2-topshiriq. Quyidagi matnni diqqat bilan o‘qing. Matnga so‘z va fakt to‘plashda nimalarga e’tibor berish zarurligini aniqlang.
FAKT TO‘PLASH
Mavzu bo‘yicha jamlangan faktlar mohiyat e’tibori
bilan har xil bo‘ladi. Ularni zaruriyligiga qarab asosiy yoki yordamchi (qo‘shimcha) fakt, mavzu qamrovi va hajmiga ko‘ra katta yoki kichik, o‘rniga ko‘ra birlamchi yoki ikkilamchi, maqsadiga ko‘ra asosli yoki asossiz, sifatiga qarab ishonchli yoki ishonchsiz, vazifasiga ko‘ra tasdiqlovchi yoki inkor etuvchi, davriyligiga ko‘ra o‘tkinchi yoki davomli, mohiyatiga ko‘ra aniq yoki noaniq, xizmat doirasiga ko‘ra umumiy yoki xususiy, ahamiyatiga ko‘ra ijobiy yoki salbiy, munosabatiga ko‘ra xolis yoki noxolis faktlarga bo‘lish mumkin.
Faktlar doimo haqiqatni isbotlashga xizmat qilgan: Biri mutloq, ikkinchisi esa nisbiy haqiqatdir. Fakt va haqiqat o‘zaro uyqash va uyg‘undir.
Asosiy faktik materialga daxldor bo‘lgan qo‘shimcha, yordamchi faktlarni to‘plash ham yangiliklar yozish, jarayonigacha bo‘lgan muhim bosqichni tashkil etadi. Barcha faktlar ichidan eng asosiysini ajratish, ya’ni birinchi va ikkinchi darajali faktlarni farqlash zarur. To‘plangan faktlarning ayrimlari bir-birini to‘ldirishga xizmat qilsa, ayrimlari bir-biriii inkor ham etadi. Asosiy fakt bu natija demakdir. Har qanday natija sababning oqibati, hosilasi.
Faktlarni jamlashda bevosita voqea-hodisaning o‘ziga tegishli
bo‘lgan dalillarga tayanilsa, ikkinchidan o‘sha hodisani ko‘rgan, eshitganlarning fikrlari qayd etiladi.
To‘plashda amal qilinishi zarur bo‘lgan holatlar faktik materiallar bilan bog‘liq.
Raqamlar, turli nomlar, iqtiboslar, geografik atamalar
aniqlik bilan qayd etilishi zarur.
Yangi fakt hodisani yoritishda quyidagilarga e’tibor qilinadi.
Birinchidan, qalamga olinayotgan faktning muhim va dolzarbligini
belgilash maqsadida uni shunga o‘xshash faktlar orasidagi o‘rnini
aniqlashi lozim.
Ikkinchidan, unga beriladigan iqtisodiy, geografik va tarixiy ta’rif ham faktning mohiyatini atroflicha, to‘laroq ochishga xizmat qiladi.
Uchinchidan, o‘zaro taqqoslash maqsadida statistik jihatdan raqamlar ko‘rsatkichi bilan izoh berilishi ham maqsadga muvofiq bo‘ladi. To‘rtinchidan, ana shu faktga daxldor bo‘lgan soha mutaxassislarining fikrini keltirish orqali o‘z munosabatini bildirishi ham ayni muddaodir.
Matn tuzuvchi, jurnalist ushbu ikki manbaga tayanishi zarur.
1. Hukumat qarorlari. Chunki bunda barcha yo‘nalishlar, tendensiyalar, iqtisod, fan, texnika, madaniyat bo‘yicha rejalar barcha-barcha belgilangan bo‘ladi.
2. Qaysi soha, qaysi yo‘nalish bo‘yicha matn tayyorlash zarur bo‘lsa, shu soha vakllari, mutaxassislar bilan suhbatlashish, sohaga doir adabiyotlar bilan tanishib chiqish.
To‘plangan barcha faktlar yangilik sifatida qog‘ozga tushmasligi mumkin. To‘plangan faktlarning ahamiyatlirini ajratib olish boshqacha aytganda, "saragini-sarakka, puchagini-puchakka" ajratish usuli qo‘llaniladi. Matn tuzuvchi jurnalist mavzu mohiyatiga mos holda faktlarni yig‘adi, saralaydi, tanlaydi, ajratadi, umumlashtiradi belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |