Jinsiy kо‘payish.
Jinsiy kо„payish natijasida genetik informatsiyaning
almashinuvi, hosila individda yangi genetik tо„plamning vujudga kelishi va shunga
monand ravishda о„zgacha (о„zgargan) biologik xususiyatga ega bо„lgan ya‟ni ota-
ona organizmiga qaraganda chidamli, moslashuvchan yangi avlod yuzaga keladi.
Mana shunga kо„ra ham jinsiy kо„payish biologik jihatdan afzal va
mukammallashgan organizmlarning kо„payish xili hisoblanadi. Jinsiy kо„payish
odatda ikki jinsiy hujayra– gametalarning qо„shilishi bilan rо„y beradi. Jinsiy
kо„payishning bunday gametalarning qо„shilishi bilan sodir bо„lishi ham
evolyutsion tarzda, asta-sekin yuzaga kelgan.
105
Jinsiy kо„payishning eng qadimiy – ibtidoiy kо„rinishi plazmogamiya
hodisasida namoyon bо„ladi. Plazmogamiyada (ayrim amyobalarda sodir
bо„luvchi) ikki hujayra qо„shilib ikki yadroli tuzilma hosil qiladi. Qisqa
muddatdan sо„ng hujayra sitoplazmasi qayta ikkiga bо„linadi har bir hosila hujayra
avvalgi yadrolardan biriga ega bо„ladi. Har bir amyobaning sitoplazma tarkibi
aralashgan, ya‟ni ikkita qо„shilgan amyoba, sitoplazmasidan iborat bо„ladi. Mana
shu sitoplazma mahsulotining aralashishi bilan hosil bо„lgan individ – amyoba
о„zgacha xususiyatga ega bо„ladi.
Jinsiy kо„payishning anchagina murakkablashgan xillarini 2 guruhga ajratish
mumkin: konyugatsiya, kopulyatsiya.
Konyugatsiya
bakteriya, infuzoriyalarga xos bо„lgan kо„payish usulidir.
Odatda, kiprikli sodda hayvonlar oddiy bо„linish bilan kо„payadi. Bunday
kо„payishlardan keyingi jinsiy kо„payish – konyugatsiya sodir bо„ladi. Ma‟lumki,
infuzoriyalarda makro va mikronukleolalar mavjud. Konyugatsiya boshlanganda
ikki hujayra о„ta farqlashadi – hujayralararo tutashtiruvchi tortma hosil bо„ladi.
Yadrolarda
murakkab
jarayonlar
ya‟ni
makronukleusning
yо„qolishi,
mikronukleusning bо„linishi hamda oxirida undan ikkita yadroning shakllanishi
rо„y beradi. Mana shu yadrolarning biri harakatchan, ikkinchisi turg„undir.
Harakatchan yadrolar hujayralararo almashadi. Turg„un yadro bilan harakatchan
yadro qо„sqiladi – sinkarion rо„y beradi va boshqacha sifatga ega bо„lgan
yangilangan yadro hosil bо„ladi. Ushbu yadrodagi о„zgarishlar nihoyasida har bir
hujayrada yana makro va mikronukleus shakllanadi. Infuzoriyalar bir-biridan
ajraladi. Konyugatsiya jarayoni bakteriyalar uchun ham xosdir. Jipslashgan ikki
bakteriyaning sitoplazmatik tutashtiruvchi tortmasi orqali asosiy genetik materiali
nukleotidga yopishib joylashgan DNK bir hujayradan ikkinchisiga о„tadi va uning
xususiyatini shu DNK ga xos ravishda о„zgartiradi.
Jinsiy kо„payishda erkak va urg„ochi jinsiga mansub, gaploid xromosoma
tо„plamiga ega bо„lgan hujayralar о„zaro qо„sqiladi. Bunday kо„payish –
gametogamiya evolyutsiya, taraqqiyoti davomida murakkablashib borgan.
Gametogamiyaning ikki shakli tafovut etiladi: Kopulyatsiyali va kopulyatsiyasiz
106
gametogamiya.
Jinsiy kо„payishning kopulyatsiya bilan kechadigan xili jinsiy hujayralarning
hosil bо„lishi va ularning qо„shilib, yangi sifatli hujayra – zigotaning hosil bо„lishi
bilan rо„y beradi. Evolyutsiya taraqqiyoti jarayonida urg‟ochi va erkak jinsiga
mansub hujayralararo farqlanish kuchayib boradi.
О„z navbatida kopulyatsiya bilan rо„y beruvchi gametogamiyaning 3 xili:
izogamiya, geterogamiya va oogamiya tafovut qilinadi.
Izogamiyada
hosil bо„lgan jinsiy hujayra katta-kichikligi va shakliga kо„ra
bir-biridan farqlanmaydi. Bu usulda ayrim bir hujayralilar (xlamidomanada va b.)
kо„payadi. Ulardan hosil bо„lgan gaploid xromosoma tо„plamiga ega bо„lgan
izogameta 2 ta xivchinga ega bо„ladi. Xuddi shunday hujayralarning qо„shilishi
natijasida zigota hosil bо„ladi.
Geterogamiya
(anizogamiya) bir qator suv о„tlari va xivchinlilarga xosdir.
Ularda ikki xil: harakatchanroq, mayda gametalar– mikrogameta va harakati sust,
yirikroq – makrogameta hosil bо„ladi. Bu gametalar. xivchinlarga egadir. Shunday
qilib ilk bor bir-biridan farqlanuvchi jinsiy hujayralar paydo bо„ladi. Ayrim
organizmlarda katta va kichik gametalar hamda ikkita kichik gameta о„zaro,
qо„shilishi ham mumkin. Demak, bu organizmda anizogamiya bilan bir qatorda
izogamiya ham saqlanib qoladi. Boshqa xivchinlilarda makro va mikrogametagina
qо„sqiladi va anizogamiya rо„y beradi.
Oogamiya
– kopulyatsiya bilan bо„ladigan gametogamiyaning eng yuqori
shakli. Bir gameta yirik, harakat tuzilmasiga ega emas, bu urg„ochi gameta, ya‟ni
tuxum hujayradir. Ikkinchi gameta esa mayda, harakatlantiruvchi xivchinga ega –
bu erkak jinsiy hujayrasi – spermatozoiddir. Oogamiyada jinsiy hujayralar maxsus
a‟zolarda (hayvonlarda urug„don va tuxumdonlarda) hosil bо„ladi.
Kо„pgina о„simliklar va deyarli barcha hayvonlar oogamiya yо„li bilan
kо„payadi.
Kopulyatsiyasiz gametogamiya kam uchraydi. Gametogamiyaning jinsiy
hujayralar hosil qilib, ammo ularning butunlay qо„shilib ketishi rо„y bermasdan
kо„payishi rо„y beradigan 3 xili tafovut qilinadi: partenogenez, ginogenez va
107
androgenez.
Do'stlaringiz bilan baham: |