, murdada esa ular 
о„zining harakatchanligini 2–3 kungacha saqlab qoladi. Tanadan tashqarida, ya‟ni 
termostatda urug„lantirishga qobiliyatli holatda bir haftadan ortiq saqlash mumkin. 
Ularning  uzoq  muddat  yashashi  muhitning  pH  ga,  temperaturaga,  urug„ 
suyuqligidagi  spermatozoidlarning  konsentratsiyasiga  va  boshqa  shu  kabi 
faktorlarga bog„liq. 

Download 9,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish