N husanov m. Husanova r. Xo‘jaqulova


-topshiriq. Matnni o‘qing, morfologik usulda yasalgan iqtisodiy terminlarni ko‘chiring



Download 1,03 Mb.
bet25/87
Sana21.02.2022
Hajmi1,03 Mb.
#1107
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   87
13-topshiriq. Matnni o‘qing, morfologik usulda yasalgan iqtisodiy terminlarni ko‘chiring.
XIX asr oxiri va XX asr boshlariga kelib, iqtisodiy ta’limotda yangi oqim vujudga keldi. Bu oqim marjinalizm nazariyasi sifatida shakllandi. Bu nazariyaning klassiklari – Karl Minger, Fridrix fon Vizer, Eygen fon Bem Baverk hamda Uilyam Stenli Jevons hisoblanadi.
Marjinalizm (marginal – fransuzcha me’yoriy degan so‘zdan olingan) iqtisodiy jarayonlarni, qonunlarni me’yoriy- iqtisodiy ko‘rsatkichlar orqali tushuntirishga harakat qiladi. Marjinalizmda iqtisodiy xo‘jalik munosabatlarida qatnashayotgan alohida subyekt psixologiyasi nuqtayi nazaridan tahlil etiladi. Ular fikricha, tovarning qiymati ishlab chiqarishda emas, balki ayirboshlash jarayonida yuzaga chiqadi. Tovarning bahosi uni ishlab chiqarish uchun sarflangan mehnat bilan ham emas, ishlab chiqarishning umumiy xarajatlari bilan ham emas, balki xaridorning tovarni baholashdagi subyektiv psixologik xususiyatlari bilan belgilanadi.
Individual tarzda har bir xaridor uchun tovarning bahosi uni sotib olayotgan kishiga keltiradigan nafga bog‘liq. Tovarning nafliligi esa iste’molchida tovarning bor-yo‘qoigi, zaxirasiga bog‘liq.
Inson doimo, birinchi navbatda, eng zarur narsani sotib oladi. Ikkinchi tomondan, har bir sotib olingan bir turdagi tovar avvalgisidan kam naf keltiradi.
Me’yoriy naflilikning kamayib borish qonuni marjinalizmning asosiy prinsipi hisoblanadi. Shunday qilib, narx xarajatlarga bog‘liq bo‘lmay, me’yoriy naflilikka qarab belgilanadi.
Marjinalizmning iqtisodiy fikr rivojiga qo‘shgan hissasi iste’molchilar ruhiyatini o‘rganish, aniq iqtisodiy vaziyatda subyektning o‘zini tutishi, erkin raqobat kurashi sharoitida firma faoliyatining samaradorligini oshirish bo‘yicha matematikaga oid uslublardan foydalanish prinsiplari bo‘lib, hozirgi paytda ham nazariy tadqiqotlarda keng qo‘llaniladi.
14-topshiriq. Matndagi semantik-sintaktik hamda sintaktik usulda yasalgan iqtisodiy terminlarni aniqlab, farqini tushuntiring.
Marshall fikricha, iqtisodiyotdagi hodisalar bir-biri bilan sabab-oqibatli bog‘lanishda emas, balki funksional bog‘lanishda bo‘ladi. Narxning sabab-oqibatli bog‘lanishda qanday qilib shakllanishi to‘g‘risidagi munozara hech narsa bermaydi. Muammo narx qanday belgilanishida emas, balki uning qanday o‘zgarishida, bajaradigan funksiyalarida. Shuning uchun iqtisodiy nazariyaning vazifasi boylik va uni oshirish sabablari, yo‘llarini o‘rganish bo‘lmay, real amal qilayotgan bozor xo‘jaligi mexanizmini o‘rganish, uning amal qilish printsiplarini tushunishdan iborat bo‘lishi kerak.
A.Marshall bozor mexanizmining buzilishi faqat davlat aralashuvi bilan emas, balki sotuvchining hukmron mavqega ega bo‘lib, xaridorning aralashuvisiz narx belgilaganda, ya’ni monopoliyalar vujudga kelganda ham yuz berishini ko‘rsatadi.
XX asr boshlarida monopoliyalar sonining o‘sish tendensiyasi kuzatildi. Bu tendensiyani hisobga olgan holda neoklassik nazariya doirasida narxning shakllanishini tadqiq qilib, iqtisodiy nazariyaning rivojlanishiga J.Robinson va E.Chemberlinlar katta hisso qo‘shdilar. Ayniqsa, Joan Robinson o‘zining nomukammal raqobat sharoitida foydani maksimallashtirish asosida narxning tashkil topishi haqidagi fikrlari bilan eng mashhur iqtisodchi ayolga aylandi.
XX asrning 30-yillarida yuz bergan inqiroz va Buyuk depressiya erkin raqobat jamiyatning barcha sotsial-iqtisodiy muammolarini hal qila olmasligini ko‘rsatdi.

Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish