N. J. Toshmanov rivojlanish biologiyasi



Download 9,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/97
Sana20.01.2022
Hajmi9,16 Mb.
#393918
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   97
Bog'liq
Ривожланиш биологияси дарслик

Tuxum  hujayra.
  Tuxum  hujayra  hamma  hujayralar  uchun  umumiy 
belgilardan  tashqari,  bir  qator  о„ziga  xos  xususiyatlarga  ega.  Bularga  quyidagilar 
kiradi. 
1. Yangi organizmning taraqqiyoti uchun zarur bо„lgan oziqa moddalarning 
kо„p yoki kam miqdorda bо„lishi. 
2.  Sitoplazma  (tuxum  hujayrada  ooplazma)  ning  periferik  qismida  yuzaki 
yoki  kortikal  (cortex  –  pо„st)  qavatni  va  tuxum  hujayrani  qoplab  turuvchi  va  uni 
tashqi  muhit  zararli  ta‟sirotlaridan  himoya  qiluvchi  о„ziga  xos  qobiqlarning 
bо„lishi. 
3.  Hujayraning  qutbli  tuzilganligi,  ya‟ni  har  xil  tuzilishdagi  qutblarning 
mavjudligi. 
Tuxum  hujayra  kо„pincha  dumaloq  shaklga  ega  (36-rasm).  Uning  kattaligi 
sitoplazmadagi oziqa modda – sariqlikning miqdoriga bog„liq. Hujayraning yadrosi 
anchagina  katta  bо„lib,  ekssentrik  joylashadi  va  markazida  katta  yadrocha  tutadi. 
Yetilgan  tuxum  hujayrada  elektron  mikroskop  ostida  kuchsiz  rivojlangan 
sitoplazmatik tо„r, erkin ribosomalar, sitoplazmada teng tarqalgan mitoxondriyalar 
borligi aniqlangan. 
Tuxum  hujayra  takomilining  ilk  bosqichlarida  Golji  kompleksi  yadro 
atrofida  joylashadi.  Tuxum  hujayra  yetilgan  sari  plastinkasimon  kompleks 


113 
 
sitoplazmaning  chekka  qismiga  suriladi.  Sitoplazmaning  shu  qismida  kislotali 
glikozaminoglikanlarga  boy  bо„lgan  donachalar  joylashib, ular  pо„stloq  (kortikal) 
qavatni  hosil  qiladi.  Tuxum  hujayra  urug„langandan  sо„ng  kortikal  granulalar 
urug„lanish  qobig„ini  hosil  qilishga  sarf  bо„lishi  natijasida  pо„stloq  qavat 
yо„qoladi. 
Turli hayvon tuxum hujayralari sitoplazmasida sariqlik bо„lib, uning miqdori 
turlicha.  Ularning  joylashishi  va  miqdori  embrional  rivojlanish  yо„llarini 
belgilaydi.  Sariqlik  sitoplazmadagi  har  xil  oziqa  moddalardan  tashkil  topgan 
kiritmalardir.  Tarkibiga  kо„ra  sariqlik  –  uglevodli,  yog„li  va  oqsilli  bо„lishi 
mumkin.  Oqsilli  sariqlik  ayniqsa  katta  ahamiyatga  ega,  chunki  uning  miqdoriga 
qarab tuxum hujayralar klassifikatsiyalanadi. Sariqlik ayrim hollarda tuxumda kо„p 
miqdorda tо„planuvchi oqsil donachalaridan yoki plastinkalaridan tashkil topadi. 
 
 
 
36-rasm. Sut emizuvchilarning tuxum hujayrasi – graf pufakchasi. 1–yadro; 2– yaltiroq 
qavat; 3– follikulyar hujayralardan hosil bо„lgan «nurli toj»; 4– donador qavatdagi follikulyar 
hujayralar; 5– tuxumni tutib turuvchi bo„rtiq; 6–suyuqlik bilan tо„lgan bо„shliq; 7– biriktiruvchi 
tо„qimali qobiq. 
 
Ovotsit  tashqi  tarafdan  hujayra  qobig„i  bilan  о„ralgan  bо„lib,  u  kо„p 
miqdorda  mikrovorsinkalar  hosil  qiladi.  Sutemizuvchilarda  tuxum  hujayraning 
о„sishi  tuxumdonda,  yetilishi  esa  bachadon  naylarida  kechadi.  Tuxumdondagi 


114 
 
ovogoniy  hujayralarining  о„sish  davrida  ularni  о„rab  turgan  hujayralar  kо„payib 
kо„p  qavatli  bо„lib  qoladi.  Bu  hujayralar  follikulyar  suyuqlikni  sekretsiya  qilishi 
natijasida follikulyar hujayralar orasida bо„shliq hosil bо„ladi. 
Bu  bо„shliqning  kengayishi  davomida  tuxum  hujayra  bir  qavat  follikulyar 
hujayralar (nurli toj) bilan о„ralgan holatda qoladi. Hujayralar yassi yoki kubsimon 
shaklga ega bо„lib, ularning uzun о„simtalari tuxum hujayra mikrovorsinkalarining 
orasiga  kirib,  ozuqa  moddalarning  tuxum  hujayraga  о„tishiga  sharoit  yaratadi. 
Tuxum  hujayra  qobig„i  va  follikulyar  hujayralar  oralig„ida,  shu  hujayraning 
mahsuloti  bо„lgan  glikozaminoglikanga  boy  yaltiroq  qavat  joylashadi.  Suv 
hayvonlarida uni dildiroq qobiq deb ham yuritiladi. 
Tuxum  hujayralar  oziq  moddasining  miqdori  va  joylashishi  bо„yicha 
klassifikatsiyasi.  Tuxum  hujayralarning  klassifikatsiyasi  ooplazma  tarkibidagi 
sariqlik  miqdoriga  asoslangan.  Sariqlik  miqdori  esa  homilaning  hayot  sharoitiga 
bog„liq. Tuxum hujayraning о„lchamlari oziq moddasining miqdoriga bog„liq, shu-
ning  uchun  ham  turli  hayvonlarda  tuxum  hujayralarning  kattaligi  turlichadir. 
Masalan,  tarkibida  kam  oziqa  modda  tutuvchi  sutemizuvchilarning  tuxum 
hujayrasi diametri 100–150 mkm ga teng. Tovuq tuxum hujayrasi esa 3,5 sm gacha 
boradi. Sariqlikning sitoplazmada tarqalishiga qarab tuxum hujayralarda 2 ta qutb 
farq qiladi. Sof sitoplazma bilan yadrodan tashkil topgan yuqori yoki animal qutb 
va  oziqa  kiritmalarini  saqlovchi  pastki  yoki  vegetativ  qutb.  Qutblarga  ajralish 
sariqlikka boy bо„lgan tuxum hujayralarda, ayniqsa yaxshi kо„rinadi. 
Tuxum  hujayralarini  sariqlik  moddasining  miqdoriga  qarab  va  sariqlik 
moddasining  joylashishiga  qarab  klassifikatsiya  qilish  mumkin.  Sariqlik 
moddasining  miqdoriga  qarab:  a)  sariqlik  moddasini  kam  saqlovchi  oligoletsital 
(oligos  –  kam,  lekythos–  sariqlik)  tuxum  hujayralar;  b)  sariqlik  moddasi  о„rtacha 
miqdordagi  tuxum  hujayralar  –  mezoletsital  (meros  –  о„rtacha)  hujayralar;  v) 
sariqlik  miqdori  kо„p  –  poliletsital  (poly  –  kо„p)  tuxum  hujayralarga  bо„linadi. 
Oligoletsital  hujayralar  birlamchi  va  ikkilamchi  turlarga  bо„linadi.  Birlamchi 
turlarga  lansetnikning  tuxum  hujayrasi  misol  bо„la  oladi.  Ikkilamchi  turga 
sutemizuvchilarning tuxum hujayrasi misol bо„lib, bu tuxum hujayralar filogenetik 


115 
 
taraqqiyot davomida politsetsital tuxum hujayralar о„rnida hosil bо„lgan. Embrion 
rivojlanishining  ona  qorniga  о„tishi  kо„p  sariqlik  moddasi  bо„lishiga  hojat 
qoldirmaydi. Sariqlik moddasining tarqalishiga (joylashishiga) qarab: a) izoletsital 
(isos  –  bir  xil),  ya‟ni  sariqlik  moddasi  kam  va  taxminan  bir  xil  tarqalgan  tuxum 
hujayralar; b) о„rta teloletsital (telos – chet, oxiri), ya‟ni sariqlik moddasi miqdori 
о„rtacha,  boshqa  qismlarida  ham  bor,  lekin  kо„proq  tuxum  hujayraning  vegetativ 
qutbida  joylashgan;  v)  keskin  teloletsital  –  sariqlik  moddasi  kо„p  va  asosan 
vegetativ  qutbda  joylashgan  tuxum  hujayralar  tafovut  qilinadi.  Bu  hujayralarda 
animal  qutb  tor  bо„lib,  u  о„zida  sariqlik  tutmaydigan  sitoplazma  va  yadrodan 
iborat.  Bunday  tuxum  hujayralar  qushlar  (tuxum  hujayralarning  bu  qutbi  pushti 
hosil  qilishda  ishtirok  etadi  va  uni  pusht  gardishi  deb  ataladi)  va  reptiliyaalarga 
xosdir (37-rasm). 
 
37- rasm. Tuxum hujayra turlari (sxema). 
1–lansetnik izolitsital tuxum hujayrasi; 2–Amfibiyalarning о„rta teloletsital tuxum 
hujayrasi; 3–qushlarning keskin telotsital tuxum hujayrasi. 
 

Download 9,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish