15-topshiriq. Matndagi iqtisodiy terminlarni aniqlang, semantik-sintaktik, sintaktik va morfologik usulda yasalgan iqtisodiy terminlarning farqini ko‘rsating.
Har bir xo‘jalik, oila, korxona, firma, tarmoq, mamlakat o‘zining chegarasiga ega. Resurslardan foydalanish darajasi turlicha bo‘lgani uchun barcha tovarlar bo‘yicha ishlab chiqarish imkoniyati chegarasini ko‘rsatish qiyin.
Ehtiyojlarni doimo yuksalib borishi resurslarni esa cheklanganligi sababli ularni to‘la qondirish uchun zarur bo‘lgan miqdorda tovar (xizmat)larni ishlab chiqarishni imkoni yo‘q. Shuning uchun har bir kishidan tortib, to davlat, jamiyat miqyosigacha cheklanganlik muammosiga duch kelinadi.
Ishlab chiqarish omillarini o‘zlashtirish moddiy va mehnat resurslari ishlab chiqarish sohibining mulkiga aylangandan so‘ng yuz beradi. Ishlash jarayonida omillar birikib, mahsulotlar yaratiladi, xizmatlar ko‘rsatiladi. Mana shu omillarning o‘zlashtirilishiga qarab ishlab chiqarish natijalari o‘zlashtiriladi. Ishlab chiqarish natijalarini o‘zlashtirish yaratilgan mahsulot va xizmatlarni, ularni sotishdan kelgan daromad kimning mulkiga aylanishini bildiradi. Resurslar kimning mulki bo‘lishiga qarab natija ham resurs egasiniki bo‘ladi. Bu qoida egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish, yaxlit holda bir subyekt ixtiyorida bo‘lganda yuz beradi. Agarda mulkka egalik va mulkdan foydalanish ajralgan holda bo‘lsa, natijani o‘zlashtirish mulkdor va mulkni ishlatuvchi o‘rtasada yuz beradi. Bu yerda shunday xulosaga kelish mumkinki, o‘zlashtirish ishlab chiqarishsiz bo‘lmaydi, ishlab chiqarish esa doimo ma`lum mulk doirasida yuz beridi.
Iqtisodiyot — «ekonomika» atamasi ham dastlab Ksenofont, Aris-totel asarlarida ishlatilgan bo‘lib, u qadimgi yunoncha «Ekos» — uy, xo‘jalik, «nomos» — qonun degan ma’noni anglatib, uy xo‘jaligini yuritish qonuni, san’ati tarzida qo‘llanilgan. O‘sha paytda uy xo‘jaligi natural xo‘jalik bo‘lib, iqtisodiy faoliyat yuritishning asosiy shakli bo‘lgan.
Ksenofont o‘zining «Daromadiar haqida», «Ekonomika» (xo‘jalik haqida ta`limot) nomli asarlarida ilmiy iqtisodiyotga tamal toshini qo‘ydi. Uning tadqiqotlarida qishloq xo‘jaligi, hunarmandchilik, savdo alohida ajratilib, mehnat taqsimotining maqsadga muvofiqligi asoslab beriladi. Uning fikrini Platon yanada rivojlantiradi. Aristotel «Siyosat» va «Etika» traktatlarida iqtisodiy jarayon va hodisasini birinchi marta abstrakt tarzda tadqiq qilib, ular o‘rtasidagi umumiy qonuniyatlarni aniqlashga harakat qiladi.
U iqtisodiyotga xo‘jalik yuritishning umumiy qoidalari majmui sifatida qarab, ularga rioya qilish boylikni ko‘paytirishini ko‘rsatadi. Boylik — bu turli mahsulotlar, buyumlar yig‘indisi bo‘lib, u natural xo‘jaliklarda yaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |