ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI TEXNOLOGIK TA’LIM YO`NALISHI 3-BOSQICH 301-GURUH TALABASI RAXMONOVA MOXLAROYNING METROLOGIYA VA STANDARTLASHTIRISH FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI
“Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to’g’risida”gi qonun
Reja.
I. Kirish.
1. O‘zbekiston Respublikasining “Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida” gi qonuni. Sertifikatlashtirish bo‘yicha asosiy atamalar va tushunchalar.
2. O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan va hududidan olib chiqilayotgan mahsulotlarini sertifikatlash-tirish.
3. Sertifikatlashtirish sxemalari.
II. Xulosa.
III. Foydalanilgan adabiyotlar.
KIRISH
Mahsulot sifat va havfsizlik talablariga muvofiq bo‘lmagan holda, sertifikatlashtirish idorasi nomuvofiq-ligi haqida rasmiy ravishda xulosa beradi.
Muvofiqlik sertifikatida ko‘rsatilgan ma’lumot-larning haqqoniyligi to‘g‘risida javobgarlik, muddatlarni o‘zaytirish va sertifikatlashtirish qoidalarini buzilishiga sertifikatlashtirish idorasi javobgardir.
Respublikaga olib kelinayotgan maxsulot bojxona nazorati ostida sertifikatlashtirish uchun bojxona idorasi, sertifikatlashtirish idorasi vakillari bilan mahsulot egasining yoki uning vakili ishtirokida namuna olinadi. Shunga asosan sertifikatlashtirish idorasining vakili tomonidan “O‘ztandart” agentliti tasdiqlagan shaklda namuna olinganligi haqida 3 nusxada dalolatnoma tuzadi, ikkinchi nusxasi bojxona idorasiga taqdim etiladi.
Mustaqil hamdustlik davlatlarining (keyinchalik MHD) o‘zaro kelishuviga muvofiq, MHD davlatlariga eksport qilinadigan mahsulotlarga beriladigan muvofiqlik sertifikati A4 formatda rus tilida to‘lg‘aziladi.
1. O‘zbekiston Respublikasining “Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida” gi qonuni
Mazkur qonun 4 bob, 23 moddadan iborat bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasida mahsulotlar, xizmatlar va boshqa obyektlarni sertifikatlashtirishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini, shuningdek sertifikatlashtirish ishtirokchilarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini belgilab beradi.
Qonunning 1-bobi 1-moddasida sertifikatlashtirish bo‘yicha asosiy tushunchalarga alohida ahamiyat berilgan, shuningdek qonunda O‘zbekiston Respublikasida sertifikatlashtirish organlari, ularning faoliyati, sertifikatlashtirish obyektlari va subyektlari, sertifikatlashtirishni o‘tkazish shartlari to‘g‘risida ham ma’lumotlar keltirilgan.
Qo‘llanmaning qayta ishlangan nushasida muvofiqlikni “sertifikatlashtirish” tushunchasi tegishli atamalar guruhiga kiritilgan.
Muvofiqlik atamasi mahsulot, jarayon, xizmatga belgilangan barcha talablarga rioya qilishni o‘z tarkibiga oladi. Bunda muvofiqlikni uchta ko‘rinishi - muvofiqlik bayonoti, muvofiqlikni attestatlash, muvofiqlikni sertifikatlash-tirish belgilaydi. Muvofiqlik bayonoti deb yetkazib beruvchining mahsulot, jarayon va xizmatlarning aniq bir standartga yoki boshqa meyoriy hujjatga to‘la-to‘kis muvofiqlik xaqida butun ma’suliyatni o‘z ustiga olganligini bayon etishiga aytiladi. Bu atamani so‘nggi vaqtlarda “o‘z-o‘zini sertifikatlashtirish” tushunchasi bilan almashilayotgani qayd qilinmokda.
O‘z-o‘zini sertifikatlashtirish deganda mahsulot ishlab chiqaruvchi tomon butun mas’uliyatni o‘ziga olgan holda sertifikatlashtirishni o‘zini o‘tkazadi va mahsulotning kerakli darajada sifatliligi haqidagi kafolatni o‘z ustiga oladi. Bunday sertifikatlashtirish faoliyatini o‘z-o‘zini sertifikatlashtirish deb yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |