Mashg’ulot maqsadi. O’noyoqli qisqichbaqasimonlarning morfologik belgilari hamda hayot kechirish tarzi bilan tanishish.
Mashg’ulot uslubi. Jadvallar, eksponatlar va elektron animasiyalar demonstratsiyasi; savol-javob orqali talabalar bilim va tushunchalarini baholash.
Kerakli jihozlar. O’noyoqli qisqichbaqasimonlar bo’yicha jadvallar, fiksatsiyalangan eksponatlar, formalindagi o’quv materiallari, qo’l lupalari, vannochkalar, qisqichlar, salfetkalar, toza suvli idishlar.
O’rganiladigan obyektlarning sistematik o’rni
Tip Bo’g’imoyoqlilar – Arthropoda
Kenja tip Jabra bilan nafas oluvchilar – Branchiata
Sinf Qisqichbaqasimonlar – Crustacea
Kenja sinf Yuksak qisqichbaqasimonlar – Malacostraca
Turkum O’noyoqlilar – Decapoda
Tur Krevetka – Potamon potamios
Tur Tosh krab – Carcinus maenus
Tur Zohid qisqichbaqasi – Pagurus bernchardus
Do'stlaringiz bilan baham: |